J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy


Download 1.93 Mb.
bet117/131
Sana15.03.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1271692
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   131
Bog'liq
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy

Derivativlar - biron-bir moliyaviy dastakning hosilaviy shakli hisoblanadi.
Deflyatsiya - iqtisodiyotda baholar umumiy darajasining pa­ sayishi.
Diskont stavkasi - uchyot stavkasi, Markaziy Bank tomonidan tijorat banklariga ulaming ixtiyoridagi trattalarni qayta hisobga olish yo'li bilan beriladigan kreditlarning foiz stavkasidir.
Diskont siyosati - Markaziy Bankning uchyot stavkasini o'zgartirish yo'li bilan milliy valuta kursiga va to'lov balansining holatiga ta'sir etish siyosatidir.
Erkin almashinuvchi valuta - mamlakatning to'lov balansini joriy operatsiyalar bo'limiga valutaviy cheklashlar bo'lmasa, bu mamlakatning puli erkin almashadigan valuta deb tan olinadi.
Erkin iqtisodiy zonalar - ushbu hududlarda mamlakatda amal qiluvchi xo'jalik faoliyatiga qaraganda imtiyozli soliq to'lash tartibi joriy etiladi.
Eksport - tovarlar, xizmatlar va kapitalni tashqi savdoga chiqa­ rish. Eksport predmetlari tovar singari xizmat qiladi, u mamlakat ichkarisida qayta ishlanib, chegaraga olib boriladi.
Forvard operatsiyalari - belgilangan muddatda, ammo ikki ish kunidan oshiq bo'lgan muddatda amalga oshiriladigan ope­ ratsiyalarga aytiladi. Amaliyotda forvard bitimlarini amalga oshi­ rishning standart muddatlari uchraydi. Standart muddatlarga I; 3; 6; 9; va 12 oylarni kiritish mumkin.
Foiz stavkasi kafolati - IRG -«Interest Rate Guarantee>>ni odatda qarz oluvchilar yoki kreditorlar opsioni deb atashadi.
Foizli svop - ayni bir valutadagi foiz to'lovlari almashinu­ vini o'zida aks ettiradi. Odatda, bunday bitimlar bir yildan or­ tiq muddatga amalga oshiriladi. Bunday svoplarda asosiy summa almashinuvi hech qachon ko'zda tutilmaydi.
Forvard bitimi - vaqtinchalik opsionli bitim tuzilgani­ dan keyingi ikki ish kunidan kattaroq muddatda bir valutani boshqasiga konvertatsiyalanishi to'g'risidagi ikki tomonning kelishuvi.
Import - xorijdan mahsulot va xizmatlarning kelishi (shu­
ningdek, kapitallar, texnologiyalar, qimmatli qog'ozlar va boshqa­ lar). Ichki bozorda bu mamlakatlar tovarlarining sotilishi.

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling