J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy
lqtisodiy rivojlanisb darajasi turlicha mamlakatlarning
Download 1.93 Mb.
|
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy
- Bu sahifa navigatsiya:
- AQSH
lqtisodiy rivojlanisb darajasi turlicha mamlakatlarning bududiy integratsiyasiga xos xususiyatlar (NAFTA)
G'arbiy Yevropada iqtisodiy integratsiyaning rivojlanish yu tuqlari dunyoning rivojlanayotgan mintaqalari diqqatini o'ziga jalb etdi. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida bir nechta o'nlab erkin savdo hududlari, bojxona yoki iqtisodiy ittifoqlar vujudga keldi. lntegratsiya jarayonlarining sezilarli darajada rivojlanishida Shimoliy Amerika Erkin savdo assotsiatsiyasining (North Ameri can Free Trade Area - NAFTA) tashkil qilinishi va faoliyat ko'rsatish jarayoni muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur integra tsion hudud jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar da iqtisodiy ahamiyati jihatidan yuqori o'rinda turadi. 1992-yilda AQSH, Kanada va Meksika o'rtasidagi Shimoliy Amerika Erkin savdo assotsiatsiyasini (NAFTA) tashkil etish to'g'risidagi shart noma imzolandi va u 1994-yilning 1-yanvaridan o'z faoliyatini yurita boshladi. NAFTA AQSH, Kanada va Meksika davlat larini o'z tarkibiga birlashtirgan. Ushbu integratsion birlashma 456,6 min aholini o'z ichiga olgan keng hududni qamrab olgan bo'lib, kuchli iqtisodiy imkoniyatga egadir. Bu mamlakatlarda har yilgi ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar 7 trln AQSH dollarini tashkil etadi. Butun jahon savdosi hajmida ularning u]ushi 20% atrofida to'g'ri keladi. NAFTA davlatlari kelishuvi da asosan tovar va xizmatlar savdosida cheklashlarni olib tash lash, o'zaro kelishmovchiliklarni ha! etish mexanizmlarini ishlab chiqish, bir biriga nisbatan investitsion muhitni erkinlashtirish masalalari nazarda tutilgan. NAFTAning Ylga nisbatan o'ziga xos xususiyati integratsion jarayonlarning simmetrik emasligi dir. Kanada va Meksika davlatlari integratsiya]ashuv jarayonida AQSH bilan ko'proq yaqinlashishga intilishadi, o'zaro esa kuch siz bog'lanishgan. Bitimning asosiy qoidalari quyidagilarni o'z ichiga oladi: AQSH, Kanada va Meksika o'rtasidagi savdo aloqalarida mahsulotlarga nisbatan bojxona bojlarini bekor qilish; shimoliy Amerika bozorini o'zlarining tovarlarini Meksi ka orqali AQSHga reeksport qilish yo'li bilan Amerika bojlarini to'lashdan qochishga harakat qilayotgan Yevropa va Osiyo kom paniyalari ekspansiyasidan himoyalash; Meksikada sug'urta va bank ishida Amerika va Kanada kompaniyalarining raqobat va kapital qo'yilmalariga bo'lgan cheklovlarni bekor qilish; atrof-muhit bilan bog'liq bo'lgan muammolarni hal qilish uchun uch tomonlama guruhlarni tashkil etish. NAFTAga a'zo mamlakatlar tomonidan imzolangan shartno ma doirasida quyidagi vazifalarni ha] etish ko'zda tutilgan: erkin savdo hududini shakllantirish orqali mamlakatlar o'rtasida savdo va investitsiyalarni rag'batlantirish; mamlakatlardagi kompaniyalar uchun kelishilgan tadbir korlik faoliyati ishlab chiqilishi; o'zaro iqtisodiy hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish; intellektual mulkka doir huquqlarni himoya qilish. Dastlabki ikki yil ichida NAFTAning eksport hajmini oshi shi hisobiga qo'shimcha ish joylarini tashkil etishdagi muno sabatlarda faoliyat ko'rsatishi ishonchlarni oqlamadi. Bundan tashqari, AQSH bilan Meksika savdosidagi ijobiy savdo saldosi yo'qolib, 1995-yilda uning o'mini defitsit egalladi. Oxir-oqibatda NAFTAni tuzuvchilar rejasi bo'yicha to'la mukammal shimoliy Amerika umumiy bozorini 2010-yilda tashkil etish mumkin deb hisoblandi. Hozirgi vaqtda Amerika iqtisodchilari yetarli darajada qudratli bo'lgan Amerika savdo blokini tashkil etishning modelini ishlab chiqmoqdalar. Shimoliy Amerika integratsion majmuasi o'zining tuzilish jihatlari bilan Yevropa integratsiya modelidan birmuncha farq li tomonlarga ega. Asosiy farq - AQSH, Kanada va Meksika o'rtasidagi o'zaro iqtisodiy bog'liqlikning asimmetrikligi. Bu intergatsion majmuaning yana bir o'ziga xos xususiyati uning ishtirokchilarini turli xii sharoitda ekanliklaridir. Agar Kanada oxirgi o'n yillik ichida makroiqtisodiy ko'rsatkichlar bo'yicha AQSHga ancha yaqinlashishga erishgan bo'lsa, Meksika esa uzoq yillardan beri yuqori tashqi qarz bilan iqtisodiy nochor mamlakat holatidadir. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling