J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


O'zbekistonning integratsion


Download 1.93 Mb.
bet114/131
Sana15.03.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1271692
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   131
Bog'liq
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy

O'zbekistonning integratsion birlashmalardagi faoliyati

O'zbekiston Respublikasi mustagillik yillarida strategik man­ faatlarini takomillashtirib borib, dunyoning turli joylarida va ay­ nigsa, Markaziy Osiyo mintagasida barqarorlikni mustahkamlash
sohasida xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan faol hamkor­ likni yo'lga qo'ydi.
O'zbekistonni ng jahon mamlakatlari bilan iqtisodiy integratsi­ yalashuvi milliy iqtisodiyot samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi, shuningdek, fan-texnika taraqqiyotini jadal­ lashtirishga, millatlar va elatlarning yaqinlashuviga, aholi tur­ mush darajasini oshirishga yordam beradi.
Mamlakatlarning muayyan integratsion tashkilot doirasida birlashuvi, ular o'rtasida mahsulotlar, xizmatlar va kapital ha­ rakati bilan bog'liq munosabatlar rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Shu bilan birgalikda, mamlakatlar o'rtasida yangi texnologiyalarning erkin tarqalishiga, ularning milliy iqtisodiyot­ larda ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish jarayoniga joriy etilishiga qulay zamin yaratadi va pirovardida iqtisodiyot barqa­ rorligiga erishishga ko'maklashadi.
O'zbekistonda iqtisodiy integratsiyani rivojlantirish siyosati av­ valo, milliy iqtisodiyotning barqaror darajada o'sishini ta'minlash hamda jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga kirishiga yo'naltirilgan.
Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayoni kuchayishi barobarida, O'zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo, MOH davlatlari, Yev­ ropa Ittifoqi mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlan­ tirib bormoqda.
O'zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkiloti, MOH va lqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti kabi integratsion birlashmalar­ da ishtirok etishi mamlakatimizning jahon xo'jaligidagi o'rnini yanada mustahkamlashda muhim o'rin tutmoqda.
Mamlakatimiz 2001-yil iyun oyida Shanxay hamkorlik tash­ kilotiga (SHHT) a'zo bo'lib, uning muassisi va teng huquqli qat­ nashchisiga aylandi.
O'zbekiston Respublikasi hamda Shanxay hamkorlik tashkilo­ tiga a'zo davlatlar hududida akkreditatsiyadan o'tkazilgan qo'shma korxonalar va vakolatxonalar soni xo'jalik subyektlari darajasida kooperatsiyaviy aloqalarning faol rivojlanayotganidan dalolat beradi.
2012-yil 1-yanvar holatiga ko'ra O'zbekiston Respublikasi hududida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar inves­ torlari ishtirokida 1601 ta korxona faoliyat yuritayotgan bo'lib, ulardan 270 tasi 100 foiz xorijiy sarmoya hisobiga tashkil etil­ gan.
O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsi­ yalar va savdo vazirligida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar firma va kompaniyalarining 178 ta vakolatxonasi ak­ kreditatsiyadan o'tkazilgan.
Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar hukumat rah­ barlari Kengashining qarori bilan <> tasdiqlandi. Shanxay hamkorlik tashki­ lotiga a'zo davlatlar tomonidan mazkur Dasturni amalga oshirish yuzasidan qisqa muddatli, o'rta muddatli va uzoq muddatli bos­ qichma-bosqich tadbirlar Rejasi ishlab chiqilgan.
2006-yil 22-avgustda Toshkentda Shanxay hamkorlik tashki­ lotiga a'zo davlatlar tranzit imkoniyatlarini rivojlantirish bo'yicha Maxsus ishchi guruhning uchinchi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Maxsus ishchi guruh yig'ilishining natijalari bo'yicha, Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasida transport sohasidagi loyihalarni tezlashtirish maqsadida quyidagi ikki loyihani asosiy loyihalar sifatida amalga oshirish belgilab olindi:

  • E-40 xalqaro transport yo'nalishi tarkibida, Qig'och daryosi bo'ylab ko'prik qurilishi bilan <> va <> avtomobil yo'llarini bir vaqtda va o'zaro mos ravishda qurishni amalga oshirish;

  • Qashg'ar shahrida multimodal tashishlar uchun yuk or­ tish terminalining qurilishi bilan <> avtotransport yo'nalishini rivojlantirish.

Hozirda O'zbekiston Respublikasi tomonidan Shanxay ham­ korlik tashkiloti doirasida savdo iqtisod, transport kommuni­ katsiya, investitsiya va boshqa sohalarda hamkorlik faoliyati izchil davom etmoqda.
MDH tashkil qilingan dastlabki kundan boshlab, O'zbekiston respublikasi iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirish, hamkorlik aloqalarini mutahkamlash va kengaytirish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik tarafdori bo'lgan davlatlar qatoridan o'rin oldi. O'zbekiston Respublikasi MDHning asosiy va tarmoq organlarining faoliyatida ishtirok etadi.
O'zbekiston MDH barcha ishtirokchi davlatlar uchun maksi­ maJ ijtimoiy-iqtisodiy samaraga erishish maqsadida xo'jalik ja­ rayonlarini tartibga solishda muvofiqlashtiruvchi rolini bajarishi kerak deb hisoblaydi.
MDHga a'zo mamlakatlar bilan munosabatda O'zbekistonning o'rni quyidagilardan iborat:
-- MDHning barcha a'zo mamlakatlari manfaatlarini teng huquqliligini e'tiborga olgan holda, iqtisodiy integratsiyaning us­ tuvor yo'nalishda bo'lishini ta'minlash;

  • O'zbekiston Respublikasi o'zaro manfaatli hamkorlik qi­ lishda intiluvchi ixtiyoriyligi tamoyilini saqlash tarafdorligi va boshqalar.

Hozirgi vaqtda Hamdo'stlik o'z taraqqiyotining yangi bos­ qichiga qadam qo'ydi. Qabul qilingan MDHning bundan keyingi taraqqiyoti Konsepsiyasi va uni amalga oshirish rejasida barcha ishtirokchi davlatlar tomonidan Hamdo'stlik faoliyatining ustuvor yo'nalishlari: iqtisodiy integratsiya, gumanitar sohada, xavfsiz­ likni ta'minlash, xalqaro xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash va mustahkamlash, jinoyatchilik, yangi xavf-xatar va tahdidlarga qarshi kurash sohalarida hamkorlik masalalari o'z aksini topdi. Shuningdek, Konsepsiyada siyosiy aloqalarni chuqurlashtirish, muvofiqlashtirilgan migratsion siyosatni ishlab chiqish, ekologik muammolarni birgalikda hal qilish, favqulodda vaziyatlarni oldini olish va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish zaruriyati e'tirof etildi.
Mazkur hujjatlarning qabul qilinishi bilan Hamdo'stlik bu­
gungi kundagi voqelikka, integratsion aloqalarning amaliy sama­ radorligini oshirishga, barcha hamkorlik sohalarini uyg'unlikda
rivojlantirishga moslashtirish bo'yicha muhim va samarali faoli­ yatini amalga oshirish uchun muhim dasturga ega bo'ldi.
Shu munosabat bilan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ta'minlash MDH doirasidagi aloqalar samaradorligining muhim sharti hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasining MDHga a'zoligi unga bir gator muhim vazifalarni hal qilish imkonini beradi. Jumladan:

  • aholi iste'moli uchun zarur mahsulotlarni ishlab chiqa­ rishga yo'naltirilgan kooperativ xo'jalik aloqalarini rivojlantirish va takomillashtirish;

  • MDHning bir qator mahsulotlarini milliy bozordagi mav­ qeini saqlash;

- MDH doirasida xomashyo resurlaridan samarali foydala­ nish;
- O'zbekistonning uchinchi mamlakatlarga eksport-import tovar oqimiga xizmat ko'rsatuvchi transport kommunikatsiyalari­ dan kafolatli va xatarsiz foydalanish.
1992-yilda O'zbekiston Respublikasi lqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (IHT)ga a'zo bo'ldi. Mazkur tashkilot Afg'oniston, Eron, Qozog'iston, Ozarbayjon, Pokiston, Turkmaniston, Tojikis­ ton, Turkiya, O'zbekiston singari davlatlar o'rtasidagi kelishuv asosida tuzilgan. IHT a'zolari iqtisodiy rivojlanishga qaratilgan ko'p tomonlama mintaqaviy hamkorlikni o'zida mujassam etgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishadi.
IHT a'zosi hisoblangan mamlakatlar o'rtasidagi savdoni
rivojlantirish maqsadida boshqa mintaqalardagi va jahon savdo amaliyotidagi tajribalarga tayangan holda erkin savdo mintaqa­ sini joriy etish sari harakat qilinmoqda. IHT o'ziga a'zo mam­ lakatlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishda muhim o'rin tutmoqda.
Xulosa qilib aytganda, O'zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro moliya munosabatlarini yo'lga qo'yish va rivojlantirish borasida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. O'zbekiston o'zining tinchliksevar, yaxshi qo'shnichilik, o'zaro
foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida o'zining munosib o'rnini egalladi hamda uning mavqei yildan-yilga mustahkamlanib bor­ moqda.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling