Jahon axborot tarmog‘idagi g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlardan himoyalanishda milliy g‘oya va etnomadaniy qadriyatlarning roli


Download 58.7 Kb.
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi58.7 Kb.
#1055539
1   2   3
Bog'liq
10 mavzu Jahon axborot tarmog‘idagi g‘oyaviy mafkuraviy tahdidlardan

Psixologik urush - psixik operatsiyalar vositasida olib boriladi. Bu inson ruhiyatining xususiyati va zaiflik hisobga olinib, maqsadli ravishda amalga oshiriladigan hatti harakatdir. U muayyan informatsiyani tarqatish, muayyan informatsiyani yuzaga keltirish vositasida amalga oshadi.
Psizologik urushning maqsadi: raqibini zaiflashtirish, dushmanni yengish, o‘zgalar resurslarini egallash, istilo qilish.
Bunday hatti harakat kishilari quyidagilardan foydalanadi: OAV, video, musiqa, ko‘rgazmalar, gastrollar, turizm, xorijda o‘qitish amaliyotda bo‘lish, hamkorlik,tadbirkorlik va h.k.
Buzg‘unchilik targ‘ibot yo‘nalishlari: milliy tarix va milliy yutuqlarni kamsitish, milliy yetakchilarni yomon otliqqa chiqarish, muqobil mafkura tarqatish, axloqiy buzg‘unchilikka yo‘l ochish va boshqalar.
Uning oqibatlari: Immigrantlarni ko‘payishi, ayirmachilikningn ko‘payishi, jinoyatchilikning o‘sishi, zinokorlikning avj olishi, ichkilikbozlik va giyohvandlikning o‘sishi, bezorilikning ko‘payishi, jamiyatdan bezishning yuzaga kelishi.
Mafkuraviy xavfsizlik – shaxs, millat, jamiyat, davlatning xilma-xil shakllarda namoyon bo‘ladigan mafkuraviy tajovvuzlar, turli mafkuraviy markazlarinng buzg‘unchilik ta’siridan himoya qilinganlik darajasi.
Mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlash deganda, jamiyat ma’naviy hayotida bo‘shliq paydo bo‘lishining oldini olish, o‘zinnig pirovard maqsadlariga mos va unga xizmat qiladigan g‘oyalar tizimini shakllantirish, uni mutassil mustahkamlab borish, fuqarolarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishdek jarayonlar nazarda tutiladi.
Mafkuraviy xavfsizlikka tashqi va ichki omillar o‘z ta’sirini o‘tkazib turadi. Bugungi kunda, turli xil mafkura markazlari va poligonlarining O‘zbekistonda yangi jamiyat qurishga to‘sqinlik qilish uchun g‘arazli niyatlariga erishishda mamlakatimiz fuqarolaridan “qurol” sifatida foydalinishga intilishalrida mafkuraviy xavfsizlik uchun real tashqi tahdidlar mafjudligini ko‘ramiz. Shuningdek, qo‘shni davlatlardagi terrorizm diniy ekstremizm va mavjud siyosiy beqarorlik mamlakatimiz mafkuraviy xavfsizligiga o‘zta’sirini o‘tkazadi.
O‘zbekiston respublikasida milliy xavfsizlikni ta’minlovchi ichki omil–jamiyatning siyosiy, ijtimoiy, axloqiy va ma’naviy salohiyatidir. Bundan tashqari mafkuraviy xavfsizlik xalqimizning asriy an’analari, tili, dini, ma’naviyati va milliy rivojlanishiga xizmat qiluvchi umuminsoniy qadriyatlarga asoslanadi. Shuningdek, davlat idoralari, jamoat tashkilotlari va uyushmalari, madaniy ma’rifiy muassasalar tomonidan amalga oshirilayotgan tarbiyaviy ishlar, ma’naviyma’rifiy tadbirlar tizimi mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlashning zaruriy shartidir. Mamlakatimiz mafkuraviy xavfsizligi ilmiy asoslangan ijtimoiy siyosatga, huquqiy madaniyatga, jamiyatning ma’naviyetukligi va demokratiyalashuviga uzviy ravishda amalga oshiriladigan g‘oyaviy tarbiyaga tayanadi. Jamiyat, davlat va shaxs mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlash – davlat siyosatining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Mafkura yakkahokimligi – muayyan davlat, jamiyat yoki bir guruh davlatlarda yagona mafkuraning to‘la hukmronligini unga xos tamoyillarning o‘zgarmas aqidalar tarzida jamiyat hayotida qat’iy va mutlaq tartibda o‘rnatilishini ifodalaydigan tushuncha.
Mafkura yakkahokimligining mohiyati shundaki, bunda bironbir mafkuraviy tizim yagona ilmiy, eng adolatli, jamiyatdagi barcha qatlamlar manfaatlarini ifoda etuvchi mafkura deb e’lon qilinadi. O‘zinnig mohiyati yoki biron birjihati bilan undan farq qiluvchi g‘oyalar, qarashlar, mafkuralar yot va dushman mafkuralar sifatida qaraladi. Oqibatda millionlar kishilarda mutelik, loqaydlik, boqimandalik, mahdudlik, o‘zga g‘oyalarga hadiksirab qarash ruhiyati shakllanadi, jamiyatning ma’naviy rivojiga, ilm fan ravnaqiga jiddiy zarar yetkaziladi. (G‘arbdagi aqidaparastlik mafkurasi, kommunistik mafkura, fshizm mafkurasi)
Sho‘rolar davrida kommunistik mafkura insonlar ongi va qalbini egallagan edi.
XXI asr boshida mafkuraviy kurashlarning Sho‘ro davrida ko‘rilmagan, yangi tahdidlar bilan va ilmiy texnologik asosga qurilgan targ‘ibotlar kurashi davri, deb ham tavsiflash mumkin. Chunki Sho‘rolar davridagi targ‘ibot-tashviqot usuli hozir ishlamaydi. Bizga tahdid solayotgan mafkuralar «maftunkor» ko‘rinsa-da, va «ommabop» bo‘lsa-da, puxta, ilmiy texnologik asosga qurilganligi sir emas. Chunki ularning targ‘iboti oldingi va hozirgi zamonaviy mafkuraviy kurash usullariga ega. Faqat g‘oya, maqsadning shakli o‘zgargan. Masalan, ana shunday g‘oyalardan biri «xalifalik davlatini tuzish» g‘oyasidir. Bu g‘oyaning mazmun va mohiyat jihatdan zararli ekanligi hammamizga ma’lum. «Hizb ut-tahrir» da’vo qilgan xalifalik davlatini barpo etishdan ko‘zlagan maqsadi aslida konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan ag‘darib tashlashdir.
Axborot xuruji – muayyan kuchlar tomonidan kishilar ongi va qalbiga yot g‘oyalarni singdirish maqsadida ularning hissiyotlari, e’tiqodi va tuyg‘ulariga ta’sir etishning mafkuraviy omillaridan, jamiyat turmush tarzi va mentalitetdagi o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun unga moddiy, ma’naviy, ruhiy ta’sir o‘tkazishning noan’anaviy va noxolis usullaridan foydalanish asosida siyosiy maqsad va muddaolarni amalga oshirish majmuasini anglatadi4.
Axborot xurujlarining eng yovuz va tahlikali shakli kishilar ongiga g‘oyaviy va mafkuraviy ta’sir o‘tkazishdir. Endilikda axborot xurujlaridan ko‘zlangan asosiy maqsad – muayyan kuchlarning kishilar ongi va qalbiga ta’sir etish orqali o‘zlarining siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy maqsadlariga erishishga urinishi bilan bog‘liq bo‘lib qoldi. Chunki bunday vaziyatda har qanday ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy muammo haqidagi axborot aholi o‘rtasida juda tez tarqalib, turli keskin holatlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bunday muammolarga esa ichki va tashqi kuchlar o‘z manfaati nuqtai nazaridan munosabat bildiradi. Ba’zilari ulardan g‘arazli maqsadlarda foydalanishga urinadi.
Axborot xuruji orqali jahon jamoatchiligining ongu tafakkurini boshqarishga urunish siyosiy kurashning asosiy usuliga aylanib bormoqda. Ayniqsa “rangli inqilob”lar orqali turli mamlakatlarda g‘arbparast hukumatlarni shakllantirish, vaqti-vaqti bilan har xil mish-mishlar tarqatish vositasida ularni cho‘chitib olib, jilovda ushlab turish, demokratiya va fuqarolik jamiyatini mustahkamlash niqobi ostida turli xalqaro fondlar orqali qarama-qarshi kuchlarni rag‘batlantirib, bar-biriga va hukumatga qarshi gijgijlash – bularning barchasi xalqaro munosabatlarda qo‘llanayotgan yangi siyosiy ekspansiya texnologiyasidir. Bu texnologiya axloqiy me’yorlarga, ba’zi hollarda hatto xalqaro huquq me’yorlariga ham bepisand qaraydi. Shunday qilib, axborot xuruji nafaqat siyosiy kurash, balki siyosiy ekspansiya vositalaridan biriga ham aylandi.
Bunday vaziyatda manfaatdor siyosiy kuchlar OAV yordamida voqealarni buzib ko‘rsatib yoki noxolis sharhlab, butun jahon jamoatchiligini o‘sha uydirmaga ishontirish orqali o‘zlarining g‘arazli maqsadlariga erishmoqchi bo‘ladi.
Axborot xurujining aholi ongiga ko‘rsatadigan salbiy ta’sirini kamaytirish, bu xurujga qarshi mafkuraviy immunitet hosil qilish masalaga kompleks yondashuvni talab etadi. Bunda ma’naviy, g‘oyaviy-tarbiyaviy tadbirlar moddiy, iqtisodiy bunyodkorlik va keng ma’nodagi ijtimoiy islohotlar bilan qo‘shib olib borilishi lozim. Jamiyat uyg‘un va barqaror rivojlanishi uchun moddiy va ma’naviy qadriyatlarga, iqtisodiy va ma’naviy hayotga birdek e’tibor qaratilishi lozimligi Prezidentimiz tomonidan alohida qayd etib o‘tilgan.
Axborot xuruji orqali jahon jamoatchiligining ongu tafakkurini boshqarishga urunish siyosiy kurashning asosiy usuliga aylanib bormoqda. Ayniqsa “rangli inqilob”lar orqali turli mamlakatlarda g‘arbparast hukumatlarni shakllantirish, vaqti-vaqti bilan har xil mishmishlar tarqatish vositasida ularni cho‘chitib olib, jilovda ushlab turish, demokratiya va fuqarolik jamiyatini mustahkamlash niqobi ostida turli xalqaro fondlar orqali qarama-qarshi kuchlarni rag‘batlantirib, bar-biriga va hukumatga qarshi gixgixlash – bularning barchasi xalqaro munosabatlarda qo‘llanayotgan yangi siyosiy ekspansiya texnologiyasidir. Bu texnologiya axloqiy me’yorlarga, ba’zi hollarda hatto xalqaro huquq me’yorlariga ham bepisand qaraydi. Shunday qilib, axborot xuruji nafaqat siyosiy kurash, balki siyosiy ekspansiya vositalaridan biriga ham aylandi.
Yurtboshimiz globallashuv ayni paytda ziddiyatli hodisa ekanini ham haqqoniy qayd etadi. Buni avvalo globallashuv natijasida ommaviy madaniyat niqobidagi noxush hodisalarning, aksilmadaniyatning tarqalish xavfi hamda xalqlarning rang-barang, boy ma’naviy hayotining birxillashuvi, milliy o‘zlik tuyg‘usining susayishi, egoizm va nigilizm (Nigilizm – lot.nihil – hech nima, hech qanday. 1. Ijtimoiy hayotda shakllangan, odat tusiga kirgan har qanday qoida, tamoyil va qonunlarni inkor qiluvchi nuqtai nazar. 2. O‘tmish davrlardagi madaniy merosni inkor etish) kabi xatarlarning kuchayishida ko‘rish mumkin.
Ma’naviyat va iqtisodiyotni mushtarak rivojlantirish axborot xuruji o‘ta kuchayib ketgan globallashuv sharoitida ayniqsa dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Chunki bunday vaziyatda har qanday ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy muammo haqidagi axborot aholi o‘rtasida juda tez tarqalib, turli keskin holatlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bunday muammolarga esa ichki va tashqi kuchlar o‘z manfaati nuqtai nazaridan munosabat bildiradi. Ba’zilari ulardan g‘arazli maqsadlarda foydalanishga urinadi.
Bugungi kunda globallashuv ta’sirida ma’naviy ehtiyojlarni qondirishda ham standartlashuv qaror topa boshladi. Bu jarayon butun rok va pop musiqa, video hamda turli janrlardagi arzon-garov filmlar, seriallar, rang-barang ko‘ngilochar shou-tomoshalar, o‘yinlarni qamrab olmoqda. Ommaviy madaniyat niqobidagi aksilmadaniyat paydo bo‘lib, tobora keng yoyilib bormoqda.
Ma’lumki, madaniyat “Elita madaniyat” xos madaniyat va ommaviy madaniyatga bo‘linadi. O‘tmishda ommaviy madaniyat xalq baxshilari kuylaydigan dostonlar, sayllarda, to‘ylarda ommaga ko‘rsatiladigan tomoshalar – dorbozlik, askiyabozlik va masxarabozlik, xalq ashulalari kabi ko‘rinishlarda mavjud bo‘lgan. Shu bois u o‘zining xalqchilligi, ezgulik va insonparvarlik ruhi bilan ajralib turgan. Lekin bugun unga ommaviy madaniyatning tarkibiy qismi emas, balki folklor yoki an’anaviy xalq madaniyati deb qaralmoqda. G‘arbda uni kundalik hayotgan etnografik muzeylar yoki ahyon-ahyonda o‘tkaziladigan xalq sayllari va festivallari tomon siqib chiqarishga urinish kuchli.
Zamonaviy ommaviy madaniyat esa XX-XXI asrlar sivilizatsiyasi mahsuli o‘laroq standartlashgan iste’mol mahsulotlari va “erkin” xulq-atvor namunalari yig‘indisi sifatida tor mazmunda tushunilayotir.
XX asrda maishiy texnikaning rivojlanishi ommaviy madaniyat shakllarini boyitdi-dastlab potefon va gramplastinkalar, magnitofonlar, ixtisoslashgan estrada janrlari, ansambllari singari yangiliklar paydo bo‘ldi.
Keyinchalik turmush farovonligi o‘sishi bilan iste’molchilik psixologiyasining yanada kuchayishi adabiyotda ko‘ngilochar, mazmunan sayoz sarguzasht va detektiv asarlarning “erkin muhabbat” mavzuidagi kitoblar, kino va tv.da “bemaza opera”deb atalmish seriallar, turli audio va video disklar, shou tadbirlarning, ularni ommaviy tarzda ishlab chiqaradigan industriyaning vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. Tabiiyki bunday «mahsulotlar”da xalqchillik, milliylik nihoyatda zaif, ular faqat dekoratsiya va mahalliy kolorit sifatidagina qo‘llanadi. Lekin, afsuski, qattiq raqobat sharoitida ba’zi korchalonlar mo‘may daromad ilinjida insonda tuban hirslarni qo‘zg‘aydigan mavzularni ko‘paytirib, asta-sekin zamonaviy aksilmadaniyatni yaratdi.
Ommaviy madaniyatni niqob qilib olgan aksilmadaniyatga, uning didsizligi va axloqsizligiga, insonni haqoratlovchi, tubanlashtiruvchi mahsulotlarga qarshi kurashish kerak.
Ommaviy madaniyatning jozibasi nimada? Nega unga intilish kuchli? Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, hatto bir xalqqa mansub yoshlar ham, ular har xil ijtimoiy qatlamdan bo‘lishiga qaramay, ommaviy madaniyatga birday moyillik ko‘rsatadi. Bu holat birinchi navbatda urbanizatsiya va globallashuv sharoitida turli xalqlar turmush tarzining, hayotiy qarash va mezonlarining yaqinlashuvi, hordiq va iste’molning standartlashuvi oqibatidir.
Buning yana bir sababi, ommaviy madaniyat sari intilishga inson zotiga xos bo‘lgan azaliy ishtiyoqlar, uning shuurida asrlar Osha yashab kelayotgan tabiiy-ijtimoiy tenglik mayllari, shuningdek, jamoaviylik psixologiyasi bilan bog‘liq arxiteplar ham sabab bo‘ladi. Ular millati, tili, dini va madaniyatidan qat’iy nazar, barcha odamlarning ijobiy yoki salbiy narsalarga instinktiv intilishini ma’lum darajada belgilaydi.
Geosiyosat” - (“geo” “yer” va “siyosat” – “davlatni boshqarish san’ati”,) muayyan hududiy-mintaqaviy tamoyil asosida siyosatda, iqtisodiy va siyosiy geografiyada ko‘proq ishlatiladigan atama. Hozirgi davrga kelib u xalqaro, siyosiy va davlatlararo munosabatlarga nisbatan ham qo‘llanilmoqda.
“Geosiyosat” atamasida geosiyosiy muddaolar, ularning ko‘rinishlari, turli xil davlat va xalqlarning manfaatlari tizimi, unga bo‘lgan yondashuv uslublari, vositalari u yoki bu davlatning hududiy joylashuvi, salohiyatiga bo‘lgan munosabatda ifodalangan maqsadlar o‘z ifodasini topgan.
“Geosiyosat” uzoq tarixga ega bo‘lsada, lekin tushuncha sifatida XX asrning boshlarida shakllangan. Bu atama R.Chellen tomonidan muomalaga kiritilgan bo‘lib, hozirgi davrda davlatlar va dunyo mamlakatlari xalqlari siyosatida, falsafada, siyosat falsafasi va fanlarida keng qo‘llanilmoqda. Geosiyosat ko‘p qirrali tushuncha sifatida turli manfaatlarni o‘zida mujassam etadi.
Hozirgi davrda geosiyosiy maqsadlar ko‘proq mafkuraviy siyosat bilan hamohangligini alohida ta’kidlash zarur. Bunda mafkuraviy ta’sir ko‘rsatish geosiyosatning eng ta’sirchan vositasi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ya’ni turli davlatlarning maqsadlari xalqning turli qatlamlari, xususan yoshlar ongi va qalbiga mafkuraviy ta’sir ko‘rsatish orqali, ularning faoliyatini o‘z ta’siriga, ya’ni manfaatlariga yo‘naltirilganmafkuraviy muhitni yaratishni ko‘zlagan holda amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish, uning qanday amalga oshishini aniq bilish murakkabdir. Shuning uchun ham Prezidentimiz mafkuraviy poligonlar yadro poligonlariga qaraganda xavfliroq bo‘lib qolganligini alohida ta’kidlaganlar.
O‘zbekistonning geosiyosiy omillari haqida Birinchi Prezident I.Karimov o‘z asarlarida batafsil to‘xtalib o‘tgan.
O‘zbekiston jug‘rofiy-siyosiy jihatdan ancha murakkab va shu bilan birga qulay ahvolda. Ya’ni u Markaziy Osiyo mintaqasining transport, kuchli avtonom energetika va suv tizimlari markazida joylashgan.
O‘zbekiston aholi soni jihatdan, ilmiy-texnikaviy va boshqa imkoniyatlari jihatdan mintaqadagi qo‘shinlaridan ma’lum darajada ustun turadi.
O‘zbekiston qulay tabiiy iqlim sharoitiga ega. Bizda qadimiy dehqonchilik madaniyati va boy mineral xom-ashyo resurslari bor. Respublika oziq-ovqat bilan o‘zini-o‘zi ta’minlashga, texnika ekanlarining eng qimmatli turlarini, paxta tolasi yetishtirish va eksport qilishga, shuningdek, jahon bozoriga yuqori sifatli, ekologik jihatdan sof, raqobatga bardoshli meva-sabzavot mahsulotlarini chiqarishga hamda ularni qayta ishlagan holda yetkazib berishga qodir.
Davlatimiz nafaqat o‘zini-o‘zi ta’minlaydigan, balki chetga chiqarishga neft mahsulotlari, gaz va umuman, iqtisodiyotning asosi bo‘lmish tarmoqlarga ega.
O‘zbekistonning insoniyat sivilizatsiyasida salmoqli o‘rni bor. Yurtimiz ma’naviy meros bilan boy, u nafaqat mintaqada, balki dunyoda ham turli ma’naviy va siyosiy jarayonlarga kuchli ta’sir o‘tkazib kelgan.
Hozirgi zamon g‘oyaviy-mafkuraviy geosiyosatini demokratik va gumanistik tamoyillar asosida tashkil qilish dolzarb muammolardan biriga aylanib bormoqda. Yer kurrasini asrab qolish, insoniyatning kelajak hayotini saqlab qolish, barcha xalqlarning ozod va teng yashashi uchun bevosita demokratik va gumanistik tamoyillar asosidagi g‘oyalarga amal qilish tarixiy zaruriyatdir. Biz demokratik va gumanistik tamoyillar deganda nimani tushunamiz? Bu xalqlarning erkinligi, ozodligi, hur fikrliligi, qonun oldida tengligi, inson hayotini hamma narsadan ustunligi, inson qadr-qimmatining yuqoriligi, barcha olib borilayotgan jarayonlarning inson hayotini yaxshilashga qaratilganligi demakdir.
Buning uchun har bir mamlakat yoki davlatning mustaqilligini tan olish, millati, dini va qadriyatlarini hurmatlash, ichki ishlariga aralashmaslik, tashqi siyosatda o‘zaro manfaatdorlik, ijtimoiy, siyosiy va madaniy hamkorlikda o‘zaro hurmat kabi umuminsoniy qadriyatlarga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mamlakatda ilg‘or g‘oyalar, mafkuralar qancha ko‘p bo‘lsa, ya’ni mafkuraviy plyuralizm hukmron bo‘lsa taraqqiyotning samarali yo‘lini tanlab olish uchun imkoniyat shunchalik keng bo‘ladi. Fikriy kurash mafkuralarning ma’no va mazmun jihatidan boyishiga, bir-birini to‘ldirishiga xizmat qiladi.
Bunda mamlakatlar o‘rtasidagi integratsiyalashuvning roli ortib boradi. Mamalkat va davlatlarning xavfsizlik darajasi ularning integratsiya jarayonlarida qatnashish darajasiga bevosita bog‘liq bo‘lib bormoqda. Shu o‘rinda aytish mumkinki, O‘zbekiston yuqorida qayd etilgan geosiyosiy omillarri jihatdan jahondagi madaniy, ilmiy, texnologiya va iqtisodiy yuksaklikka erishib, bemalol Markaziy Osiyoda integratsiya markaziga aylanishi mumkin.
Mamlakatlar o‘rtasida integratsiyalashuv jarayoni haqida Prezident I.Karimovning quyidagi fikri diqqatga sazovordir «XXI asr shubhasiz , xalqaro munosabatlarda butun dunyo qamrab olinadigan asr bo‘ladi.
Bunday sharoitda integratsiya jarayonini, xalqaro institutlar va tashkilotlarda suveren davlatlarning ishtirok etishini kengaytirish jarayonini faqat tarix taqozosi deb emas, balki ayrim mintaqalar ko‘lamida ham, shuningdek, umuman-butun sayyoramiz ko‘lamida ham sobitqadamlik, barqarorlikning qudratli omili deb hisoblamoq zarur.
Biz jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuv haqida gapirganimizda, eng avvalo, Birlashgan Millatlar Tashkiloti faoliyatida ishtirok etishimizni nazarda tutamiz»5.
Darhaqiqat davlatlar o‘rtasidagi integratsiya jarayonida BMTning o‘rni kattadir. Chunki ushbu tashkilot umumiy xavfsizlik muammosiga aloqador bo‘lgan asosiy tashkilotilardan biri bo‘lib, xavfsizlikni saqlash va ta’minlashga xizmat qiladigan-oldini olishga qaratilgan diplomatiyadan tortib to tinchlik o‘rnatishga qaratilgan operatsiyalarda qatnashishgacha bo‘lgan vositalarning hammasiga ushbu tashkilot egadir.
O‘zbekiston BMT ga 1992 yil 2 martda a’zo bo‘lib kirdi.
BMTning integratsiya sohasidagi imkoniyatlari g‘oyat ulkanligini va uning ixtisoslashtirilgan tashkilotlari bu imkoniyatlarning tashkil etuvchilari hisoblanishini alohida ta’kidlash lozim.
BMT doirasida jahon hamjamiyatidagi integratsiyalashuvni BMTning ixtisoslashgan muassasalari –YuNESKO, Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotlari, Xalqaro mehnat tashkilotlari, YuNISEF va boshqalar bilan keng hamkorlik qilish barcha tinchlikparvar davlatlar oldida turgan asosiy vazifadir. Bu jarayonda bizning mamlakatimz ham faol ishtirok etmoqda.
Jahon hamjamiyatidagi integratsilashuvning tarkibiy qismi davlatlarning turli mintaqaviy birlashmalari bilan aloqalarni rivojlantirishdan iborat ekanligini Prezidentimiz o‘z asarlarida bir necha marta ta’kidlab o‘tgan.
O‘zbekiston mintaqaviy xalqaro tashkilotlar, chunonchi, Yevropa Ittifoqi, YeXHT, EKO, Qo‘shilmaslik harakati, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi va boshqalar bilan ham samarali hamkorlik qilmoqda. Shuningdek, asosiy xorijiy sheriklarimiz hisoblangan Rossiya, Xitoy, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Turkiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Pokiston, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlar bilan ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengayib bormoqda.6
Umuman g‘oyaviy – mafkuraviy geosiyosatda milliy va umuminsoniy qadriyatlar munosabati birlamchi ahamiyat kasb etadi.
Biz bilamizki, Mustaqil O‘zbekistonning kuch-qudrati manbai – xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga sodiqligidir. Biz o‘z millliy qadriyatlarimizni saqlagan holda umuminsoniy qadriyatlarni chuqur hurmat qilishga ham e’ibor qaratishimiz kerak. Masalan, milliy g‘urur, or-nomus, imon-e’tiqod, sabr-qanoat, mehnatsevarlik, mehr-muruvvat, oilani sevish, mahallani hurmat qilish kabi qadriyatlarimiz borki, bu qadriyatlar xalqimizning o‘ziga xosligini, ma’naviy yetukligini aks ettiradi.
Shu bilan birga bugun xalqimiz ijtimoriy-siyosiy hayotda integratsiyalashuv jarayoni orqali kirib kelayotgan umuminosniy qadriyatlar, jumladan, demokratiya, inson huquqlari, adolatli jamiyat barpo etish, fan-texnika yutuqlaridan unumli foydalanish kabi qadriyatlarga va boshqa xalqlarning milliy qadriyatlariga ham hurmat bilan qaramoqda.
Bugun yurtimizda 100 dan ortiq millat va elatlarning madaniy-ma’rifiy markazi bo‘lgan Baynalmilal markazning faoliyat ko‘rsatayotganligi ham xalqimizning umuminsoniy qadriyatlarga chuqur hurmat bilan qarayotganligini bildiradi.


Download 58.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling