Jahon dinlari. Reja: Jahon dinlari tushunchasi va xususiyatlari. Buddizm ta’limotining vujudga kelishi, ta’limoti, tarqalishi va manbaalari. Xristianlik dinining vujudga kelishi, ta’limoti, oqimlari va manbaalari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/20
Sana09.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1178787
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
ЖАҲОН ДИНЛАРИ

3. Protestantizm. Protestanizm tarixi Martin Lyuterdan (1483-1546) 
boshlanadi. U birinchi bo’lib katolik cherkovi bilan aloqani uzdi va protestant 
cherkovining asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va uni himoya qildi. Bu nizomga ko’ra, 
insonning Xudo bilan bevosita muloqoti mumkin. Lyuterning diniy va dunyoviy 
hokimiyatga qarshi chiqishlari, katolik dindorlarning imonni va vijdonni inson bilan 
Xudo o’rtasidagi vositachi sifatida nazorat qilish haqidagi mulohazalarga qarshi 
chiqishi jamoatchilik tomonidan favqulodda diqqat bilan tinglandi. 
Protestantizmning mohiyatiga ko’ra, ilohiy lutfu marhamat insonlarga 
cherkovning vositasisiz, bevosita in’om etiladi. Inson najot topishi uning shaxsiy 


12 
e’tiqodi va Isoning vositasi orqali ro’y beradi. Avom ruhoniylardan farqlanmaydi, 
ruhoniylik hamma dindorlarga bir xilda joriy etiladi. 
Protestantlik diniy marosimlarning ko’pchiligini bekor qildi, faqatgina 
lyuteranlikda non va vino bilan cho’qintirish saqalanib qoldi. 
O’lganlarga bag’ishlangan duo o’qish, aziz-avliyolarga sig’inish, muqaddas 
murdalarga, sanamlarga topinish bekor qilindi. Ibodat uylari ortiqcha hashamlardan, 
mehroblardan, sanamlar, haykallardan tozalandi, ruhoniylarning uylanmaslik 
shartlari bekor qilindi. Bibliya milliy tillarga tarjima qilindi, uni sharhlash har bir 
xudojo’yning eng muhim burchi bo’lib qoldi. 
Asrorlardan faqat cho’qinish va mansublik (cherkovga) e’tirof etiladi. Ibodat 
va’z-nasihatlar, birgalikdagi ibodat va suralarni kuylashdan iborat bo’ldi. 
Protestantlar Bogorodisa shaxsiyatini, a’rofni tan olmaydilar. 
Lyuter tomonidan tuzilgan reformasiya bosh taomillari 95 tezis shaklida yozib 
bergan. Ular Vittenbergning Nasriy cherkovining shimoliy eshiklariga yozib 
qo’yilgan. Mana shu tezislardan biri: Iso payg’ambar: «Tavba qiling, chunki 
samoviy shohlik yaqinlashib qoldi» deb jar solganida shuni ta’kidlaydiki, imon 
keltirganlar hayoti boshdan-oyoq to’xtovsiz tavba-tazarrudan iborat bo’lmog’i 
darkor. 
Tavba-tazarru ruhoniy (avliyo) oldidagi birgina tazarrudan iborat emas. 
Birinchi to’rt tezisda, Lyuter ta’kidlaydiki, haqiqiy tavba uzoq muddatli jarayondir, 
birgina xatti-harakat bilan ro’yobga chiqmaydi. 
Papa faqat o’zi belgilagan jazoni olib tashlashi mumkin. Cherkov hyech qaysi 
samoviy jazodan insonni ozod qila olmaydi. Tavba-tazarru qonunlari tiriklar uchun 
joriy qilinadi (belgilanadi). Bu yerda va keyingi bir qancha tezislarda papaning a’rof 
ustidan hukmronligi rad etiladi. 
«Ruhlar uchun indulgensiya olgan shaxslarga tavbu-tazarru qilish talab 
qilinmaydi», degan ta’limot Iso ta’limoti emas. Chindan tavba qilgan kishilarni 
Xudo gunohlarini kechadi va abadiy azobdan ozod qiladi. Gunohkor papa yorlig’isiz 
ham bunday mag’firatdan umid qilishi mumkin. 
Lyuter bir necha tezislarda ta’kidlaydiki, chindan tavba qilgan, nadomat 
chekkan xristian (nasoro) «samoviy jazoga shoshilmaydi, ya’ni unga samoviy jazo 
joriy etilmaydi». 
Cherkovning haqiqiy xazinasi muqaddas Injil va xudo marhamatidir. 
Lyuterning ta’kidlashicha, «xayrli amallar xazinasi»ning mavjudligi kambag’allar 
uchun emas boylar uchun foydalidir, bu xazinalarga papa marhamati bilan emas, o’z 
amallari bilan erishuvi mumkin. Bu xil vositalar bilan Xudoning mehrini 
qozonmoqni Lyuter sarob deb ataydi. 
Haqiqiy xristian Isoga ergashish istagi bilan yonmog’i zarur. Najot yo’li 
ruxsatnoma yorlig’ida emas, balki chin yurakdan nadomat chekmoq va tavba 
qilmoqdadir. 
1517 yili 31 oktyabrda jamoatchilik hukmiga havola qilingan tezislar shundan 
iborat. Keyinchalik bu kun protestantlar bayrami bo’lib qoldi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling