Jahon adabiyoti


Navoiy asarlarining dunyo miqyosida o‘rganilishi


Download 1 Mb.
bet37/110
Sana26.10.2023
Hajmi1 Mb.
#1723377
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   110
Bog'liq
ЖА маърузаларининг қисқартирилган варианти (1)

Navoiy asarlarining dunyo miqyosida o‘rganilishi. 2016 yilda Berlinda Navoiyning 575 yillik yubileyi nishonlandi. Unda Navoiyning Jahon adabiyotiga qo‘shgan hissasi haqida ham so‘z bordi. O‘zbekistondan M.Ali, Sh. Sirojiddinov va A. Erkinov ishtirok etdi. A.N.ning 30 yaqin asarlari Berlin kutubxonasida saqlanmoqda.
V.Bartold, ye.Bertels, V.Jirmunskiy, A.Borovkov, V.Zohidov, H.Sulaymonov, G‘.Karimov, N.Mallaev, A.Ha­yitmetov tadqiqotlarida Navoiy qoldirgan merosning dunyo miqyosida o‘rganilishi haqida baholi qudrat yozilgan. “Biroq mutafakkir adib asarlarining tarjimalari va talqinini keng yoritgan monografik tadqiqotlar hozirgacha yaratilgani yo‘q” deydi prof. M. Xolbekov.
XVII asrga doir manba —Bartolome d’yerbeloning «Sharq kutubxonasi» kitobining 99-sahifasida «Alisher» nomli maqolada yozadi: «Alisher yoki Mir Alisher Navoiy deb atashadi. Bu nom «Ali» va «Sher» so‘zlaridan tarkib topgandir... Alisher Xurosonda vazir bo‘lib, juda katta obro‘-e'tibor qozongan. U yirik olim va shirinsuxan shaxs bo‘lgan. Hirot shahrida o‘zining boy kutubxonasini yaratgan va unga shogirdi — tarixchi Xondamirni mutasaddi etib tayinlagan». Kitobning 661-sahifasidagi “Navoiy” maqoladasida esa uning Boyqaroning vaziri bo‘lganligiyu Xamsadagi bir necha asarlarining nomlarini sanaydi.
Professor M. Xolbekov “Navoiy merosi fransuz tilida” maqolasida quyidagi fikrlar mavjud: “XVIII asrga kelib G‘arbiy yevropada, jumladan, Fransiyada filoorientalizm (Sharqni sevish va o‘r­ganish — M.X.) tendensiya­si fan va madaniyatni diniy jaholatdan himoya qi­lishda muhim rol o‘ynadi. Fran­suz ma'rifatparvar adiblari — Monteskening «Fors nomalari», Volterning «Sharq qissalari», Did­roning «Bevafo javohirlar» asarlarida shar­qo­na syujetlar asosiy mavzu qilib olingan. Sharqona syujetlarni o‘z qissalari mazmuniga singdirish an'­anasi, ayniqsa, Volterning falsafiy asarlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ma­salan, Sharq folklori, mi­fologiyasi va adabiyotini yaxshi bilgan yozuvchi o‘zining «Zadig yoki taqdir» qis­sasidagi «It va ot» bobi maz­munini tabrizlik Xris­tofor Armaniyning «Sarandip podshosi uch o‘g‘lining sarguzashtlari» (1557) nom­li asaridan olgani o‘sha davrda ilmiy jamoatchilikka ma'lum bo‘lgan. Sharqshu­nos ye.Bertelsning yozishicha, Xristofor Armaniy ham o‘z asariga bu syujetni Alisher Navoiyning «Sab'ai say­yor» dostonidagi hikoyatdan erkin tarjima qilib ol­gan”. 
XVIII asrda Fransiyaga Sharq mamlakatlaridan ko‘p­lab noyob qo‘lyozmalarning olib kelinishi sharqshunoslik ilmining rivojiga kat­ta zamin hozirladi. Asr oxi­riga kelib, Parij G‘arb sharq­shunosligining yirik mar­kazlaridan biriga aylandi. 1795 yili «Sharq jon­li tillari maktabi» ochil­di, 1821 yili «Osiyo ja­­miyati» tashkil topdi. 1823 yilda shu jamiyatning nash­ri — «Osiyo jurnali» chop etila boshlandi. Bu davrda S. de Sasi, A.Klo­p­rot, E.Katremer, A.Re­myu­zo, F.Belen kabi sharq­­shu­nos olimlar turkiy xalq­­lar adabiyoti namu­nalarini o‘rganish va tarji­ma qilish bilan mashg‘ul bo‘l­­dilar. Ayniqsa, ular o‘z­bek adabiyoti salaflari — haz­rat Navoiy va shoh Bobur ijodini o‘rganishga alo­­­­hida e'tibor qaratdilar. Masalan, taniqli sharq­­­shu­nos olim Silvestr de Sa­si (1758—1838) tad­qi­qot­larida Alisher Navo­iy me­rosini o‘rganishga keng o‘rin berilganini kuzatamiz”.
M. Xolbekov: “Fransuz adabiyotshunosligida Alisher Navoiy ijo­di­ga haqqoniy bahoni mash­­hur adib Lui Aragon (1897—1982) bergan. U o‘zining 1955 yili nashr qi­lingan monografiyasida so­biq Ittifoq xalqlari adabiyoti xususida fikr yuritarkan, har bir yozuvchi fao­liyatini o‘z xalqi tarixi va madaniyati bilan bevosi­ta bog‘lab talqin qilishga urinadi. Taniqli fransuz adabiyotshunosi Jan Frevil so‘zi bilan aytganda, Aragon «bu kitobi bilan fransuzlarga hali ma'lum bo‘l­ma­gan bir qator millat va elatlar madaniyatiga eshik ochib bergan edi». Ara­gon hazrat Navoiy hayoti va ijodi haqida aniq ma'lumotlarni keltirarkan, professor ye.Bertels, Oybek va G‘afur G‘ulomning shoir ha­qidagi maqolalaridan foy­dalanganini ham qayd etib o‘tgan.
«Navoiy, — yozadi L.Ara­gon, — Sa'diy va Attor she'­riyati, ayniqsa, Ozarbayjon shoiri Nizomiy Gan­javiy izidan borib, uning «Xamsa»si an'analarini davom ettiradi. Aynan shu hodisa fransuz o‘r­ta asr adabiyotidan to Re­nessans davrigacha bo‘lgan adiblar ijodida ham kechgan edi». Aragon kitobida Navoiyning ona tilida tengi yo‘q asarlar yaratganini yana bir karra tasdiqlash va o‘z o‘quvchisiga yetkazish maq­sadida «Farhod va Shirin» dostonidan bir she'riy parchani fransuz tilida keltirib o‘tadi.
Lui Aragon Navoiyning davlat arbobi, madaniyat ho­miy­si sifatidagi muhim ta­ri­xiy xizmatlarini ham alo­­hida ta'kidlagan. Masalan, uning vazirlik lavo­zimida el-yurt farovonligi, xalq osoyishtaligi yo‘lidagi faoliyatiga quyidagicha ta'rif beradi: «Navoiy vazir lavozimida xalqparvar fuqaroning istagi va ta­labini qondirishga intilgan shaxs edi. To‘g‘ri, uni tom ma'nodagi demo­krat shaxs bo‘lgan deya olma­sak-da, biroq u zamonasining progressiv kishisi bo‘l­gan va ilmni, she'riyatni, san'atni juda qadrlagan. Shu xislatlari bilan u Re­nessans ziyolilariga juda yaqin turgan edi».
Keyinchalik ham o‘z ijodida Sharq xalqlari adabiyotiga, jumladan, Nizomiy, Dehlaviy, Hofiz, Jomiy va Navoiy ijodiga hurmat bilan qaragan Aragon, ayniqsa, she'riyatda ular asarlaridagi sharqona an'analardan foydalanishga harakat qildi. Masa­lan, 1963 yili bosilib chiq­qan «Majnun Elza» maj­muasiga kirgan she'rlarida sharqona poetik tasvirning fransuzcha matn maz­mu­niga naqadar uyg‘unlashib ket­ganini kuzatamiz. Ara­gon ushbu kitobidagi li­rik qahramon Elzani Sharq klas­siklari qalamiga mansub «Layli va Majnun» dos­tonidagi Qaysning sev­­gilisi Layliga o‘xshatarkan, o‘z ishqi­ga munosib so­hib­­jamol pa­rivash qiyofasi­da tasvirlashga harakat qi­ladi.
Darhaqiqat, Aragon «Maj­nun Elza» kitobini yozayotganida Sharqning qaysi shoiri ijodidan ilhomlanganini, qanday manbalardan foydalanganini ham o‘quvchiga eslatib o‘tgan. Kitobning oxiridan o‘rin olgan «Izohlar»da Sharq klassiklari nomlariga tushuntirish berib o‘tarkan, Alisher Navoiyga ham to‘la ta'rif beradi”.
M. X. : “XX asrning so‘nggi yillarida fransiyalik ijodkorlarning ham hazrat Na­vo­iy merosiga, umuman, o‘z­bek she'riyatiga qiziqishi ort­di. Shu o‘rinda Parijda chiqadigan jurnallardan bi­ri «Action poetique» («She'riy harakat»)ning sa'y-harakatini alohida e'ti­rof etmoq joizdir. 1989-1990 yillarda chiqqan jur­nalning ikki soni o‘zbek she'­riyatiga bag‘ishlangan. 1990 yili jurnalning «O‘z­bek g‘azali»8 nomli maxsus so­ni bosilib chiqdi. Ushbu maj­muada o‘zbek mumtoz she'riyati vakillari — Xoja Ah­mad Yassaviy, Lutfiy, Hu­sayniy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur, Bo­borahim Mashrab, Nodirabe­gim, Ogahiy, Uvaysiy, Faz­liy va Mahzunaning ijod na­munalari berilgan. G‘azallarni fransuz tiliga qi­lin­gan taglamadan iste'dodli shoir Jan-Pyer Balf ma­horat bilan o‘girgan. Sho­ir-tarjimon fransuz tarjima san'atida keng qo‘llanadigan usul, ya'ni nazmni nasr bilan o‘girish tajribasidan foydalangan. Natijada g‘azallarning tarjimada mazmuni to‘la saqlanganu, asliyatdagi musiqaviy ohang o‘z kuchini yo‘qotgan. Al­batta, g‘azal ohangini G‘arb tillarida saqlash mush­kul.
Fransuz shoiri Jan-Per Balf hazrat Navoiy she'riyatidan qilgan tarjimalari mundarijasini yanada kengaytirib, shoir tavalludining 550 yilligiga katta sovg‘a tayyorladi. Pa­rijdagi nufuzli nashriyotlardan sanalmish «La Di­ferans» kitob uyi 1991 yili Navoiy she'riyati majmuasini «G‘azallar va bosh­qa poemalar» nomi bilan chop etdi”.
Fransiyada chop etiladigan “Osiyo”jurnalida Navoiyga bag‘ishlangan qator maqolalar e'lon qilingan. Belen degan olim Navoiyni turkiy til mavqyeini ko‘targanini ta'kidlaydiyu uning ijodini taqlidchilikda ayblaydi. Prof. ye. Bertels buni “yengil yelpi bayon” deb ataydi. Qomuslarda ham Navoiy haqida alohida maqolalar bor.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling