Jabborova Nazokatning Hayot faoliyati havfsizligi fanidan mustaqil ishi mavzu
Download 116.96 Kb.
|
nazokat
O‘zbekistonda — Inson taraqqiyoti indeksining pasayishi kuzatilmagan, aksincha ko‘rsatkichning barqaror o‘sish tendensiyasi davom etmoqda. Mamlakatda indeks ishga tushirilgandan beri mamlakat juda yaxshi natijalarga erishmoqda. 2021 yildagi Inson taraqqiyoti indeksi ko‘rsatkichi O‘zbekistonda 0,727 ni tashkil etib, mamlakat Inson taraqqiyoti darajasi yuqori mamlakatlar toifasiga kirishi va 191 davlat va hudud orasida 101-o‘rinni egallashini ta’minladi. 2000−2021 yillarda O‘zbekistondagi Inson taraqqiyoti indeksi ko‘rsatkichi 19,8 foizga — 0,607 dan 0,727 ga ko‘tarilgan. Shuningdek, 2000−2021 yillarda O‘zbekistonda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi milliy daromadning 188,8 foizga o‘sishi kuzatildi.
“O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi PF-5706-sonli Farmoni hamda “Favqulodda vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4276-sonli qarorining qabul qilinishi bilan respublikamiz aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan xizmatlar uchun islohotlarning yangi bosiqichiga tamal toshi qo‘yildi. Darhaqiqat, mustaqillik yillarida respublikamiz aholisi va hududlarini tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash sohalarida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu yo‘nalishlarda, jumladan, yong‘in va avariya-qutqaruv texnikasi va jihozlarining mahalliy turlarini ishlab chiqarilishini rivojlantirish orqali moddiy-texnik bazasi bosqichma-bosqich mustahkamlanmoqda. Shu bilan birga ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amaldagi tizimda xavfsiz hayot faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi bir qator omillarning mavjudligi ham ayni haqiqatdir. Xususan: yong‘in xavfsizligini ta’minlash va favqulodda vaziyatlarda harakat qilish tizimlarining tarqoq holda faoliyat yuritishi; mobillik va kuch-vositalarning yetarli emasligi, tuzilmalarning o‘zaro hamkorlik mexanizmlari samaradorligining pastligi; yong‘inlarning oldini olish va barvaqt profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning yetarli darajada emasligi; yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarning uzluksiz sutkalik monitoringi, tezkor boshqaruv va o‘z vaqtida hamkorlikda harakat qilishning yagona samarali tizimi tashkil etilmaganligi; sohani ilmiy jihatidan ta’minlovchi tayanch oliy ta’lim muassasasi hamda maxsus tadqiqot markazi mavjud emasligi aniqlandi. Xulosa
Mahalliy miqyosdagi ijobiy tendensiyalarga qaramay, O‘zbekistonda hisobotda qayd etilgan iqlim o‘zgarishi, biologik xilma-xillikning yo‘qolishi, tengsizliklarning chuqurlashishi, noaniqliklarning kuchayishi va siyosiy qutblanish kabi yuzaga kelayotgan global muammolarni hal qilishga qaratilgan dastur va strategiyalar joriy etilishi zarur, deyiladi xabarda. Download 116.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling