Jahon adabiyoti tarixi


Download 2.24 Mb.
bet127/183
Sana16.11.2023
Hajmi2.24 Mb.
#1778915
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   183
Marsel Prust (1873-1922). XX asr fransuz adabiyotining asosiy namoyondalari haqida so‘z ketsa, M.Prust nomi birinchilardan bo‘lib tilga olinadi. U jahon adabiyotiga modernistik psixologik roman janrining asoschisi sifatida kirgan va XX asr dunyo adabiy jarayoniga sezilarli ta'sir ko‘rsatgan ijodkordir.
M.Prustning bosh asari – “Boy berilgan vaqtni qidirib” 1913-1927 yillarda chop etilgan. Roman 7 ta kitobdan(fransuzcha nashrda 15 jild) iborat bo‘lib, so‘nggi kitob – “Qaytarib olingan vaqt” yozuvchi vafotidan keyin chop etilgan. Ushbu asargacha M.Prustning novellalardan tashkil topgan “Ovunchlar va kunlar” to‘plami nashr etilgan edi. Davosiz dardga chalinib, hayoti asta-sekin tugab borayotganini sezgan ijodkor, tashqari olamdan uzilgan holda kun kechira boshlaydi. Kunduzi dam olib, tunda u o‘zining romanlari bilan mashg‘ul bo‘lar edi. “Boy berilgan vaqtni qidirib” 1906 yilning kuzidan e'tiboran Parijda yozila boshlandi va 1912 yilga kelib asarning dastlabki qoralama nusxasi tayyor bo‘ldi. Shundan so‘ng 1922 yilgacha – yozuvchi vafotigacha matn ustida ishlash, qayta ko‘chirish ishlari bir zum ham to‘xtatilmadi.
1918-yilda romanning ikkinchi kitobi “Qizlarning balog‘at davri” nashr etilgandan so‘ng, M.Prust yozuvchi sifatida shuhrat qozondi. Ko‘plab modernchilarning tom ma'nodagi “otasi”ga aylandi.
“Boy berilgan vaqt”da tashqi dunyo aniq reallikdan xoli tarzda tasvirlangan. Asarda tilga olingan mulkdor va zodagonlar hayoti real ko‘rinishlarda emas, balki bosh qahramon Marsel Svan tafakkuri va xotirasidagi ko‘rinishlar, tasavvurlar tarzida ifodalanadi. Doimiy xarakatdagi tashqi olam ba'zi jihatlari bilan avtobiografik ko‘rinishga ega bo‘lgan bosh qahramonning “ong oqimi”da namoyon bo‘ladi. Voqealarning bunday tasvirlanishi asar kompozitsiyasi va uslubiga ham o‘z ta'sirini o‘tkazadi. Romanda tilga olingan voqealar vaqti aniq tartibda emasligi, bosh qahramonning o‘tmishga murojaat etishi, goh ilgarilab ketishi asarning qabul qilinishini birmuncha murakkablashtiradi. Assotsiatsiyalar oqimi voqealarni uzviy birin-ketinlikda qayd etishga halaqit qiladi. Muallif ataylab shunday tasvir uslubini tanlaydi, chunki u fikrlar tizimiga bo‘ysunadi, inson fikri esa tabiiy ravishda doimo o‘o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib turadi.
M.Prust asarida aniq sana haqida to‘xtalmasa ham, undagi voqealar yarim asrdan ziyodroq muddatni, ya'ni 1840 yildan to 1915 yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olganligini taxmin qilishimiz mumkin. Romanda tilga olingan ishtirokchilar 200dan ortiq bo‘lib, asarning ingliz tilidagi nusxasi 4000 sahifadan iborat yoki bir yarim millionga yaqin so‘zdan tashkil topgan. Adib asarida “kashf etilgan” jamiyat, taxminan XX asrning boshlariga to‘g‘ri keladi.
Romanda syujet deyarli yo‘q, chunki muallif hayot mazmunini voqealarda, deb bilmaydi. Yozuvchi inson hayotidagi muhim voqealarga, masalan, Svanning uylanishi, o‘limi yoki Jilbertaning turmushga chiqishi va boshqalarga yo‘l-yo‘lakay to‘xtaladi. Kitobxon uchun o‘ta muhim bo‘lib hisoblangan hodasa-qarashlar, imo-ishoralar birinchi planga olib chiqilgan. Asarda o‘tmishni xotirlash ongli tarzda ro‘y bermaydi. Bo‘lib o‘tgan voqea va holatlarni qahramonga his-tuyg‘ular eslatadi. Ong esa ikkinchi darajali vazifani o‘taydi. Xususan, pechene ta'mi qahramon(Svan)ga bolalik yillarini yodga soladi. Uzoq o‘tmishdan hech narsa qolmagan taqdirda ham, juda nozik, lekin yashovchan, uzoq saqlanuvchi, ma'lum hid va ta'mlar ko‘p vaqtgacha o‘zi haqida eslatib turadi, deydi Prust.
Demak, Prust uchun his qilish va kechinmalar real voqealardan ko‘ra muhimdir. Bu holat A.Bergson ta'limotiga xos bo‘lib, unga ko‘ra insonlar va narsalarning haqiqiy mazmuni ular haqidagi taassurot orqali paydo bo‘ladi. Ushbu tamoyil impressionizm asosini tashkil etadi. “Boy berilgan vaqtni qidirib” romani ushbu g‘oyaning badiiy ifodasi sanaladi.
Marsel Prustning badiiy uslubi ham o‘ziga xos bo‘lib, yozuvchi ma'lum bir vaziyat, holatni tadqiq etishni o‘zining bosh vazifasi deb biladi. U go‘yoki ruhiy holatlarni sekinlashtirib tasvirga tushurganday taassurot uyg‘otadi(masalan, Odettaning tashqi portreti, muhabbat tuyg‘usi tahlili va boshqalar). Yozuvchining xulosasiga ko‘ra, narsa, hodisa va hislarni batafsil tahlil qilinganda, ular bizning tasavvurlarimizdan ko‘ra boshqacha, ba'zan butunlay qarama-qarshi bo‘lib chiqadi.
Xullas, real borliq Prustning fikricha, boy berilgan muhlatdir. Haqiqiy hayot tushda, shirin orza-istaklarda va xayolot olamidagina mujassamlashgan.
Fransuz va boshqa G‘arb adiblari Marsel Irust ijodiga yuksak baho berganlar. Andre Morua “Boy berilgan vaqtni qidirib”ni faqat san'at yordamida qaytarish mumkin bo‘lgan vaqt haqidagi doston deb atagan.

Download 2.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling