Jadval rеdaktorlardan iqtisodiy masalalarni еchish jarayonida foydalanish
Download 2.2 Mb. Pdf ko'rish
|
5.Iqtisodiyotda axborot kommunikasiya texnologiyalari va tizimlari-151-190
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Анализ «что если»»
- «Таблицы данных»
- «Таблица данных»
- 5.27-rasm
«Таблица данных» bir yoki ikkita ma’lum o‘zgaruvchining turli
xil o‘zgarish natijalarini hisoblash uchun mo‘ljallangan. Hisoblashdan so‘ng barcha mumkin bo‘lgan variantlar jadval shaklida paydo bo‘lib, bu omillarni tahlil qilish matritsasi deb ataladi. Ma’lumotlar jadvali «Анализ «что если»» asboblar guruhi, «Данные» yorlig‘ining «Работа с данными» blokida joylashgan. Excelning 2007-yil versiyasiga qadar ushbu vosita «Таблица подстановки» sifatida tanilgan bo‘lib, u hozirgi nomidan ham uni aniqroq tavsiflar edi. «Таблица подстановки»ni ko‘p hollarda ishlatish mumkin. Misol uchun odatiy hol sifatida, kredit muddati va kredit miqdorining har xil o‘zgarishini hisobga olib, oylik to‘lov miqdorini hisoblashingiz kerak bo‘lganda ishlatiladi. Shuningdek, ushbu vosita investitsiya loyihalari modellarini tahlil qilishda ishlatilishi mumkin. Ushbu vositadan ortiqcha foydalanish tizimning sekinlashishiga olib kelishi mumkinligini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Chunki ma’lumotlar doimiy ravishda qayta hisoblanib boriladi. Shu sababli, ushbu vositani shunga o‘xshash muammolarni hal qilish maqsadida kichik jadval massivlarida ishlatmasdan, balki to‘ldirish markeri yordamida formulalarni nusxalash tavsiya etiladi. «Таблицы данных» dan faqat jadvallarning katta diapazonlarida foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lib, formulalarni nusxalash ko‘p vaqt talab qilishi va faoliyat davomida xato qilish ehtimolini oshirishi mumkin. Ammo bu holatda ham tizimga keraksiz yuk tushmasligi uchun formulalarni qidiruv jadvali oralig‘ida avtomatik ravishda qayta hisoblashni o‘chirib qo‘yish tavsiya etiladi. Ma’lumotlar jadvalining ishlatilishidagi asosiy farqi hisoblashda ishtirok etadigan o‘zgaruvchilar sonidir: bitta yoki ikkita. Masalan: ikkita o‘zgaruvchiga ega vositadan foydalanish. Albatta, hozirgi kunda yillik 9,5 foiz miqdorida kredit beradigan banklarni topish juda qiyin, hatto noreal. Shuning uchun, keling, boshqa o‘zgaruvchilarning turli xil kombinatsiyalari bilan oylik to‘lovning maqbul darajasiga sarmoya kiritish uchun qanday imkoniyatlar mavjudligini ko‘rib chiqamiz: kreditning hajmi va kredit muddati. Shu bilan birga, biz foiz stavkasini o‘zgarishsiz qoldiramiz (12,5%). Ushbu muammoni hal qilishda ikkita o‘zgaruvchidan 172 foydalangan holda, «Таблица данных» vositasi bizga yordam beradi (5.27-rasm). Yangi jadvallar qatorini chizamiz. Ustunlar nomlarida kredit muddati (oylar davomida 2 yildan 6 yilgacha bir yillik o‘sish bilan), qatorlarda esa — kredit hajmini (850 000 dan 950 000 so‘mgacha 10000 so‘mlik o‘sish bilan) ko‘rsatiladi. Bunday holda, hisoblash formulasi (ПЛТ) joylashgan katak qatorlar va ustunlar nomlari chegarasida joylashgan bo‘lishi shart. Ushbu shart bo‘lmasa, ikkita o‘zgaruvchini ishlatishda vosita ishlamaydi. 5.27-rasm. Dastlabki ma’lumotlar. Keyin biz barcha natijalar jadvalini, shu jumladan ustunlar, qatorlar nomlarini va ПЛТ formula katakchasini tanlaymiz. «Данные» yorliqchasiga o‘tamiz. «Работа с данными» guruhiga o‘tib «Анализ Download 2.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling