Ilmiy inqilob
XIX-XX asrlar chegarasida ilmiy tafakkur asoslari mutlaq o‘zgardi; tabiatshunoslik yuksaldi, fanning yagona tizimini yaratish boshlandi. Bunga elektron va radioaktivlikni ixtiro qilinishi sababchi bo‘ldi.
XIX asr oxiri XX asr boshlarida fanning ishlab chiqarish bilan aloqasi yanada mustahkamlanib tizimli xarakterga ega bo‘ldi, fanning texnika bilan o‘zaro aloqasi o‘rnatildi, fan jamiyatning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylandi.
Elektrotexnika
Elektrotexnika eng yetakchi tarmoqlardan biriga aylandi, uning tarmoqchalari rivojlandi. Yirik sanoat korxonalarini qurilishi, katta shaharlarning o‘sishi, elektr energiyasi ishlab chiqarishni o‘sishi natijasida elektr yorig‘ligidan foydalanish keng tarqaldi.
Ikkinchi ITI – bu elektrotexnikaning aloqa vositalari texnikasi tarmog‘ini rivojlanish davri hisoblanadi. XIX asr oxirida simli telegraf apparaturasi takomillashtirildi, 80-yy. boshida esa telefon apparaturasi amaliyotda qo‘llanila boshlandi.
Ikkinchi ITIning eng muhim yutuqlaridan biri - radioni (radito‘lqinlarga asoslangan simsiz elektraloqa) ixtiro qilinishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |