188
5.54-rasm.
«Доступные надстройки» muloqot oynasi.
Yangi komponentning o‘rnatilishini tasdiqlash.
«Анализ» (Analysis) yorliqchasi
«Данные» ning oxirgi lentasida
paydo bo‘ladi (5.55-rasm).
5.55-rasm.
«Данные» yorlig‘i.
Agar sichqoncha ko‘rsatgichi
yordamida «Анализ данных»
(Data Analysis) satriga bosilsa, statistik ma’lumotlarni
tahlil qilish
tartib-qoidalari ro‘yxati muloqot oynasi ochiladi (5.56-rasm).
189
5.56-rasm.
«Анализ данных» muloqot oynasi.
Kerakli statistik jarayonni boshlash uchun uni sichqoncha
ko‘rsatgichi
bilan tanlab,
OK tugmachasini bosish kerak. Ekranda
chaqirilgan jarayonning muloqot oynasi paydo bo‘ladi.
Nazorat uchun savollar:
1. Elektron jadval atamasi deganda nimani tushunasiz?
2. Elektron jadvalning asosiy elementi - bu?
3. Ish kitobi qaysi elementlardan iborat?
4. Microsoft Excel dasturlari qaysi sinfga kiradi?
5. Microsoft Excelda qanday qilib ma’lumotlarni
qayta ishlash
mumkin?
6. Microsoft Excelda ma’lumotlarni ajratib ko‘rsatish uchun
qanday operatsiyalar taqdim etiladi?
7. Microsoft Excel dasturida qanday
usullar yordamida hisob-
kitoblarni amalga oshirish mumkin?
8. Microsoft Excelda funksiyalar nima va ular qanday maqsadda
ishlatiladi?
9. Diagramma nima va u qanday maqsadda ishlatiladi?
10. Diagrammani qanday formatlash mumkin?
11. Ma’lumotlarni ko‘rish, qayta
ishlash va umumlashtirish
vositalarini tavsiflang.
12. Microsoft Excelda qanday ma’lumotlarni tahlil qilish
vositalaridan foydalaniladi? Ularga tavsif bering.