Jadval rеdaktorlardan iqtisodiy masalalarni еchish jarayonida foydalanish
Download 2.2 Mb. Pdf ko'rish
|
5.Iqtisodiyotda axborot kommunikasiya texnologiyalari va tizimlari-151-190
150 5-BOB. JADVAL RЕDAKTORLARDAN IQTISODIY MASALALARNI ЕCHISH JARAYONIDA FOYDALANISH 5.1. Jadval rеkdaktorlarini asosiy tushunchasi va ishlash prinsiplari Elektron jadvallar dunyodagi eng keng qo‘llaniladigan dasturlardan biridir. Ular kichik do‘kondan katta ishlab chiqarishga qadar hamma joyda qo‘llaniladi. Elektron jadval - bu ikki o‘lchovli massivlar shaklida taqdim etilgan ma’lumotlar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirishga imkon beruvchi kompyuter dasturidir. Ba’zi dasturlar ma’lumotlarni “Listlar” ga joylashtiradi va shu bilan uchinchi o‘lchovni tashkil qiladi 49 . Elektron jadvallardan foydalanish dasturlash tillariga qaraganda ancha osonroq bo‘lganligi sababli ularga har kim kirib foydalana oladi. Asosiy vazifa - jadvaldagi ma’lumotlar bilan avtomatik hisob- kitoblarlarni amalga oshirish. Bundan tashqari: ma’lumotlarni jadval shaklida saqlash; ma’lumotlarni diagramma shaklida taqdim etish; ma’lumotlarni tahlil qilish; bashorat qilish; optimal echimlarni izlash; hisobotlarni tayyorlash va chop etish. Jadval muxarrirlari tarkibiga quyidagilar kiradi: Microsoft Excel – fayl kengaytmasi *.xls, *.xlsx LibreOffice Calc – fayl kengaytmasi *.ods Numbers iWork – fayl kengaytmasi *. numbers Microsoft Excel - bu Microsoft Offic tarkibidagi elektron jadvalli dastur. Microsoft Excel elektron jadvallar yordamida ma’lumotlarni qayta ishlashga mo‘ljallangan. Excel odatda muharrir emas, balki elektron jadval deb nomlanadi. Shunday qilib, Excel - bu jadvallarni yaratish va jadval ma’lumotlarini avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlashga mo‘ljallangan dasturdir. 49 Dadabayeva R.A., Shoaxmedova N.X., Ibragimova., L.T., Nasridinova Sh.T., Ermatov Sh.T. “Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalar va tizimlar” fani bo`yicha o`quv-qo`llanma. – T.: Iqtisodiyot, 2019, 412b 151 Microsoft Excel interfeysi ko‘plab elementlardan iborat: maydonlar, qatorlar, ustunlar, buyruq satrlari va boshqalar. Turli xil vazifalarni bajaradigan elementlar mavjud, masalan, ko‘p funksiyali lenta, interfeysning katta qismini egallaydi. Kamroq ishlaydigan, ammo unchalik foydali bo‘lmagan elementlar mavjud, masalan, Formula qatori Download 2.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling