J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


Download 1.93 Mb.
bet118/131
Sana15.03.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1271692
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   131
Bog'liq
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy

Jahon moliya bozori - mamlakatlar o'rtasida kapital resursla­ rini jamlash va taqsimlashni ta'minlab beruvchi bozor munosa­ batlari yig'indisi.
Jahon moliyaviy muhiti - investorlar va korporatsiyalar moli­ yasi, banklar boshqaruvchilari qabul qiluvchi qarorlarga ta'sir ko'rsatadi hamda jahon moliya bozori o'sishi sharoitini aniqlaydi. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi - jahon iqtisodiyotining tovar­
Iar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi va texnologiyalarning yagona bozoriga aylanish jarayoni.
Kapitallar va kreditlarning harakati balansi - tadbirkorlik bi­ Ian ssuda kapitalining harakati aks ettiriladi.
Kliring - tovarlar, qimmatbaho qog'ozlar va xizmatlar uchun naqd pulsiz hisob-kitob qilish tizimi.
Konyunktura - ayni paytdagi iqtisodiyotda kechayotgan qan­ daydir o'zgarishlar va obyektiv ahvolning holati.
Konglomerat birlashishi - ishlab chiqarish yoki ta'minot muno­ sabatlari bo'yicha o'zaro aloqador bo'lmagan kompaniyalarning bir­ lashishi bo'lib, bunda bir tarmoqda faoliyat yurituvchi kompaniya­ ning boshqa tarmoqdagi kompaniya bilan qo'shilishi sodir bo'ladi.
Kotirovka valutasi - savdo qilinayotgan valutaning standart birligi narxini ko'rsatadi.
Kredit - yevrobozordagi o'rta va uzoq muddatli kreditlar. Ular bo'yicha, suzuvchi foiz stavkalari belgilangan davr uchun qat'iylashtirib qo'yiladi.
Kross-kurs - bir mamlakatning valutasini ikkinchi bir mam­
Iakat valutasiga nisbatan USD orqali ifodalanadigan nisbati. Kross-kurs xalqaro miqyosda keng qo'llaniladi. Uni asosan yirik
kompaniyalar va korporatsiyalar qo'llaydi. Bu valuta kursini aniq­ lashning real yo'li hisoblanadi.
Kunlik limit - savdo-sotiq ishtirokchisiga kun davomida o'ziga olishga ruxsat etilgan maksimal valutaviy yoki foiz xatari.
Kredit diskriminatsiyasi - bu kredit olishda, undan foydala­ nishda yoki xalqaro kreditni to'lashda ma'lum bir qarz oluvchi­ larga iqtisodiy va siyosiy bosimni yuzaga keltiruvchi og'ir va qiyin shartlarni qo'yishdir.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling