Jabborova Nazokatning Hayot faoliyati havfsizligi fanidan mustaqil ishi mavzu


Download 116.96 Kb.
bet1/3
Sana06.02.2023
Hajmi116.96 Kb.
#1170572
  1   2   3
Bog'liq
nazokat



O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekinton Milliy Universitetining geologiya va geoinfarmatsion tizimlar fakulteti geotektonika yo'nalishi
302–guruh
Jabborova Nazokatning
Hayot faoliyati havfsizligi fanidan

MUSTAQIL ISHI


MAVZU: O'zbekintonda sodir bo'lishi mumkin bolgan xavflar



  • TOPSHIRDI: Jabborova. N

    QABUL QILDI: Shedenov.R



TOSHKENT-2023

O'zbekintonda sodir bo'lishi mumkin bolgan xavflar



REJA:
1 O’zbekistonda bo’lishi mumkin bo’lmagan texnogen xavflar
2 Xavf yuqori bo‘lgan zonalar
3 Xavflarning kelib chiqishi va ularningoldini olish
4xulosa

O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq belgilangan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida ro‘y berishi mumkin bo‘lgan texnogen hodisalar (yong‘inlar, portlashlar, xavfli zararli moddalarni tashqariga chiqarish, binolar, inshootlar, texnik qurilmalar va shu kabilar) zonalari hamda:
a) radioaktiv moddalar va materiallar ishlab chiqariladigan, ulardan foydalaniladigan, ular qayta ishlanadigan, hosil bo‘ladigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo‘q qilib tashlanadigan obyektlar;
b) barcha turdagi sanoat elektr qurilmalari qo‘llanadigan obyektlar;
v) gidrotexnika inshootlaridan, shu jumladan yirik korxonalar chiqindixonalari va tindirgichlaridan foydalaniladigan obyektlar;
g) ionli nurlanishlar manbalaridan foydalaniladigan obyektlar;
d) favqulodda vaziyatlarga (suv, gaz, issiqlik va elektr energiyasi ta’minotining to‘xtab qolishiga, uy-joy massivlarini suv bosishiga, kanalizatsiya va suvni tozalash tizimlarining ishdan chiqishiga) olib keluvchi buzilishlar (zararlanishlar) sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan obyektlar TXYuZDK obyektlari hisoblanadi”.
2. 6-bandning ikkinchi xatboshidagi, 12-bandning birinchi xatboshidagi, 26 va 28-bandlardagi, shuningdek Nizomga ilovadagi “xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan” va “xavfli ishlab chiqarish obyektlari” so‘zlari tegishli ravishda “obyektlardan” va “obyektlar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
3. 12-bandning ikkinchi xatboshidagi, 20-bandning ikkinchi xatboshidagi, 21-bandning sakkizinchi xatboshidagi, 22-bandning to‘rtinchi xatboshidagi, 26-banddagi “xavfli ishlab chiqarish obyektlarini”, “xavfli ishlab chiqarish obyektlarining”, “xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi”, “xavfli ishlab chiqarish obyektlari” so‘zlari tegishli ravishda “obyektlarni”, “obyektlarning”, “obyektlardagi”, “obyektlar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. 21-bandning to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi xatboshidagi, 22-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshidagi “xavfli ishlab chiqarish obyektining”, “xavfli ishlab chiqarish obyektini” so‘zlari tegishli ravishda “obyektning”, “obyektni” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) 8 sentabr kuni ««Beqaror zamon, behalovat hayot: o‘zgaruvchan dunyoda o‘z kelajagimizni shakllantirish», deb nomlangan so‘nggi Inson taraqqiyoti indeksi hisobotini e’lon qildi. Bu haqda BMTTDning Toshkentdagi vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.


Hisobotda ta’kidlanishicha, dunyo ketma-ket inqirozni boshdan kechirib, «favqulodda choralar» ko‘rishga majbur bo‘lmoqda, biroq bugungi kunda dunyo aholisi duch kelayotgan muammolarning sabablarini bartaraf eta olmayapti. Dunyo ketayotgan yo‘lida keskin o‘zgarish yasalmasa, yanada kattaroq yo‘qotish, muhtojlik va adolatsizliklarga yuz tutaveradi, deya ogohlantiradi hisobot mualliflari.
Turli noaniqlikni yuzaga keltiruvchi omillar to‘planib, insoniyat hayotini misli ko‘rilmagan tarzda izdan chiqaradigan darajada ta’sir o‘tkazmoqda. So‘nggi ikki yil ichidagi voqealar dunyodagi milliardlab odamlarning hayotiga halokatli ta’sir ko‘rsatdi. Jumladan, COVID-19 pandemiyasi va Ukrainadagi urush kabi inqirozlar ketma-ket kelib, keng qamrovli ijtimoiy va iqtisodiy siljishlar, sayyoramiz uchun xavf tug‘diradigan o‘zgarishlar va keskin kuchaygan qutblanish bilan o‘zaro aloqaga kirishdi, deyiladi xabarda.
32 yildan beri dunyo mamlakatlaridagi sog‘liqni saqlash, ta’lim va turmush darajasi o‘lchanadigan Inson taraqqiyoti indeksida ilk marotaba ketma-ket ikki yil davomida pasayish bo‘ldi, ya’ni ko‘rsatkich 2016 yilgi darajaga tushib ketib, «Barqaror rivojlanish maqsadlari sohasida erishilgan yutuqlarning katta qismini yo‘qqa chiqardi», deyiladi hisobotda.
Pasayish deyarli butun dunyo miqyosida kuzatilmoqda, negaki 2020 yoki 2021 yillarda inson taraqqiyoti indeksi ko‘rsatkichi mamlakatlarning 90 foizdan ortig‘ida pasaygan. Bundan tashqari, 40 foizdan ziyod mamlakatda pasayish ketma-ket ikki yil davomida kuzatilib, bu — ko‘pchilikda inqiroz hali ham chuqurlashib borayotganidan dalolat beradi.
Ayrim mamlakatlar oyoqqa turishni boshlagan bo‘lsada, tiklanish notekis va qisman kechayotgan bo‘lib, inson taraqqiyotidagi tengsizliklarni yanada kuchaytirmoqda. Ayniqsa, Lotin Amerikasi, Karib havzasi, Sahroi Kabirdan janubdagi Afrika va Janubiy Osiyo mamlakatlari katta zarar ko‘rdi.
«COVID-19 pandemiyasidan avval ham biz taraqqiyotning ishonchsizlik va qutblanish bilan egizak paradoks holatini kuzatgan edik. Hozir dunyo aholisining uchdan biri stress holatida bo‘lgan, uchdan ikki qismidan ortig‘i esa boshqalarga ishonmaydigan bir paytda, biz odamlar va sayyoramiz kelajagi uchun foydali bo‘lgan dastur va strategiyalarni qabul qilish yo‘lida katta to‘siqlarga duch kelyapmiz, — deydi Axim Shtayner. — Fikrlashga undaydigan mazkur yangi tahlil bizga boshi berk ko‘chadan chiqib, global noaniqlikni yengib o‘tish yo‘llarini belgilab olishga yordam beradi. Tizimlarimizga yangi nazar solib va qayta ishga tushirib, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish borasida qat’iy choralarni amalga oshirish va barcha uchun yangi imkoniyatlarni ta’minlay oladigan kelajakni qurish yo‘lida amalga oshirishimiz mumkin bo‘lgan harakatlar ko‘lami juda cheklangan».
Hisobotda zarur bo‘lgan o‘zgarishlar nega amalga oshmayotgani o‘rganilib, buning ko‘plab sabablari borligi, jumladan, ishonchsizlik va qutblanish bugungi kunda bir-birini oziqlantirib, barcha darajalardagi inqirozlarni yengib o‘tish uchun zarur bo‘lgan birdamlik va jamoaviy harakatlarga to‘siq bo‘layotgani ta’kidlanadi. Yangi hisob-kitoblar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘zini himoyasiz deb his qiladiganlar ham o‘tkir siyosiy qarashlarga ega bo‘lishi mumkin.
Yangi yo‘nalishni belgilab olish uchun tiklanadigan energiyadan tortib, pandemiyalarga tayyorlik sohalariga investitsiya kiritishga, jamiyatlarimizni beqaror dunyo sharoitidagi o‘sish va inqirozlarga tayyorlash uchun esa sug‘urtalash, shu jumladan, ijtimoiy himoya sohalariga urg‘u berilgan dastur va strategiyalarni amalga oshirish tavsiya qilinadi. Shu bilan birga, ko‘plab — texnologik, iqtisodiy va madaniy shakllardagi innovatsiyalar kelajakda yuz berishi mumkin bo‘lgan har qanday muammolarga qarshi javob choralarini ko‘rish uchun zarur bo‘lgan salohiyatni yuksaltirish imkoniyatlarini yaratishi mumkin.

Download 116.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling