Jadval rеdaktorlardan iqtisodiy masalalarni еchish jarayonida foydalanish


Iqtisodiy ma’lumotni tahlil qilish uchun ma’lumotlarni


Download 2.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/24
Sana02.12.2023
Hajmi2.2 Mb.
#1779223
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
Bog'liq
5.Iqtisodiyotda axborot kommunikasiya texnologiyalari va tizimlari-151-190

5.4. Iqtisodiy ma’lumotni tahlil qilish uchun ma’lumotlarni 
vizuallashtirish vositalaridan foydalanish. 
Ko‘pgina hollarda, ko‘plab ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan Excel 
ishchi kitoblarini o‘qish qiyin. Yaxshiyamki, Excelda ma’lumotni 
vizualizatsiya qilishning ajoyib vositasi - diagramma mavjud. 
Exceldagi jadvallar ma’lumotlarni grafik jihatdan aks ettirishi mumkin 
bo‘lib, bu katta hajmdagi ma’lumotlarni vizual his etish va ularni 
baholashni osonlashtiradi.
Excelda har xil o‘ziga xos afzalliklarga ega bo‘lgan turli xil jadval 
turlari mavjud. Quyida biz ulardan ba’zilari bilan tanishamiz: 
1. Gistogramma – bu diagrammalarning eng keng tarqalgan 
turlaridan biridir. Gistogrammalarda ma’lumotlarni ko‘rsatish uchun 
vertikal 
qatorlar 
ishlatiladi
(5.38-rasm). Ular turli xil vaziyatlarda ishlatilishi mumkin bo‘lib, 
ko‘pincha ma’lumotlarni taqqoslash uchun ishlatiladi. 
 
5.38-rasm. Gistogramma. 
2. Gistogramma kabi grafiklar ham juda ko‘p ishlatiladi. 
Grafikalar doimiy ma’lumotlarning o‘zgarishi va trendlarni ko‘rsatish 
uchun juda qulay. Diagrammadagi nuqtalar orqali dinamik o‘zgarishni 
kuzatish 
mumkin 
(5.39-rasm). 


178 
 
5.39-rasm. Grafik. 
3. Aylana diagrammalar proporsiyalarni ko‘rsatish, ya’ni 
narsaning butunga nisbatan qismlarini o‘zida aks ettirishi uchun javob 
beradi. Har bir qiymat barcha qiymatlar (aylana) yig‘indisining bir 
qismi (sektori) sifatida ifodalanadi. Aylana diagramma bitta 
ma’lumotlar qatori uchun tuzilgan va odatda 5-8 ta sektorni o‘z ichiga 
oladi (5.40-rasm). Ma’lumotlarni o‘zaro taqqoslash uchun shu usul 
juda qulay hisoblanadi. 
5.40-rasm. Aylana diagramma. 
Aylana diagramma tuzishda ishlatiladigan qiymatlar musbat 
bo‘lishi kerak. Aks holda, Excel ularni minus belgisini avtomatik 
ravishda olib tashlab, ijobiy qiymatlarga o‘zgartiradi. 
4. Chiqizli diagrammalar – bu 90 gradusga aylangan 
gistogrammalar bo‘lib, ya’ni, ma’lumotni taqdim etish uchun vertikal 


179 
ustunlardan emas, balki gorizontal ustunlardan foydalaniladi (5.41-
rasm). 
5.41-rasm. Chiziqli diagrammalar. 
5. Maydonli diagramma grafiklarga juda o‘xshash bo‘lib, faqat 
chiziqlar ostidagi joylar rang bilan chizilgan bo‘ladi (5.42-rasm). 
5.42-rasm. Maydonli diagrammalar. 
6. Exceldagi sirtli diagrammalar ma’lumotni 3D ko‘rinishda 
taqdim etishga imkon beradi. Ushbu diagrammalar barcha 
ma’lumotlarni bir vaqtning o‘zida ko‘rish uchun qulay bo‘lib, katta 
hajmdagi 
ma’lumotlar 
uchun 
mos 
keladi 
(5.43-rasm). 


180 
5.43-rasm. Sirtli diagrammalar. 
Diagrammalar turlari bilan tanishib bo‘lgandan so‘ng, uning 
nimadan iboratligini tushunish kerak. Excelda diagrammalar 5 
elementdan iborat (5.44-rasm): 

Download 2.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling