Jahon chempionati biz uchun armonmi?


Download 13.78 Kb.
Sana04.05.2023
Hajmi13.78 Kb.
#1424389
Bog'liq
terma jamoamiz maqola


Jahon chempionati biz uchun armonmi?
Xabaringiz bor, O’zbekiston milliy terma jamoasi 22-30-mart oralig’ida FIFA kunlaridan o’rin olgan o’quv mashg’uloti doirasida Gana va Iroq terma jamoalariga qarshi maydonga tushdi. Namanganda o’tgan futbol kechasida 2:1 hisobida hamyurtlarimiz qo’li baland keldi. Gollarga o’yinning 4-daqiqasida Otabek Shukurov va 75-daqiqada Jaloliddin Masharipovlar mualliflik qildi. Gana terma jamoasidan javob to’pini 72-daqiqada Isahaku Abdul Fatavu darvozamizga joylab qo’ydi. 29-mart, “Bunyodkor” stadionida Iroqqa qarshi o’tgan uchrashuvda esa birgina gol o’yin taqdirini hal qildi. Iroqlik futbolchi Sherlo Latif 56-daqiqada Abduvohid Ne’matov qaytargan to’pga egalik qildi va ojiz qolgan darvozabonimiz darvozasiga gol urdi.
Umuman olganda, ayni damda O’zbekiston milliy terma jamoasi guruhda 5 o’yinda 9ochko to’plagan. Biroq endi JCH-2022 va Osiyo Kubogi-2023 saralash bahslari ashaddiy raqibimiz hisoblangan Saudiyaliklar uyida o’tadi. Kuni kecha ular o’z uyida Falastinni qabul qildi va 5:0 hisobida zafar quchdi va D guruhida mutlaq yetakchi bo’lib oldi. Biz uchun eng alamlisi mezbon davlat zaxiradagi o’yinni o’tkazdi va 11ochkoga egalik qilmoqda.
Muhimi bu emas, biz Jahon Chempionatiga chiqishni uzoq yillardan buyon orzu qilib kelamiz. Ammo hanuz mundialga yo’l olmadik. Ganaga qarshi bahsda Shukurov, Masharipov, Yo’ldoshev, Hamrobekov, Rashidov kabi futbolchilarimizni optimal formada ekanligini ko’rdik. Eng qizig’i, Iroq bilan o’yinda ham huddi shu futbolchilar harakatda. Hujumda va himoyada har ikki o’yinda ham muammo borligi sezildi. Kechirasiz, biz zaxiradagi hujumchilardan foydalana olmaymiz va yoki ular shunchaki tarkibni to’ldirish uchun olib kelingan, to’g’rimi? Shomurodovning o’yini chiqmayotgan ekan nega Ubaydullayev bilan almashtirilmadi? Yoki nega himoyada To’xtaxo’jayev, Azim Ahmedov umuman ko’rinish bermadi. Himoyada kamchilik bor lekin Islom To’xtaxo’jayev hujumda yordamda. Yo’q, men uni oldinga borganini qoralamoqchi emasman, masalani yana bir tarafini ko’rsatmoqchiman. Endi e’tibor bering, Iroq qarshi hujumga tayanib, himoyada o’ynaydi. Hamyurtlarimiz mehmonlar darvozasi oldida xavfli vaziyat yaratayotgan vaqtda adashib to’p iroqliklar futbolchisiga borib tushdi. Endi ahvolimiz voy! Darvozabondan boshqa umidvor bo’ladigan futbolchi bo’lmaydi. Chunki himoyachilar sal oldin hujumda edi. Yana bir narsa, asosiy vaziyatlar chap qanotda vujudga kelyapti va Eldor Shomurodovga uzatilyapti. Axir o’ng qanotda ham tajribali futbolchilar to’p tepadiku. Masalan, Rashidov Gana bilan o’yinda ham, Iroqqa qarshi o’yinda ham yaxshigina mehnat qildi. Lekin o’yin yarmida Hamdamovga joyini bo’shatib berdi. Nega? Axir Rashidov ham darvoza tomon aniq zarbalar berayotgan ediku.
Gol kimning aybi bilan o’tkazib yuborildi?

  1. daqiqa, to’p raqiblar tomonidan maydon chetidan o’yinga kiritildi va to’pni Shukurov boshi bilan qaytarib, Hamdamovga uzatdi. Doston esa uni Urunovga tashlagan edi, Oston sherigini tushunmadi va raqiblarga to’pni berib qo’ydi. Iroqlik futbolchi ham tezlikda to’pga zarba berdi va to’pni Ne’matov qaytardi, ammo qo’lidan chiqarib yubordi. Natijada, Sherlo Latif darvozabonimiz bilan deyarli birga bir vaziyatda gol urib ketti. Yordamga kelgan Sayfiyev esa aksincha, zararga ishladi. Biroq, Farrux kelmaganda ham baribir to’p darvozamiz to’ridan joy olgan bo’lar edi. Chunki Abduvohid Ne’matov to’pni yo’nalishini topdi, afsuski, raqib ham o’ta kuchli zarba bergan edi. Yuqorida golga olib kelgan vaziyatni birma-bir keltirib o’tdim. Ayb kimda? Ostonga to’p uzatgan Dostondami yoki to’pni ilk vaziyatda qaytargan, lekin ikkinchi vaziyatda ojiz qolgan Abduvohiddami, balki himoyada yordamga kelmagan futbolchilarimizdadir? Qarang, barchasi bir-biriga bog’liq, to’p futbolchilarimizga kelib tushgan edi, barcha hujumga chiqib ketdi. So’ng to’pni yo’qotdik va vaziyat o’zgardi. Himoyaga qaytgan To’xtaxo’jayev va Ahmedov to’ni kuzatib qo’ydi holos. Yaxshiyamki bu o’rtoqlik o’yini edi. Lekin Singapur, Yaman va Saudiya Arabistoni terma jamoalari bunday qo’pol xatoni kechirmaydi.

Klublar miqyosida futbolga e’tibor bering, pandemiya sharoiti bilan kuchli beshlik klublarida moliyaviy qiyinchiliklar kuzatildi. Qolaversa, asosiy futbolchilari Covid-19ga chalinib, oylab klubiga yordam bera olmadi. Ammo natijalar u qadar yomon emas. “Real Madrid” Ramos, Karvaxal, Azar va shu kabi futbolchilarsiz o’ynashni o’rgandi. To’g’ri, hozirgi o’rni ham juda zo’r emas, lekin muhimi jamoa tiklana oldi. Ammo nega bizning futbolimiz u qadar jo’shqin bo’la olmaydi. Ikkita bir xil tarkibga egamiz. Zaxiradan tushgan futbolchi o’yinni kuchaytirishi kerak. Lekin nega asosiy tarkibimiz ham, zaxiradagi futbolchilarimiz ham o’z jamoasida yaxshi o’ynaydiyu, terma jamoaga kelsa, o’z pog’onasidan pastlaydi. Ming shukrki, futbolimizga koronavirus u qadar xavf solmadi. Lekin necha yillardan buyon Iroqqa mag’lub bo’lmagan terma jamoamiz saralash bahslariga yaqin muxlislar qalbiga g’ulg’ula solmoqda. Yoki bu “bu safar ham hammasiga tayyor turinglar” deganimi?

Download 13.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling