Metallurgiya
Ikkinchi ITI faqatgina yangi tarmoqlarni yaratilishi bilan emas, balki eski tarmoqlarni takomillashtirilishi bilan ham ajralib turar edi. Birinchi navbatda – metallurgiya.
Mashinasozlik, kemasozlik, harbiy sanoat, temiryo‘l transporti kabi tarmoqlarning jadal rivojlanishi qora metallga talabni oshib ketishiga olib keldi. Metallurgiyada texnik yangiliklar kiritildi. Domna pechlari hajmi kattalashdi.
Transport
Transport - ikkinchi ITIning muhim yo‘nalishiga aylandi, transportning yangi turlari paydo bo‘ldi va mavjud vositalari takomillashtirildi.
Tashish hajmi va tezligini oshirish ehtiyoji temiryo‘l texnikasini takomillashtirishga sababchi bo‘ldi. XIX asr oxirida po‘latdan ishlangan temiryo‘l relslariga o‘tish yakunlandi. Po‘lat ko‘pincha ko‘priklar qurilishida keng qo‘llanilar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |