J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


Download 1.93 Mb.
bet123/131
Sana15.03.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1271692
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   131
Bog'liq
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy

Svop-stavka (qo'sbilma) - spot va forvard kurslari o'rtasidagi, punktlarda ifodalangan foizlar farqi. Foizlar tuzilmasiga bog'liq holda diskont yoki rag'batdan tarkib topadi.
SDR - maxsus qarzdorlik huquqi. XVF tomonidan emissiya qilinuvchi xalqaro hisob birligi.
Sotib olish kursi - u bo'yicha oldi-sotdi qilinadigan valuta sotib olinadigan kurs.
Sotish kursi - u bo'yicha oldi-sotdi qilinadigan valuta soti­ ladigan kurs.
Spot operatsiyalari - valuta bitimi tuzilgandan so'ng, valutalar ikki ish kunida kelib tushadigan operatsiyalar.
Spot kursi - spot bitimini tuzishda oldi-sotdi qilinayotgan valutaning muayyan birligi qiymatini ifodalovchi kurs.
Spekulyantlar - moliyaviy instrumentlarning kurslaridagi farq hisobiga foyda olishni ko'zlagan ishtirokchilar.
Spred - valutani kotirovkalashda sotib olish va sotish kursi o'rtasidagi farq.
Stagflyatsiya - iqtisodiyotda baholar va ishsizlik darajalari­ ning bir vaqtning o'zida o'sishi.
Strategik alyanslar - jahon bozoridagi global iqtisodiy masa­ lalarni birgalikda hal etish maqsadida tuziladigan firmalararo it­ tifoq bo'lib, ushbu ittifoq mazkur firmalarning boshqa sohalarda raqobatlashuviga to'sqinlik qilmaydi.
Tarif cbeklovlari - iqtisodiy va ma'muriy qonunchiligiga asos­ langan summa, u tashqi savdo boshqaruvida boj-ta'rif siyosatini aks ettiruvchi funksiyadir.
Tashqi savdoni kreditlash - pul vositalarini, tovar va xizmat­ larni ma'lum foiz to'lab qaytarib berish sharti bilan ma'lum mud­ datga qarzga berish.
Tashqi qarz - davlatning xorijiy mamlakatlar qarz beruvchi bank va moliya muassasalaridan zayom va kreditlar olishi, nati­ jasida paydo bo'lgan qarzi.
Teskari (bilvosita) kotirovka - xorijiy valuta birliklarida ifo­ dalangan milliy valuta birligining narxi.
Teskari kurs - ikki mamlakatda turlicha ifodalangan valuta kursi. Bir mamlakatda oldi-sotdi qilinadigan valuta boshqa mam­ lakatda kotirovka valutasi sifatida amal qiladi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling