J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy
Tashqi iqtisodiy faoliyatni uzoq muddatli moliyalashtirish shakllari
Download 1.93 Mb.
|
J. X. Ataniyazov, E. D. Alimardonoy
Tashqi iqtisodiy faoliyatni uzoq muddatli moliyalashtirish shakllari< korxonalar, banklar tomonidan o'z qarz majburiyatlarini chiqa rish orqali milliy hamda jahon ssuda kapitallari bozorlaridan qarz mablag'larini jalb etish shaklida amalga oshiriladi. Uzoq muddat li kredit va qarzlar mashina hamda asbob-uskunalar eksportiga, iqtisodiyotning sanoat tarmog'ida turli yirik loyihalarni amalga oshirishga, asosiy kapital orqali takror ishlab chiqarishni kengay tirishga xizmat ko'rsatadi. Yirik kredit muassasalari uzoq mud datli xalqaro kreditlarni nazariy jihatdan 40 yilgacha, amalda esa 10-15 yil muddatga taqdim etadilar. Kompensatsion bitimlar bo'yicha kreditlar. Banklar tovar qiy matiga teng bo'lgan, o'zaro yetkazib berishga asoslangan kom pensatsion bitimlar bo'yicha uzoq va qisqa muddatli kreditlarni taqdim etadilar. Korxonani barpo etish va qayta tiklash, tabiiy resurslarni o'zlashtirish uchun mashina va asbob-uskunalarni 8-15 yil muddatga kreditga olgani holda qarz oluvchi uni mazkur kredit asosida qurilgan va qurilayotgan korxonalar mahsulotlari hisobiga so'ndirilishini ta'minlaydi. Kompensatsion bitimlarni o'ziga xos xususiyatlari ularning keng ko'lamli, uzoq muddatli ekanligi hamda eksport-import bitimlarini o'zaro bog'liqligi bi Ian ajralib turadi. Kompensatsion bitimlar bo'yicha kreditlar va importyor sotib olinadigan mashina va asbob-uskunalar uchun to'lov hamda tegishli xarajatlarni qoplash uchun tovarlarni qay ta eksport qilishdan tushum hisobiga o'zaro bog'liq bo'lishadi. Kompensatsion bitimlarni amalga oshirishda odatda firma (ti jorat) kreditlariga nisbatan uzoq muddatli konsorsial yoki sindi kat kreditlar keng qo'llaniladi. Bunday kreditlarni bank konsor siumlari yoki sindikatlari taqdim etadilar. Amaliyotda mazkur holatning yuzaga kelishiga asosiy sabab birinchidan, milliy qo nunchiliklarda banklar uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan kredit limitini o'rnatilishi bo'lsa, ikkinchidan, banklar kredit larni taqdim etishda risk darajasini cheklashga harakat qilishi hisoblanadi. Budjet mablag'lari hisobdan ajratiladigan uzoq muddatli xalqaro kreditlar. Budjet mablag'lari hisobidan ajratiladigan uzoq muddatli (muddatlari 10-15 yil va undan ortiq) xalqaro kredit larning quyidagi shakllari farqlanadi: hukumatlarning ikki taraflama kreditlari. Davlatlararo uzoq muddatli kredit birinchijahon urushi davrida keng ko'lamda shakllandi va urushdan keyingi yillarda yanada rivojlandi. AQSH asosiy kreditor sifatida chiqdi va davlatlararo nizolarni kuchay tirib yuborgan hukumatlararo qarzdorlik (11 mlrd oltin dollar lari, foizlarni hisobga olmaganda) paydo bo'ldi. O'z kreditlarini Fransiya nemis reparatsiyalari hisobiga, Germaniya esa AQSH dan yangi kreditlarni olish hisobiga so'ndirdi. 1929-1933-yil larda yuzaga kelgan jahon iqtisodiy inqirozi davrida Germaniya va boshqa 25 davlat qarz bo'yicha to'lovlarni to'xtatib qo'ydilar. lkkinchi jahon urushi davrida hukumatlararo qarzlar muhim rol o'ynamadi. Harbiy va boshqa turdagi materiallarning yetkazib berilishi asosan < xalqaro va hududiy valuta-kredit hamda moliyaviy tashki lotlarning kreditlari; yordam ko'rsatish bo'yicha imtiyozli shartlar asosida beril gan kreditlar, texnik yordam, beminnat xayriya mablag'lari, sub sidiyalar. Ayrim holatlarda xalqaro kreditning aralash turi qo'llaniladi. Masalan, eksportni kreditlashning odatdagi shakllari imtiyozli shartlar asosida, ya'ni unga yordam ko'rsatish orqali amalga oshirilishi mumkin. Xalqaro kreditning yangi shakllaridan biri bo'lib bir nechta kredit muassasalari tomonidan yirik loyihalarni qo'shma moliyalashtirish hisoblanadi. Xalqaro moliya institut lari qo'shma moliyalashtirishning tashabbuskorlari bo'lib, maz kur operatsiyaga ular odatda xususiy tijorat banklarini ham jalb etadilar va loyihaning eng foydali qismini imtiyozli asosda (foiz stavkasi bozor stavkasidan past) kreditlaydilar. Qo'shma moliyalashtirishning quyidagi 2 shakli qo'llaniladi: parallel moliyalashtirish, bunda turli kreditorlarning o'zaro kelishuvi asosida belgilangan kvota (ulush, hissa) doirasida loyiha tarkibiy qismlarga ajratilib kreditlanadi; birgalikda moliyalashtirish, bunda barcha kreditorlar loyi hani amalga oshirilishi mobaynida o'z ssudalarini taqdim etadi lar. Kreditorlardan biri (menejer-bank) loyihaning tayyorlanishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi hamda nazorat qiladi. Qo'shma moliyalashtirish orqali qarz oluvchi imtiyozli kredit larni jalb etish imkoniyatiga ega bo'ladi. Shuningdek, kreditorlar ham mazkur moliyalashtirish shaklida imtiyozlarga ega bo'Iishadi, ya'ni bunday kreditlash kreditorga ssudani qarzdor tomonidan o'z vaqtida so'ndirilishining qo'shimcha kafolatini beradi. Xalqaro sindikatlashgan yoki konsorsium kreditlari - turli mamlakatlar banklari tomonidan yirik loyihani amalga oshirish uclmn bir' tashkilotga ajratilgan qarz mablag'lari hisoblanadi. Xalqaro kreditning bu shakli bir qator o'ziga xos xususiyatlar bi Ian ajralib turadi: bunday kreditni taqdim etish uchun banklarni birlashuvi ma'lum bir muddatga konsorsium yoki sindikatni tuzish to'g'risidagi shartnomani rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi; maqsad yirik kreditni taqdim etish uchun xalqaro resurslar ni jalb etish va bir qator bank-kreditorlar orasida bank risklarini taqsimlash hisoblanadi; sindikat yoki konsorsium a'zosi bo'lgan yirik banklardan biri menejer funksiyasini bajaradi, ya'ni qarzdor va bank-kreditorlar bilan o'zaro muzokara olib boradi, kreditning moliyaviy-valutaviy shartlarini aniqlaydi, risklarni va ularni kamaytirish imkoniyat larini baholaydi. Bunday kreditni tashkillashtirgani uchun bank menejer foiz va komission daromadlardan tashqari qo'shimcha mukofotga ham ega bo'ladi; qimmatli qog'ozlarni chiqarish orqali xalqaro qarzlarni taqdim etishda oddiy sindikatlashgan yoki konsorsium kredit lar anderrayting bilan birga amalga oshiriladi, ya'ni belgilangan narx bo'yicha banklar (ma'lum bir ulush bo'yicha majburiyat lar oluvchi sindikat yoki konsorsiumning a'zolari) orasida ularni joylashtirishni kafolatlaydi; sindikatlashgan yoki konsorsium kreditlarning birlamchi va ik kilamchi bozorlari amal qiladi. Jahon amaliyotida ushbu turdagi kreditlarni sug'urtalashda ikkilamchi bozorda sotish imkoniyati bo'lgan likvidli aktivlardan (tratta, qimmatli qog'ozlar) foydalani ladi. Bunday kreditning turlaridan biri ulushli kredit hisoblanadi, ya'ni bank-kreditorlar bank konsorsiumi yoki sindikatini tuzmas dan o'z ulushlarini boshqa banklarga sotishlari mumkin. Ba'zan xususiy banklar sindikati Xalqaro valuta fondi (XVF) yoki Xalqaro taraqqiyot va tiklanish banki (XTTB) kreditlarini olgan qarzdor mamlakatlarga o'zlarining xalqaro kreditlarini taqdim etishadi. Davlatlararo va xususiy banklar orasida bunday taqsimotdan asosiy maqsad - o'z iqtisodiy va siyosiy manfaatlaridan kelib chiqqan hol da jahon ssuda kapitallar bozorida qarzdorlarni tartibga solish hi soblanadi. Shuning uchun ham xalqaro moliyaviy tashkilotlarning mamlakatlarga ajratgan kreditlari nafaqat miqdor jihatdan, balki strategik rivojlanish xususiyatlari bilan ham muhim rol o'ynaydi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling