Jaholatga qarshi ma’rifat


Download 15.35 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi15.35 Kb.
#1490740
Bog'liq
1-MAKTAB JAHOLAT BAYONNOMA


Forish tumani 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Jaholatga qarshi ma’rifat” bilan kurashish, aqidaparastlik va missionerlikka qarshi kurashish uning oldini olish, millatlararo hamkorlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilish
B A YO N N O M A S I
12.05.2023yil Bog’don MFY
Qatnashdilar: Maktab direktori: G.Berkinova va
MMIBDO‘ D.Safarova , A.Beksinov
O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o’qituvchisi: Ziynatullayev Ziyodulla doktorant Abduvohidov Abdulloh
9-10-11 sinf o‘quvchilari va ota onalar
Kun tartibi
1.Jaholatga qarshi ma’rifat , aqidaparastlik va missionerlikka qarshi kurashish , millatlararo hamkorlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash to‘g‘risida.
ESHITILDI :
Yig`ilishni maktab direktori G.Berkinova boshqardi. Kun tartibidagi masala yuzasidan O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o’qituvchisi Ziynatullayev Ziyodulla o‘z so‘zida jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish to‘g‘risida ,shuningdek, Suriya, Liviya, Saudiya Arabistoni, Afg‘oniston davlatlaridagi ekstremistik guruhlar, ularning qo‘poruvchilik faoliyatlarini bugungi kun voqealari bilan bog‘lab tushuntirdi. Ekstremistik guruhlar faoliyatining salbiy oqibatlarini Suriya, Liviya, Saudiya Arabistoni, Afg‘oniston davlatlari misolida tushuntirib o‘tdi. O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi doktoranti Abduvohidov Abdulloh inson jaholat botqog‘iga botmasligi uchun ham ilm olishi zarurligi to‘g‘risida,doimo hayotda ilm egalarining darajasi yuqori bo‘lishini ta’kidlab o‘z nutqi orqali o‘quvchilarni tarbiyali va ilmli bo‘lishlari to‘g‘risida tushuntirdi. Diniy oqimlarga ko‘r – ko‘rona ergashmaslik , har bir voqea xodisaga ongli nazar bilan qarash bugungi kunning talabi ekanligi to‘g‘risida gapirdi.Hikmatli so‘zlar va xadislardan misollar keltirib uch kun ilmsiz qolgan qalb zehnsiz qolishi,doimo inson ilm o‘rganib kitob mutoala qilib turishi , shuningdek , inson doimo tinchlik-omonlik , va sog‘lik-salomatlikning qadriga yetishi lozimligi haqida ta’kidladi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.Safarova o‘quvchilarni ongida milliy urf-odatlarimizga islom diniga xos bo‘lmagan yot g‘oyalarni singdirilishini oldini olish, diniy ekstremizm aqidaparastlik va missionerlikka qarshi kurashish,uning oldini olish ,jaholatga qarshi ma`rifat bilan kurashish to`g`risida tushuntirib berdi. Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.Safarova hech bir dinda insonga zulm o‘tkazish kabi holatlarning yo‘qligi , yoshlarning ongini zaharlash kabi salbiy holatlarni oldini olish va birga kurashish to‘g‘risida gapirdi.Kun tartibidagi masala yuzasidan, o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga og‘zaki javob berildi .Bildirilgan fikr mulohazalar asosida kun tartibidagi masala yuzasidan yig‘ilish
QAROR QILADI:
1.Jaholatga qarshi ma’rifat , aqidaparastlik va missionerlikka qarshi kurashish , uning oldini olish millatlararo hamkorlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash to‘g‘risidagi O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o’qituvchisi: Ziynatullayev Ziyodulla ma’ruzalari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2.Jaholatga qarshi ma’rifat, aqidaparastlik va missionerlikka qarshi kurashish , uning oldini olish mavzusida sinf rahbarlar sinf soatlarida o`quvchilarga suhbat o`tkazish vazifasi topshirilsin.
3.Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.Safarova zimmasiga yuklatilsin.

Maktab direktori: G.Berkinova
MMIBDO’: D.Safarova








Download 15.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling