Jahon aholisi soni va uning ko`payishi
Dunyo aholisi sonining davrlar bo`yicha o`zgarishi
Download 24.27 Kb.
|
1 2
Bog'liqJAHON AHOLISI SONI VA UNING KO
- Bu sahifa navigatsiya:
- Davr boshida aholi soni (mln.k) Aholi soining o`rtacha yillik o`sishi (%)
- Tug`ilish, o`lim va tabiiy ko`payish koeffitsiyentlari (1000 kishiga nisbatan, 2012-yilgi ma`lumotlar)
- Qit`a, materik va mintaqalar Tug`ilish koeff.
- Go`daklar o`limi koeff. (5 yoshgacha bo`lgan 1000 bolaga) O`rtacha umr davri
- Yer yuzi aholisi sonining o`sish sur`atlari (1950-2012-yillar
- O`rtacha yillik o`sish, mln. kishi
Dunyo aholisi sonining davrlar bo`yicha o`zgarishi
Aholi dinamikasidagi farqlar mamlakatlarda mavjud aholi soni va ular egallagan o'rinlarda o‘z aksini topmoqda. Dunyoda aholisining soni bo'yicha yetakchi 25 mamlakat aniqlanib, ular egallagan o'rinlarda 1985-2004-yillarda bo`lib o‘tgan o'zgarishlarning tahlili quyidagi xulosalarga olib keldi: - ana shu yillarda va 2025-yillargacha bo`lgan davrda birinchi to`rtlik mamlakatlarining nomi, o‘rni o'zgarmaydi (Xitoy, Hindiston, AQSH, Indoneziya); - mamlakatlar aholisining sonidagi farq kamaymoqda (birinchi mamlakatda 25 mamlakatga nisbatan aholi soni 28 marotaba ko‘p bo'lgan bo'lsa. bu ko`rsatkich 2013- yilda 25 martaga teng bo‘ldi); - ushbu mamlakatlarning asosiy qismi Osiyoga (1985-yilda 11 ta, 2013-yilda 12 ta) to‘g‘ri keladi. Yevropada 1985-yilda 6 ta, 2013-yilda 5 ta shunday mamlakat bo'lgan. Bu ko'rsatkichlar Amerika bo'yicha tegishli tarzda 3 va 3 ga, Afiikada ham 3 va 4 ga tengdir. Ikki Yevrosiyo mamlakati: Rossiya va Turkiya alohida guruhga kiritilgan. Dunyo va uning qit’alari, materiklari hamda ayrim regionlari bo'yicha aholi tabiiy harakatini ifodalovchi koeffitsientlar quyidagi jadvalda berilgan. Dunyoda yuqori darajadagi tug'ilish koeffitsientlari Afrika materigiga regionlar ichida Afrikaning barcha hududlariga hamda Markaziy Amerika, Janubiy va Janubi-g'arbiy Osiyo regionlariga, past darajadagi tug'ilish koeffitsientlari esa Shimoliy Amerika, Sharqiy Osiyo hamda Avstraliya va Okeaniyaga xosdir. O'lim koeffitsientining yuqori ko'rsatkichlari Afrika va Yevropada, Markaziy va Janubiy Osiyo regionlarida kuzatilmoqda. Tabiiy o'sish Afrika, Markaziy Amerika, Janubi-g'arbiy Osiyo hamda Markaziy va Janubiy Osiyoda yuqori koeffitsientlarga ega. Ushbu ko'rsatkich Yevropada nolga, Rossiyada esa minus 2-3 promillega teng. Rossiyada immigratsiya katta miqdorga ega bo'lmaganda depopulyatsiya jarayoni, ya’ni aholi sonining qisqarishi undan ham sezilarli bo'lardi. Tug`ilish, o`lim va tabiiy ko`payish koeffitsiyentlari (1000 kishiga nisbatan, 2012-yilgi ma`lumotlar)
Aholi soni va uning tarkibiga go'daklar o'limi ham juda katta ta’sir ko'rsatadi. Yer sharida 2003-yilda jami 8331 ming bola bir yoshga yetmasdan o'lganligi qayd etildi. Shundan, 1310 mingi Hindistonga, 708 mingi Xitoyga to'g'ri keladi. Pokiston, Bangladesh, Indoneziya, KXDR, Braziliya, Nigeriya, Efiopiya kabi mamlakatlarda hozirgi vaqtda yiliga 200-500 ming bola bir yoshga yetmasdan o'lmoqda. Bolalar o'limi koeffitsienti Afg'oniston, Angola, Burkina-Faso, Burundi, KDR, Mali, Mozambik, Niger, Nigeriya, Ruanda, Serre-Leone, Chad kabi mamlakatlarda 200 dan yuqori, 32 mamlakatda 100-200 promillega boradi. Bolalar o`limi mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot darajasi bilan teskari aloqaga ega. Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda bolalar o`limi koeffitsiyenti 3 (Shvetsiya) dan 8 promillegacha (AQSH) o`zgaradi. Ijtimoiy-siyosiy vaziyati beqaror, iqtisodiy qoloq bo`lgan mamlakatlarda mazkur ko`rsatkich, odatda, 100 dan ortiq, ayrim hollarda 200 dan ham yuqori darajaga (Nigeriya – 240, Serra-Leone - 250) egaligi bilan ajralib turadi. Yer shari aholisining o`rtacha umr davri 2012-yilda 67 yoshga teng bo`ldi. Bu ko`rsatkich iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda (Yaponiya, Shvetsiya, Shveysariya ... jami 29 davlat) 78-83 yoshni, qoloq mamlakatlarda (80 dan ortiq) 39-59 yoshni tashkil etdi. O`rtacha umr davrining eng yuqori ko`rsatkichlari Yaponiyaga (83 yosh) hamda Shvetsiya, Shveysariya va Islandiyaga (81 yosh), Avstraliya, Kanada, Avstriya, Isroil, Norvegiya va Fransiyaga (79 yosh), eng past ko`rsatkichlari esa MAR, Zambiya, Malavi, Mozambik, Serra-Leone, Zimbabve (37-43 yosh) kabi mamlakatlarga xosdir. Yer yuzi aholisi sonining o`sish sur`atlari (1950-2012-yillar)
O`zbekistonda o`rtacha umr ko`rish davri erkaklarda 67 yoshga, ayollarda esa 73 yoshga, o`rtachasi esa 73,5 yoshga teng. Tarixiy manbalar Qadimgi Rim va Qadimgi Yunonistonda o`rtacha umr ko`rish davri 25 yoshga teng bo`lganligini asoslaydi. O`rta asrlarda bu ko`rsatkich taxminan 30 yoshgacha ko`tarildi. Mana shu o`rtacha ko`rsatkichlar umr ko`rish davri yuqori bo`lgan kishilar mavjudligini inkor qilmaydi. Masalan, Yuliy Sezar o`ldirilganda 60 yoshdan o`tgan edi. Aflotun 81 yoshda vafot etgan. Umr davrini ko`rsatuvchi umumiy yo`nalishning mavjudligiga qaramasdan ko`rsatkichlar o`rtasida sezilarli farqlar mavjud. Bu ko`rsatkich Yevropa bilan Afrika o`rtasida 1950-yilda 27 yoshni tashkil etdi. Dunyo miqyoosida o`rtacha umr ko`rish davri 62 yil ichida 19 yoshga oshdi. Bu ko`rsatkich Osiyoda 27 yoshga, Afrikada qariyb 30 yoshga, Yevropada esa 15 yoshga teng bo`ldi. Shunga qaramasdan, ayrim qit`alar va regionlarda erkaklar va ayollar o`rtasidagi farq hanuzgacha kattaligicha qolmoqda. Download 24.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling