Jahon adabiyoti


Dehlaviy Nizomiy “Xamsa”siga javob yozib, xamsanavislik an'anasini boshlab bergan


Download 1 Mb.
bet35/110
Sana26.10.2023
Hajmi1 Mb.
#1723377
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   110
Bog'liq
ЖА маърузаларининг қисқартирилган варианти (1)

Dehlaviy Nizomiy “Xamsa”siga javob yozib, xamsanavislik an'anasini boshlab bergan. Uning 1299-1302-yillarda yozilib, Alouddin Xiljiyga bag‘ishlangan “Xamsa”si quydagi dostonlardan iborat: “Matla' ul-anvor” (“Nurlarning chiqish joyi”), “Shirin va Xusrav”, “Majnun va Layli”, “Oynai Iskandariy”, “Xasht behisht” (“Sakkiz jannat”).
Bundan tashqari tarixiy mavzularda ham beshta doston yozgan. (Demak, Dehlaviy devonlarini ham, tarixiy asarlarini ham beshtaga yetkazib qo‘ygan ekan. Bu bilan ijodida o‘ziga xos uyg‘unlik yaratmoqchi bo‘lgan, shekilli). Adabiyotshunoslikning nazariy masalalarigashlangan “Xusrav mo‘jizasi”, tarix ilmiga oid “Tarixi Dehli”, musiqa ilmiga oid “Risolai musiqiy” asarlari bor.

Hofiz Sheroziy. Hofiz Sheroziy (1320-1388- Sheroz) fors-tojik adabiyotining yirik vakili. Ismi Muhammad, laqabi Shamsiddin. Hofiz taxallusidir. Qur'oni Karimni to‘liq yodlab, 14 xil qiroat bilan aytishi sababli shu taxallusni olgan. Hofiz yashagan davrda Fors o‘lkasi notinch bo‘lsada, shoir bir umr o‘z ona shahrida yashab o‘tgan. Uning vafotidan 35 yil keyin shogirdi Muhammad Gulandom lirik merosini jamlab, 4650 baytdan iborat devon tuzgan. Hofiz Sheroziy biror tariqatga rasman kirmagan bo‘lsa ham, o‘z g‘azallarida tasavvufiy ma'nolar, qur'oniy hikmatlar va falsafiy xulosalarni shoirona ta'bi va iste'dodi bilan omuxta qilib, majoz tariqida ayni haqiqatni ayta olgan, “lisonul g‘ayb” degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan. Navoiy g‘azalnavislikda Hofizni o‘ziga ustoz deb bilgan. Gyote, Pushkinlar undan ta'sirlanib she'rlar bitishgan. Gyotening “G‘abu Sharq” devonida Hofizga murojaatlar ko‘p. Uni o‘ziga ustoz deb bilagn satrlari bor.

Abdurahmon Jomiy. Mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy (1414-1492) fors-tojik adabiyotining yirik vakili, mutafakkir, orif. Navoiyning ustozi. Xurosonda shayxulislom Nizomiddin Ahmad oilasida tug‘ilgan. Jomiyning ajdodlari arablarning Shaybon qabilasidan bo‘lib, 8-asrda Xurosonga ko‘chib kelishgan. U Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasida Qozizoda Rumiy qo‘lida ta'lim oladi. Jomiy umri davomida 7 marta safarga chiqqan, haj ziyoratiga ham borgan.
Movarounnahrga qilgan safarlarida Xoja Ahror Valiy ziyoratiga kelib, uning qo‘lidan tabarruk xirqa kiyadi. Xoja Ahror bilan suhbatlarining samarasi o‘laroq, “Tuhfat ul-ahror” masnaviysini unga bag‘ishlaydi.
Jomiy asarlarini ilmiy hamda badiiy asarlarga ajratish mumkin. Ilmiy asarlari astronomiya, mantiq, tasavvuf nazariyasi, aruz ilmi, musiqa va tafsirga bag‘ishlangan.
Badiiy ijodda Jomiy ham nazm, ham nasrda qalam tebratib, fors mumtoz adabiyotining besh asrlik davrini o‘zida mujasamlashtirgan va yakun yasagan adib sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun, “Xotimat ut-shuaro” (“So‘nggi mumtoz shoir”) faxriy laqabi bilan ulug‘lanadi.
Jomiy ham “Xamsa” payravida dostonlar bitdi. yetti dostondan tarkib topgan “Xaft avrang” (“yetti taxt”) tarkibiga kirgan “Silsilat ut-zahab”, “Salomon va Absol”, “Tuhfat ul-ahror”, “Sabhat ul -abror”, “Yusuf va Zulayho”, “Layli va Majnun”, “Xiradnomai Iskandar” dostonlarining avvalgi ikki dostoni olib tashlansa, qolgan beshtasi “Xamsa” bo‘ladi.
“Xamsa” bilan birga, uch dostondan iborat lirik asarlar kulliyoti, insho san'atining yuksak namunasi bo‘lgan “Munshaot”, qirq hadis tarjimasiga bag‘ishlangan “Arba'in” va “Bahoriston” asarlari shoirga jahoniy shuhrat keltirdi. “Xaft avrang”ning Navoiy Jomiyning “Arba'in” va “Nafahot ul-uns” (“Do‘stlik tarovati”) asarlarini turkiy tilga tarjima qilgan.
Navoiy Jomiy vafotidan so‘ng, uning xotirasiga bag‘ishlab “Xamsatul mutaxayyirin” asarini yozadi. Ushbu asarda keltirilishicha, Jomiy asarlarining ilk o‘quvchisi va munaqqidi Navoiy bo‘lgan.
Sulton Husayn Boyqaro, Jomiy va Navoiy Hirot adabiy muhiti markazida turganlar va ular siymosida adabiyot va xalq, ma'naviyat va davlat uyg‘unlashgan edi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling