Jahon arxivlari tarixi fanidan


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi


Download 373 Kb.
bet2/9
Sana03.12.2023
Hajmi373 Kb.
#1799205
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jahon Arxivlari tarixi kurs ishi

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Finlandiya elektron arxiv yaratish va uni rivojlantirish, arxivlarda standartlarni tadqiq qilish, metama’lumotlar tizimini ishlab chiqish va qidirish algoritmi modellarini yaratish bo‘yicha ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar ko‘pgina olimlar tomonidan o‘rganilgan. Jumladan, chet el olimlaridan L. Bountouri va M. Gergatsoulis, M. Combs, R. Tansley, M. Bass, D. Stuve, M. Branchofskiy, O.N. Jlobinskaya,. Volkov, D. V. Yanko, A.N. Avdeyev, A.Y. Kurser, O.A. Nesterova, S.V. Shtukova Shunga qaramasdan, arxiv tizimini ishlab chiqish, arxiv hujjatlari qidirish tizimlarini yaratish, respublikamiz arxiv muassasalarida elektron arxivlarni shakllantirish ishlari to‘laligicha o‘rganilmagan.
Kurs ishining obyekti. - Finlandiya Davlat arxivlari va va uning filiallari,arxiv boshqaruvi va direktorlar faoliyati. Arxivlarda saqlanadigan hujjatlar haqida va arxivning kutubxonasi haqida ma’lumotlar haqida.


Kurs ishining predmeti – arxiv muassasalarida mavjud arxiv hujjatlari, jumladan filiallardagi hujjatlar, ularning ro‘yxat va yig‘majildlari, davlat arxivga oid qonunlar va standartlar, Finlandiya arxivni yaratishda qo‘llaniladigan dasturiy ta’minotlar, shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalari.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari: arxivlar faoliyatida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning bir ko‘rinishi sifatida davlat arxivlarni shakllantirishda hujjatlarni uzoq muddatli saqlash va foydalanuvchilarga axborot taqdim etish tezligi hamda sifati masalalari haqida atroflicha ma’lumot berish.
Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalar belgilandi:

  • davlat arxivlarni boshqarish va arxiv ishini avtomatlashtirish tizimlarini tahlil qilish, arxiv ishini avtomatlashtirishning tarixiy bosqichlarini nazardan o‘tkazish;

  • arxiv sohasida qo‘llaniluvchi zamonaviy axborot texnologiyalari haqida batafsil ma’lumotlar berish, ularning ahamiyatini aniq misollar bilan ko‘rsatish;

  • arxiv hujjatlarining elektron nusxalarini yaratish amaliyoti haqida fikr yuritish va amaliy takliflar taqdim etish;

  • arxivlar faoliyati modernizatsiyasi: yutuq va kamchiliklarini xolisona nazardan o‘tkazish.


Download 373 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling