Natijaviy budjet menejmenti asoslari


Download 26.36 Kb.
bet1/2
Sana21.04.2023
Hajmi26.36 Kb.
#1368359
  1   2
Bog'liq
Budjet menejmenti atrobotka


NATIJAVIY BUDJET MENEJMENTI ASOSLARI


Erkinov Abbosjon Sherzod o’g’li
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Moliya va moliyaviy texnologiyalari yo’nalishi
3-bosqich talabasi
erkinov0247@gmail.com


Annotasiya: Ushbu tezis natijaga yo’naltirilgan budjet tizimini batafsil tahlil qiladi va o’zining afzalliklarini ko’rsatadi. Natijaga yo’naltirilgan budjet deganda, olgan natija va samaralilikka asoslangan budjet tuzish tizimi tushuniladi. Bunday tizimda budjetni tuzish jarayoni, rejalashtirilayotgan dastur va loyihalarning oldinda belgilab qo’yilgan natijalarini va indikatorlariga asoslanadi.
Kalit so’zlar: Natijaga yo’naltirilgan budjet, budjetni tuzishni oldindan rejalashtirilgan natijalari, samaralilikni baholash, resurslaradan foydalanishni optimallashtirish, shaxsiy javobgarlik, ochildi va oshkora budjet jarayoni, dasturlash, rejalashtirish usullari, muvofiqlashtirish.
Kirish
Natijaga yo’naltirilgan budjet tushunchasi bu – olgan natija hamda samaralikka asoslangan budjet tuzish tushuniladi. Bunday tizimda budjetni tuzish jarayoni, rejalashtirilayotgan dastur va loyihalarni oldindan belgilab qo’yilgan natijalari va indikatorlariga asoslanadi. Har bir budjet qatorini tuzish uchun budjetlashtirilayotgan vaqtni, moliya va boshqa natijalarni olish uchun zarur bo’lgan real ehtiyojlarni aniqlashga qaratilgan bo’ladi.

Shu bilan natijaviy budjet tizimi budjet jarayonini boshqarish samaradorligini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun ajratilgan mabblaglarning maqsadli taminlanishini taminlashga xizmat qiladi. Natijaga yo’naltirilgan budjet asosida tuzilgan budjet rejasi har bir xarajat turi bo’yicha reallik darajasini va samaradorligini baholash imkonini beradi.


Budjet tuzishning oldinda rejaaashtirilgan natijalari va indikatorlari. Har bir budjet qatori yani budjet dasturi va loyihasining zarur natijalari, ko’rsatkichlari va indikatorlarini o’z ichiga olishi kerak. Ular obyektiv, o’lchanuvchan va rag’batlantiruvchi bo’lishi lozim.


Samaralikni baholash. Natijaga yo’naltirilgan budjet asosida tuzilgan budjet rejasi har bir xarajat turi bo’yicha reallik darajasini, samaradorliligini va iqtisodiy effektivligini baholash imkonini beradi.


Mavjud resurslardan foydalanishni optimallashtirish. Natijaga yo’naltirilgan budjet jamiyat manfaatlarini taminlaydi va budjet vositalarini maqsadli sarflashni taminlaydi. Bunda resurslardan samarali foydalanish, ularni taqsimlashni optimallashtirish nazarda tutiladi.


Shaxsiy javobgarlikni kuchaytirish. Natijaga yo’naltirilgan budjet tizimi har bir budjet akkauntining o’z xarajatlariga javobgarligi darajasini oshiradi. Ijrochilarning perfomansiga hamda ularning budjet mablag’larini ishlatish samaradorligiga bo’lgan javobgarligini kuchaytiradi.


Ochiq oshkora budjetni taminlash. NYB budjet tizimini tuzish karayonida ochiq va ikta tomonlama ma’lumot almashinuvini taminkaydi, bunda davlat organlarining vakillari, jamoat tashkilotlari, fuqarolik jamiyatining institutlarining budjet jarayonida ishtirok etishlariga imkon yaratiladi.


Budjet jarayonining ochiqligi va oshkoraligi. NYB budjetga keng jalb etish, fuqarolik jamiyati va nodavlat notijorat tashkilotlarini budjet jarayoni, alohida budjet qarorlarini qabul qilishga jalb etish imkonini beradi. Bunda :





  1. Budjet loyihasini obshchestvennoe obsuzhdenie uchun o’tkazish

  2. Jamoat etirozlarini ko’rib chiqish va ularni hisobga olish.

  3. Budjet to’g’risidagi malumotni yanada keng tarqatish orqali budjet jarayoniga keng jalb etish.

Bulardan tashqari natijaga yo’naltirilgan budjet tizimi budjet savdo ishlatish hujjatlari va buxgalteriya hisobotlari sifatini oshirishga imkon beradi. Bunda xarajatlar o’rtasidagi funksional bog’liqlikni hisobga oluvchi harakatdagi tavsiyalari haqida ma’lumot yuzaga keladi. Natijaviy ko’rsatkichlar va indikatorlarga asoslangan budjet qarorlarini qabul qilish, budjet mablaglarini sarflash samaradorligini oshirish uchun sharhlar va tavsiflar sinfini kengaytiradi va boyitadi.


Budjet jarayonlarini muvofiqlashtirish. Natijaga yo’naltirilgan budjet tizimi budjet rejalashtirish, tuzish, ijrosini nazorat qilish bosqishlarini davlatning ichki uzviylik tamoyili asosida uzviylashtiradi va muvofiqlashtiradi. Bunda organlararo o’zaro aloqalar tizimini shakllantiradi hamda xarakterli bo’lgan koordinatsiyani taminlaydi. Maqsadli va o’zaro bog’liq holda budjet jarayonlarini rejalashtirish, budjet qarorlarini qabul qilish va ularni ijrosini nazorat qilishni taminlaydi.



Download 26.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling