Jahon agrar inqrozi va ikkinchi ilmiy-texnik inqilobi
Download 458.49 Kb.
|
9 Jahon agrar inqrozi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9.1. XIX asrning to‘rtinchi choragida jahon agrar inqirozi va uning ahamiyati
Jahon agrar inqrozi va ikkinchi ilmiy-texnik inqilobi(XIX asr oxiri - XX asr boshi)IQTISODIY TARIX ma’ruza N.G.Muminov Iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi professori
Ma’ruza rejasi:
9.1. XIX asrning to‘rtinchi choragida jahon agrar inqirozi va uning ahamiyatiOrtiqcha ishlab chiqarish natijasida yuzaga keladigan kapitalistik inqirozlar ishsizlik, ish haqini pasayishi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga to‘lov qobiliyatini qisqarishiga olib kelib qishloq xo‘jalik sohasida qisman yoki to‘liq ortiqcha ishlab chiqarishni yuzaga keltirdi. Qishloq xo‘jaligida ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi agrar inqiroz deyiladi. Agrar inqiroz ham sanoat inqirozlarini asosini tashkil etuvchi kapitalizm qarama-qarshiliklari natijasida paydo bo‘ladi. Shu bilan birga agrar inqirozlar bir qancha xususiyatlarga ega: ular asosan sanoat inqirozlariga nisbatan uzoqroq davom etadi. XIX asr oxirgi choragidagi agrar inqiroz G‘arbiy Yevropa mamlakatlari, Rossiya va AQShni qamrab olgan holda 70-yy.larning birinchi yarmida paydo bo‘lib 90-yy.lar o‘rtalariga qadar davom etdi. Bu inqiroz dengiz transportini rivojlanishi va temiryo‘l tarmog‘ini kengayib borishi natijasida Yevropa bozorlariga Amerika, Rossiya va Hindistondan arzon va ko‘p hajmda bug‘doy va non kirib kelishi natijasida yuzaga keldi. Yangi unumdor yerlarni o‘zlashtirilishi va absolyut renta olinmaydigan bo‘sh yerlarni mavjudligi sababli Amerikada non ishlab chiqarish arzon edi. Rossiya va Hindiston G‘arbiy Yevropaga past narxlarda bug‘doyni eksport qilishiga asosiy sabab rus va hind dehqonlari katta soliqlar bosimi ostida ezilib bug‘doyni juda arzon sotishga majbur edilar. Yevropalik kapitalist-ijarachilar va dehqonlar yirik yer egaligi mavjudligida yuqori renta sharoitida raqobatchilikka bardosh bera olmaydi. Birinchi jahon urushidan so‘ng, aholining to‘lov qobiliyatini keskin qisqarishida, 1920 yil bahorida kuchli agrar inqirozi yuzaga kelib, u Yevropadan tashqari mamlakatlarga ta'sir ko‘rsatdi (AQSh, Kanada, Argentina, Avstraliya). Qishloq xo‘jaligi agrar inqirozdan o‘ziga kelmasdan 1928 yilda Kanada, AQSh, Braziliya va Avstraliyada boshlangan yangi agrar inqiroz boshlandi. Bu inqiroz xom ashyo va oziq-ovqatni eksport qiluvchi kapitalistik dunyoning asosiy mamlakatlarini qamrab oldi. Inqiroz qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini qamrab olib, 1929-1933 yy.dagi sanoat inqirozi bilan chatishib ketdi va ikkinchi jahon urushi boshlangunga qadar davom etdi. Download 458.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling