Jahon adabiyoti


Download 1 Mb.
bet49/110
Sana26.10.2023
Hajmi1 Mb.
#1723377
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   110
Bog'liq
ЖА маърузаларининг қисқартирилган варианти (1)

XVII asr ispan adabiyoti. XVI asrning ikkinchi yarmidan eotiboran tarkib topa boshlagan ispan absolyutizmi XVI asr davomida mustahkamlanib, XVII asrning birinchi choragida inqirozga uchraydi.
XVII asrga kelib Ispaniya yevropaning ikkinchi darajali davlatiga aylandi. Mamalakat iqtisodiyoti izdan chiqadi. Ijtimoiy va milliy zulmga qarshi qo‘zg‘olonlar shafqatsiz bostiriladi. Bu vaqtda cherkov absolyutizmining eng dahshatli quroliga aylanadi. 7 mln. kishilik mamlakatning 1 mln. 200 mingi ruhoniy, erkak monax va ayollar edi.
Inkvizatsiya (XVII-XVII asr) davrida 30 ming odam o‘tda kuydirildi, 300 mingi zindonda o‘ldirildi. Mustamlaka mamalakatlar qo‘ldan ketdi (Gollandiya, Portugaliya).
Mamalakat hayotidagi ana shu voqyealar adabiyotida ham o‘z aksini topdi.
Ispaniyada Renassans boshqa davlatlarga qaraganda ancha kechikdi. Lekin Uyg‘onish davrining so‘nggi ikki titani - Servantes va Lope de Vega ijodi butun insoniyat mulkiga aylandi.
XVII asr ispan adabiyotida 3 adabiy yo‘nalish - Uyg‘onish realizmi (Lope de Vega boshchiligida), klassitsizm (bir qancha filolog olimlar va universitet tomonidan qo‘llab-quvvatlangan); va borakko (eng oliy talqini - Kalpderon ijodida).
O‘zida antik madaniyat va milliy anoanalarni mujassamlashtirgan renessans realizmi XVII asr I yarmida Ispaniyadagi eng kuchli va sermahsul badiiy yo‘nalishdir.
Lope de Vega (1562-1635). Buyuk Servantes o‘limidan bir yil burin (1625) u haqida «Tabiatning mo‘jizasi – buyuk Lope de Vega paydo bo‘ldi» degan ekan. Ispan xalqi o‘z farzandini juda ham sevadi. Har qanday usta o‘z maxsulotini reklama qilar ekan «Hatto Lope ham bunday qilolmagan bo‘lardi» – degan so‘zlarni aytadi.
Lope de Vega 1562 yil 25 noyabrda Madridda hunarmand oilasida tug‘ilgan.
Universitetda o‘qishi bilan bir qatorda qirollik matematika akademiyasida maoruzalar tingladi.
Lope de Vega bilim doirasi juda keng bo‘lib, xilma-xil janrlarda o‘z mahoratini sinab ko‘rdi. (Sonet, roman, qasida, doston, xikoya, roman va dramatik asarlar) Yozuvchilarning shu vaqtgacha topilgan pesalari 426 ta bo‘lib, shulardan 50 tasi diniy mavzudagi dramalardir.
Dramatik asarlari. Uning sarlari asosan 3 ta katta qismga bo‘lish mumkin: Tarixiy qahramonlik, sotsial-siyosiy va sevgi-maishiy mavzulardagi drama komediyalar.
Yozuvchining dramaturgiya sohasidagi qarashlari «Komediya yaratishda yangi san'at» (1609) she'riy asarlarida bayon etilgan. Unga ko‘ra makon va vaqt birligidan voz kechgan. Italyan klassitsistlari nazariyalariga qarshi chiqdi.
Pesada bir necha epizod yoki syujet yo‘li bo‘lishi mumkin. Fojiaviylik bilan kulgini aralash holda tasvirlash zarur.
«Qo‘zibuloq» («Fuente Ovexuna») 1612-13 tarixiy qahramonlik va ijtimoiy-siyosiy mavzusidagi dramalarning eng yaxshi namunasidir.
Syujet:Kalatravo Ritsarp ordenining komandori feodal Fernan de Gusman o‘ziga tobe Qo‘zibuloq qishlog‘ida yashab, aholiga qattiq zulm o‘tkazadi. U qishloq oqsoqoli qizi Laurensiyani zo‘rlab olib ketmoqchi bo‘ladi. Lekin dehqon yigit Frondoso yo‘l qo‘ymaydi Mamalakat birligiga putur yetkazish maqsadida Spyudad Realga qarshi kurash ochgan va yengilib qishloqqa qaytgan komandor Laurensiya va Frondodo to‘qi vaqtida kirib kelib, yigitni qamoqqa olib ketib, Laurensiyani olib ketadi.
Tahqirlangan Laurensiya paydo bo‘lib, o‘z qizini dushman qo‘liga berib qo‘ygan otasi va qarindoshlarini «qo‘zini bo‘riga oldirgan va qo‘rqib turgan cho‘ponga o‘xshatadi. Erlar bilan birga ayollar ham qurollanib, komandor saroyiga bostirib kiradi va uni o‘sha yerda jazolab o‘ldiradi. Komandor xizmatkorlaridan biri bri Flores yashirincha qirolga borib, voqyeani yetkazadi. Qirol qishloqqa chinovnik jo‘natdi. Tergovchi qiynab so‘roq qiladi. Aybdor kim? degan savolga: Aybdor qo‘zi buloq» deb javob beradi. Tergov to‘xtatiladi. Va dehqonlarni gunohidan kechadi. Qishloq bevosita qirol nazorati ostiga o‘tadi.
Asarda bir odamning, balki butun xalqning fojeasi aks ettirilgan. Dramaturg voqyealarni bejab, bo‘rttirib ko‘rsatmaydi. Unda hamma narsa oddiy va hayotiy. Uning barokko shoirlaridan farqi ham shunda.
Asarning markaziy figurasi – Laurensiya. U mag‘rur, aqlli qiz. Shu bilan birga o‘z shaxsiy g‘ururi birovlar tomonidan toptalishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Qizning otasi oqsoqol Esteban va Fronosning otasi dehqon Xuan Rijiy sodda va mo‘min kishilardan bo‘lib, zolimlarga qarshi bosh ko‘targan kurashchilarga aylanadilar.
Voqyealar quvonchli yechim bilan tugaydi. Dehqonlar g‘alaba qozonadilar. Boshqacha bo‘lishi mumkin emas edi, chunki doimo hayotga g‘alaba qozonadi, qaerda adolat uchun kurash, g‘alabaga ishonch bo‘lsa,o‘sha yerda hayot bor – dramaturg falsafasi ham ana shunday.
Bundan tashqari uning «Sevilp yulduzi», «Valensiya bevasi», «Raqs muallimi», «It o‘t yemas, birovga ham bermas» (Bahil) ppesalari ham mashxur.
Ispaniyada Lope de Vega traditsiyalarini davom ettiruvchi bir qancha yozuvchilar yetishib chiqdi. (Gilpen de Kastro (1569-1631), Alerkon (1581-1639); Tirso de Molina (1557-1648).

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling