J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


Ko'pmillatli korporatsiyalar


Download 1.93 Mb.
bet119/131
Sana15.03.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1271692
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   131
Bog'liq
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy

Ko'pmillatli korporatsiyalar - bosh kompaniya ikki va undan ortiq mamlakat kapitaliga tegishli bo'lib, xorijiy bo'limlari turli mam lakatlarda joylashgan korporatsiyalar.
Libor - <> tushunchasining qisqartmasi (abbre­ viaturasi), Londonning yetakchi banklari har kuni teng dara­ jadagi banklar uchun o'z valutaviy kredit stavkalarini ma'lum qiladilar.
Likvidlilik - foydalanishda (ixtiyorda) bo'lgan naqd mablag'lar va tezda pul mablag'lariga aylanadigan aktivlar.
Limitlangan topshiriqnoma (cheklangan narxli e'lon) - bitim amalga oshirilishi mumkin bo'lgan topshiriqni maksimal yoki minimal kursda valutani sotib olish yohud sotish uchun top­ shiriqnoma.
Lombard krediti - tijorat banklari Markaziy Bankdan o'zlarining portfelidan qimmatbaho qog'ozlarni garovga qo'yish orqali kredit olish bu lombard krediti hisoblanadi.
MERKOSUR - Janubiy Amerika umumiy bozori yoki Janu­
biy konus mamlakatlari umumiy bozori.
Marja - sotib olish va sotish kurslari o'rtasidagi farq. Mijozlik bitimlarida banklararo kurslar va mijozlar bilan hisob-kitob qili­ nadigan kurslar hamda foiz stavkalari o'rtasidagi farqni belgilash uchun qo'llanadi.
Milliy valuta tizimi - ma'lum bir mamlakat hududida valuta munosabatlarini tashkil etish, tartibga solish bilan bog'liq tadbir­ lar majmuasini ifodalaydi.
Mintaqaviy valuta tizimi - muayyan bir mintaqa doirasidagi mamlakatlar tashabbusiga ko'ra tashkil etilgan valuta tizimini ifodalaydi.
Minimal zaxiralar - tijorat banklari Markaziy Bankda ushlab turishlari shart bo'lgan pullar. Minimal zaxiralar darajasi Marka­ ziy Bank tomonidan muayyan depozit bitimlar miqdoridagi qat'iy foiz ulushida o'rnatiladi.
Milliy valutaning pariteti - milliy valuta qiymatining xori­ jiy valuta qiymatiga nisbati bo'lib, u hisoblanadigan ko'rsatkich hisoblanadi va milliy valuta kursini belgilash uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling