J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


Download 1.93 Mb.
bet121/131
Sana15.03.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1271692
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   131
Bog'liq
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy

Overnayt-pozitsiya - xorijiy valutadagi pozitsiya, u eng kami­ da tun vaqti davomida qoplanmaydi.
Opsion - xaridor muayyan summadagi valutani sotib olish yoki sotish huquqini oladi, sotuvchi xaridorning istagiga ko'ra valutani yetkazib berishi yoki sotib olishi shart.
Opsion «Koh> - avvaldan kelishilgan narxda muayyan kunda
yoxud muayyan muddat davomida muayyan summadagi valutani sotib olish huquqi.
Opsion «Put>> - kelishilgan narxda, ijro etish kunida yoki muayyan davr mobaynida muayyan summadagi valutani sotish huquqi.
Opsion mukofoti - sotuvchi tomonidan opsion xaridoriga to'langan rag'bat. Rag'bat miqdori ikki qiymatdan tashkil topadi: ichki va vaqtinchalik.
Opsion xatar - valuta kursi yoki foiz stavkalarining noqulay
o'zgarishlari xatari. U shuningdek, valuta xatari yoki foiz xatari deb ataladi.
Passiv to'lov balansi - tushumlar summasi to'lovlar summasi­
dan bo'ladi.
«Parij klubi» - kreditorlar mamlakatlarning hukumatlararo muassasasi, MVF a'zosi. 1961-yilda tashkil etilgan bu <> to'lov muddatini bir tomonlama uzaytirishning oldini olish maqsadlarida rivojlanayotgan mamlakatlarning tashqi qarzlari shartlarini qayta ko'rib chiqish bilan shug'ullanadi.
Paritet - diler tomonidan uning kotirovkasi bilan unga qo'yilgan kurs mosligini belgilash uchun foydalaniladi.
Portfel investitsiyalar - kapitalni xorijiy korxonalar qimmatli qog'ozlariga (korxona ustav kapitalining I0% dan kam qismini) kiritish shaklida olib chiqib ketish bo'lib, investorlarga ular faoli­ yatini bevosita nazorat qilish imkonini bermaydi.
Proteksionizm - tashqi savdo siyosati prinsipi, davlatning milliy
iqtisodiyotni chet el raqobatidan, ichki bozorni chet el tovarlari­ ning kirib kelishidan himoya qilishga qaratilgan iqtisodiy siyosat.
Pozitsiyaning yopilishi - ochiq valutaviy yoki pozitsiyaning qarama-qarshi bitim yo'li bilan qoplanishi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling