J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


Download 1.93 Mb.
bet115/131
Sana15.03.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1271692
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   131
Bog'liq
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy

Tayanch so'z va ihoralar
lnvestitsiya, eksport va import, qo'shilgan qiymat solig'i, aksiz solig'i, tovar konsignatsiya shartlari, bank kafolatnomasi, MDH, IHT, SHHT.


Takrorlash uchun savollar:


  1. Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda nimani tushunasiz?

  2. Tashqi iqtisodiy faoliyat subyekti sifatida O'zbekiston Res­ publikasining tasarrufiga nimalar kiradi?

  3. O'zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyat so­ hasidagi asosiy vazifalarini ayting.

  4. O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy tamoyillari nimalardan iborat?

  5. O'zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida qabul qilin­ gan huquqiy hujjatlarni ayting.

  6. Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish nimalarni o'z ichiga qamrab olgan?

  7. O'zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish va rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini izohlang.

  8. O'zbekistonda eksport qiluvchilar faoliyatini rag'batlantirish uchun qanday imtiyozlar yaratilgan?

  9. O'zbekistonning xalqaro valuta-kredit tashkilotlari bilan o'zaro hamkorlik aloqalarini izohlang.

  10. O'zbekiston qanday integratsion birlashmalarda ishtirok etadi?



Mustaqi/ o'rganish uchun topshiriqlar

  1. O'zbekistonning tashqi savdo hajmi o'zgarishini tahlil eting.

  2. O'zbekistonning xalqaro valuta-kredit tashkilotlari bilan o'zaro hamkorlikdagi loyihalarini o'rganing.

  3. O'zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarni o'rganing.

  4. Asosiy terminlar lug'atini tuzing.

Test savollari

  1. Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda - ...

  1. O'zbekiston Respublikasi davlat idoralarining, yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlar, ularning yuridik va jis­ moniy shaxslari, xalqaro tashkilotlar bilan o'zaro foydali ham­ korlik o'rnatishga, bunday hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan jami amaliy harakatlari tushuniladi.

  2. milliy xo'jaliklar o'rtasida o'zaro barqaror aloqalarining rivojlanishi hamda mehnat taqsimoti negizida yuzaga kelgan mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatdan birlashuvi.

  3. milliy xo'jaliklarning o'zaro moliyaviy munosabatlarini tartibga soluvchi jarayon.

  4. mamlakatlar o'rtasidagi mahsulotlar, xizmatlar va kapital harakati bilan bog'liq munosabatlarga cheklovlar qo'yilishi jara­ yoni.

  1. O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartib- ga soluvchi asosiy qonunchilik hujjatini ko'rsating.

  1. >gi Qonun.

  2. <

  3. «Chet el investitsiyalari to'g'risida»gi Qonun.

  4. «Boj ta'rifi to'g'risida>>gi Qonun.

  1. O'zbekiston Respublikasi Xalqaro valuta fondiga qachon a'zolikka qabul qilingan?

  1. mazkur fondga a'zo emas.

  2. 1992-yil 21-sentabrda.

  3. 1994-yil 15-avgustda.

  4. 1995-yil 12-martda.

  1. O'zbekiston Respublikasi Osiyo Taraqqiyot Bankiga qaysi yilda a'zolikka kirgan?

  1. 1995-yilda.

  2. 1992-yilda.

  3. 1993-yilda.

  4. 2001-yilda.

  1. O'zbekiston Respublikasi Jslom Taraqqiyot Bankiga qachon a'zolikka kirgan?

  1. 2004-yil 10-sentabrda.

  2. 2002-yil 5-mayda.

  3. 2005-yil 16-aprelda.

  4. 2003-yil 3-sentabrda.

  1. O'zbekiston Respublikasi Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) qachon a'zo bo'lib kirgan?

  1. 2001-yil iyun oyida.

  2. 2002-yil may oyida.

  3. 2003-yil iyun oyida.

  4. 1999-yil avgust oyida.

  1. O'zbekiston Respublikasida bevosita tashqi iqtisodiy faoliyatni nazorat qiluvchi davlat organi qaysi qatorda to'g'ri ko'rsatilgan?

  1. O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki.

  2. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi.

  3. O'zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, inves­ titsiyalar va savdo vazirligi.

  4. O'zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo'mitasi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling