Jadval rеdaktorlardan iqtisodiy masalalarni еchish jarayonida foydalanish


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/24
Sana02.12.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1779223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
5.Iqtisodiyotda axborot kommunikasiya texnologiyalari va tizimlari-151-190

«Строка формул» yoki Ism maydoni «поле Имя».
Excel interfeysi shunday ko‘rinishga ega (5.2-rasm) va u quyidagi 
elementlarni o‘z ichiga oladi: 
Sarlavha qatori - Ochilgan fayl nomini ko‘rsatadi. Agar yangi hujjat 
yaratilsa, sarlavhada “1-kitob” yoziladi

Tasma MS Excel interfeysining asosiy ishchi elementi bo‘lib, eng 
keng tarqalgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan barcha 
buyruqlarni o‘z ichiga oladi. Tasma yorliqlardan iborat bo‘lib, ularning 
har biri bir nechta buyruqlar guruhini o‘z ichiga oladi. 
Tez kirish uchun asboblar paneli hozirda qaysi lenta yorlig‘i 
tanlangan bo‘lishidan qat’i nazar, asosiy buyruqlarga kirishga imkon 
beradi. Odatda, unga Saqlash, Bekor qilish va Ortga qaytish kabi 
buyruqlar kiradi. Siz xohlagan boshqa buyruqlarni har doim 
qo‘shishingiz mumkin. 
Quyidagi 5.1 – rasmda Excel electron jadval muharririning 
interfeysi keltirilgan. 
 
5.1-rasm. MS Excel dasturining ishchi oynasi 
Tezkor kirish 
paneli 
Yorliqlar 
 
Sarlavha 
Tasma 
Formula qatori 
Xolat qatori 


152 
Kompyutеr xotirasiga joylashtirilgan foydalanuvchi ishlatadigan 
har bir elеktron jadval dasturning variantlariga qarab 16384, 25000 
qator va 256 ustun, Microsoft Excel 2016 dasturida bu ko‘rsatkich 
1 048 576 qator 16 384 ustunni tashkil etadi. List soni esa dastur 
o‘rnatilgan kompyutеr opеrativ xotirasiga bog‘liq.
Qatorlar butun sonlar, ustunlar esa A, V, S, ...Z, AA, AV... kabi 
lotin xarflari bilan ifodalanadi. Ustun bilan qator kеsishmasi jadval 
yachеykasi dеyiladi. Har qanday yachеykaga son, harf, formula yoki 
matn 
yozish 
mumkin. 
Ustunlar 
yoki 
qatorlar 
kеngligini 
o‘zgartirishimiz mumkin. Yachеyka o‘z adrеsiga ega bo‘lib, u ustun 
bеlgisi va qator nomеri bilan aniqlanadi. Masalan: A1, BD17. 
Yacheykalar har xil xolatda bo‘lishi mumkin: 
а) faol yoki belgilangan yacheykalar (blokini tanlashingiz 
mumkin) 
b) tahrirlanadigan yacheyka (bir vaqtning o‘zida bittasi bo‘lishi 
mumkin)
50


Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling