Rag'bat (mukofot) - forvard va spot kurslari o'rtasidagi farq.
Bunda spot-kurs forvard kursidan past bo'ladi. Tegishli muddat dagi har ikki valuta foiz stavkalari farqi rag'batning hisob-kitob bazasini tashkil etadi.
Revalvatsiya - bu milliy valuta kursining chet el valuta kursiga
nisbatan oshirish. Revalvatsiya asosan importni rag'batlantirish va milliy bozorni o'sha mamlakat tovarlari bilan to'ldirish maqsa dida qo'llaniladi.
Rezerv (Stand-By) kelishuvlari - asosan qisqa muddatli to'lov balansi muammolarini bartaraf etishga mo'ljallangan.
Rezidentlar - jismoniy yoki yuridik shaxslar, ya'ni boshqa mamlakatda doimiy yashayotgan fuqarolar.
Reimport - ichki bozorda sotish, importdan farqli o'laroq
mamlakatga xorijiy tovarlarni qayta ishlash va xizmatlarni ko'rsatish uchun kiritish. Reimport miqdori va tarkibi mam lakatning xalqaro mehnat taqsimotida tutgan o'rniga bog'liq. Uning tarkibini yarim fabrikatlar, xomashyolar, mashina va asbob uskunalar, yarim qayta ishlangan iste'mol mollari tashkil qiladi.
Real ish haqi - tovar va xizmatlar uchun haq to'lash majmua si, ayni davrda ish haqi uchun berilayotgan summa. Bu summa soliqlar iste'molchi indeksi va boshqa to'lovlardan tashqari bo'lgan mehnati haqidir.
Savdo balansi - eksport va import operatsiyalari bo'yicha valu
ta to'lovlari va tushumlarining haqiqatdagi summasi aks ettiriladi. Kreditga sotib olingan tovarlar qiymati bu yerda aks ettirilmaydi.
Savdo to'sig'i - odatda ta'riflar, cheklashlar yoki valuta nazorati tarzida mamlakatlar o'rtasida tovarlar va xizmatlar erkin al mashinuvining sun'iy cheklanishi.
Svop operatsiyasi - bir valutani spot operatsiyasi bo'yicha so tib olish va forvard sharti bo'yicha sotishiga yoki forvard sharti bo'yicha sotib olish va spot sharti bo'yicha sotishga aytiladi.
Svop-bitim - kontragentlar o'rtasida bir vaqtning o'zida «spot» bitimi va qarama-qarshi forvard bitimini tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |