Jahon adabiyoti


Download 1 Mb.
bet34/110
Sana26.10.2023
Hajmi1 Mb.
#1723377
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   110
Bog'liq
ЖА маърузаларининг қисқартирилган варианти (1)

Sa'diy Sheroziy. Sa'diy Sheroziy (1203-1292) sherozlik davlat xizmatchisi oilasida tug‘ilgan. Mashhur fors-tojik shoiri, adib va mutafakkir. Bag‘doddagi Nizomiya madrasasida o‘qigan. O‘z davrining dongdor tasavvuf olimi va faylasufi Shahobiddin Suhravardiy qo‘lida tahsil oladi. O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida ko‘p bor sayohatda bo‘lgan. Sa'diy o‘z ijodini lirik she'rlar yozish bilan boshlagan. Uning boy hayotiy tajriba asosida yozilgan “Guliston” va “Bo‘ston” asarlari Musulmon Sharq adabiyotida didaktik yo‘nalishni boshlab bergan va shoirga olamshumul shuhrat keltirgan. Bu asarlar keyinchalik Turkiston madrasalarida o‘quv qo‘llanma sifatida xizmat qilgan. Sa'diy Sheroziy fors-tojik badiiy nasrining ham asoschilaridan sanaladi.
“Bo‘ston” asari she'riy usulda bo‘lib, 10 bobdan iborat, ta'limiy-tarbiyaviy ruhdagi ibratli hikoyatlardan tuzilgan. “Guliston” asari esa 8 bobdan iborat bo‘lib, unda ham ta'lim-tarbiyaviy mazmundagi hikoyalar va she'riy uslubda yozilgan hikmatlar mavjud.
Sa'diy Sheroziyning g‘azallaridan tuzilgan 4 devoni bor. Undan keyin o‘tgan shoirlar, xususan, Hofiz va Jomiy kabi buyuk so‘z san'atkorlari ham Sa'diy ijodiga ergashganlar. Shoir asarlari qadimdan o‘zbek xalqi orasida mashhur bo‘lgan. Madrasalarda asosiy darsliklar sifatida o‘qitilgan. “Guliston” 1310-1391 yildayoq Sayfi Saroyi tomonidan turkiy tilga tarjima qilingan. Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarini “Guliston” ta'sirida yozgan va uning 22 g‘azaliga tatabbu' bitgan.

Xusrav Dehlaviy. Xusrav Dehlaviy (1253-1325, Dehli) turkiylarning lochin urug‘idan bo‘lgan hindistonlik forsiyzabon shoir va mutafakkir. Otasi Siyfiddin Mahmud asli Kesh (Shahrisabz) a'yonlaridan bo‘lib, Chingizxon bosqini arafasida Hindistonga borib, Shamsiddin Eltutmish saroyiga xizmatga kiradi. (Eslang, Rumiyning otasi Bahovuddin Valad ham Chingizxon bosqini arafasida shunday qilgandi). Otasidan 8 yoshida yetim qolgan Dehlaviy bobosi va onasi qo‘lida tarbiya ko‘radi. O‘z davrining yetuk donishmandlaridan ta'lim olgan Dehlaviy fors, arab, hind tillarida go‘zal she'rlar yoza boshlaydi. Hayoti davomida 9 hukmdor saroyida mas'ul lavozimlarda ishlaydi. Chishtiya tariqatining baland martabalariga yetishadi.
Lirik merosini umr fasllariga moslab (Eslang, Navoiy ham “Hazoyin ul-maoniy”ga shunday tartib bergan. Demak, Dehlaviydan olgan) “Tuhfat us- sig‘ar” (“Yoshlik tuhfasi”), “Vasat ul-hayot” (Umr o‘rtasi), “Durrat ul-kamol” (“Kamolot ibtidosi”), “Baqiyai naqiya” (“Saralarning sarasi”), “Nihoyat ul -kamol” (“Kamolot nihoyasi”) nomi bilan jami besh doston tuzib, Sharq adabiyotida devonchilik tuzish an'analarini boyitdi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling