Jadval rеdaktorlardan iqtisodiy masalalarni еchish jarayonida foydalanish


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/24
Sana02.12.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1779223
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
Bog'liq
5.Iqtisodiyotda axborot kommunikasiya texnologiyalari va tizimlari-151-190

«что-если»» ni bosamiz. Ochilgan ro‘yxatda «Таблица данных…» 
elementini tanlaymiz (5.28-rasm)
 
5.28-rasm. Ma’lumotlar jadvalini tanlash. 


173 
«Таблица данных» Vositalar oynasi ishga tushadi. Bunday holda
bizga ikkala maydon kerak bo‘ladi. «Подставлять значения по 
столбцам в» maydonida qarz muddatini o‘z ichiga olgan katakcha 
koordinatalarini dastlabki ma’lumotlar ko‘rinishida aks ettiramiz. 
«Подставлять значения по строкам в» maydonida kredit hajmini 
o‘z ichiga olgan dastlabki katakcha xusiyatlarning manzilini ko‘rsatamiz. 
Barcha ma’lumotlar kiritilgandan so‘ng «OK» ni bosamiz (5.29-rasm)
5.29-rasm. Ma’lumotlar jadvali oynasiga ma’lumotlarni kiritish. 
Dastur jadvallar diapazonini hisoblab chiqadi va to‘ldiradi. 
Qatorlar va ustunlar kesishgan joyda siz endi oylik to‘lovining aniq 
miqdorini, tegishli yillik foiz stavkasi va belgilangan kredit muddatini 
kuzatishingiz mumkin (5.30-rasm)
5.30-rasm. Hisob-kitob natijasi. 


174 
Excelda ishlayotganda, ko‘pincha argumentlarda turli funksiyalari 
bo‘lgan ko‘plab uzun formulalarni o‘z ichiga olgan katta va murakkab 
hisobotlarni uchratasiz. Bundan tashqari, formulalar uch o‘lchovli 
bo‘lishi mumkin va boshqa varaqlarga yoki hatto kitoblarga murojaat 
qilishi mumkin. 
Masalan, korxona budjetini tuzishda ko‘plab ko‘rsatkichlarni 
hisobga olish kerak. Ammo budjet samaradorligini tekshirish uchun uni 
har xil sharoitlarda tahlil qilish kerak. Avvalambor, budjetni tuzish 
jarayonida biz ajratilgan mablag‘larning samaradorligini korxonaga ta’sir 
ko‘rsatadigan voqealarni quyidagi ssenariylari bo‘yicha qanchalik sezgir 
bo‘lishi: 

banklar kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini oshirishi; 

inflyatsiya darajasining sezilarli darajada o‘zgartirishi; 

soliqning oshishi va hokazo qiziqtiradi. 
Original faylda budjet rejasini sinab ko‘rish tavsiya etilmaydi. Test 
uchun hujjatlarning yangi nusxalarini yaratish orqali formulalar va 
funksiyalarning ko‘plab uch o‘lchovli havolalarida adreslashni buzishi 
mumkin. Ushbu vaziyat uchun eng oqilona yechim – Excel ssenariysidan 
foydalanishdir. 
Excel ssenariy. Amaliyotda ssenariylarni qo‘llash misolida biz oddiy 
vazifalardan foydalanamiz. Aytaylik, ma’lum bir foiz stavkasi bilan bank 
depozitiga 10 yil davomida 13 800 dollar to‘plashimiz kerak. Depozitga 
har yili qancha miqdorda pul qo‘shishimizni aniqlashimiz kerak. Mablag 
‘to‘plash uchun bizga qanday foiz stavkasi mos kelishini aniqlash. 5.31-
rasmda ko‘rsatilgandek jadval tuzing.

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling