«Jadidchilik harakati tarixi» fanidan ishchi o’quv dasturi 3-kurs vi–semestr


(A-1, 62-79; A-5, 74-90; Q-1; Q-3; Q-14; Q-7; Q-6; Q-9;)


Download 139.5 Kb.
bet7/13
Sana25.01.2023
Hajmi139.5 Kb.
#1119860
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
portal.guldu.uz-Jajidchilik harakati fanidan ishchi dastur

(A-1, 62-79; A-5, 74-90; Q-1; Q-3; Q-14; Q-7; Q-6; Q-9;)
1-jadval



Ma’ruza mavzulari

Soati

1

Kirish. Jadidchilik harakatining paydo bo’lishi.

2

2

Jadid milliy xalq maorifi.

2

3

Jadid milliy matbuoti, adabiyoti va san’ati.

2

4

Jadidlarning 1916 yildagi xalq qo’zg’olonida tutgan o’rni.

2

5

Milliy hukumat - Turkiston muxtoriyati va uning faoliyati.

2

6

Buxoroda jadidchilik harakati.

2

7

Xivada jadidchilik harakati.

2

Jami:

14




    1. SEMINAR MAShG’ULOTLARI MAVZULARI, BAJARILADIGAN ISh MAZMUNI.

AJRATILGAN VAQT: 20 soat



  1. JADIDCHILIK HARAKATI TARIXI KURSI. JADIDCHILIK HARAKATINING PAYDO BO’LISHI.

Ajratilgan vaqt: 2 soat
Jadidchilik harakati paydo bo’lishiga turtki bo’lgan tashqi va ichki tarixiy muhit va shart-sharoitlar. Jadidchilik davr mahsuli – farzandi ekanligi. Mustabid mustamlakachilik zulmi va mahalliy musulmon ziyolilari orasida mutaassiblik va bid’atlarning kuchayishi. Mutaassib din peshvolari tomonidan jadidlarning dahriylikda ayblanishi. Muhammad Abdo (1848-1903), Jamoliddin Afg’oniy (1851-1914) va Ismoilbek Gasprali (Gasprinskiy)lar musulmon dunyosida islohotchilik-jadidchilik harakatining asosiy mafkurachisi ekanligi. I.Gaspralining 1892 yildagi Turkiston general-gubernatoriga xati va “Tarjuman” gazetasi. Turkistondagi jadidchilik harakatining yirik namoyondalari. Jadidlarning “Ozodlik, Tenglik va Adolat” deb nomlangan shiori, Jadidchilik harakatining shakllanishi va rivojlanishi bosqichlari.
(A-1, 3-15; A-5, 3-8; Q-1; Q-2, Q-3;)



  1. JADID MILLIY XALQ MAORIFI VA MATBUOTI. JADIDCHILIKDA DUNYOVIY OLIY TA’LIM G’OYASI VA O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETININIG TASHKIL TOPISHI.

Ajratilgan vaqt: 2 soat
“Jadid milliy xalq maorifi” tushunchasi va uning iste’molga kiritilishi masalasi. Jadid maktabining asosi “Usuli jadid” – “Usuli savtiya”. Jadid maktabi musulmon dunyosi maorifidagi buyuk kashfiyot bo’lganligi (Ismoil Gaspralining 1884 yilda Gasprada tashkil etgan ilk jadid maktabi). Turkistonda dastlabki jadid maktabini ochgan buyuk mutafakkirlar: Ishoqxon Ibrat (Namangan viloyati, 1886), Shamsiddin domla (Andijon, 1899), Salohiddin majidiy (Qo’qon, 1989), Munavvarqori Abdurashidxonov (Toshkent, 1901) va boshqalar. Jadid maktabi darsliklari (Munavvarqori, Mahmudxo’ja Behbudiy, Abdulla Avloniy va boshqalar) Munavvarqorining maktabi va uning jadid maktablari uchun ilmiy-pedagogik markaz, oliy ta’lim – universitet uchun asos bo’lgani. Jadid milliy xalq maorifi tizimining shakllanish va uning uch bosqichi – boshlang’ich 4 yillik va o’rta 7 yillik jadid maktablari, musulmon xalq dorilfununi – hozirgi O’zMU.

Download 139.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling