Valuta qamali - xalqaro tashkilotlar yoki ayrim mamlakat
lar guruhi tomonidan ba'zi bir mamlakatlarga nisbatan valuta tushumlarining kelish jarayonida to'sqinlik qilish tushuniladi.
Valuta bozorlari - bu talab va taklif asosida turli xii valutalar
oldi-sotdi qilinadigan rasmiy markazlardir.
Valuta intervensiyasi - Markaziy bank tomonidan milliy valu ta kursiga ta'sir etish maqsadida chet el valutani sotish va sotib olish operatsiyalaridir.
Valuta kursi - mamlakat pul birligining boshqa mamlakat pul
birligida ifodalangan bahosi.
Valuta munosabatlari - valutaning jahon oborotidagi harakati natijasida vujudga keladigan pul munosabatidir.
Valuta operatsiyalari - chet el valutalari va valutaviy qim
matliklarga mulk huquqining almashinishi bilan bog'liq operatsi yalarga aytiladi.
Valuta rezervlarini diversifikatsiya qilish - bir vaqtning o'zida
bir necha yetakchi erkin almashinadigan valutalarda chet el valu ta zaxiralarini tashkil qi,lish.
Valuta riski - valuta kurslarining o'zgarishi natijasida yuzaga
keladigan zarar ko'rish xavfi tushuniladi.
Valuta siyosati - bu xalqaro valuta munosabatlari sohasida amalga oshiriladigan tadbirlar yig'indisidir.
Valuta tizimi - valuta munosabatini tashkil qilishning davlat huquqi shakli.
Valutaning kurs rejimi - birinchidan, agar milliy valutaning kursi erkin tarzda valuta bozorida talab va taklif asosida aniqlan sa, bu erkin suzib yuruvchi kurs rejimi deb ataladi.
Valutaviy inqiroz - xalqaro valuta munosabatlarida yuzaga ke ladigan keskin ziddiyatlarga aytiladi.
Vekselli kredit - eksportyor tovarni sotish haqida bitim tuzib, o'tkazma veksel (tratta)ni importyorga jo'natadi, importyor tijo rat hujjatlarini olib akseptlaydi, ya'ni unda ko'rsatilgan muddatda to'lovni amalga oshirishga rozilik beradi.
Vositalashgan kafolatlar - kafolat beruvchi o'ziga xos tarzda vositachilik vazifasini o'taydi. Bunday kafolatlar eksport-import operatsiyalarida keng ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |