14
chaqiradi. Adventistlar dindorlardan o’z mablag’laridan o’ndan
birini cherkov
hisobiga o’tkazishlarini va tinmasdan targ’ibot ishlarini olib borishlarini talab qiladi.
Iso payg’ambarning ikkinchi marta yerga qaytishi haqidagi bashorat
najot yo’li deb
hisoblanadi.
Hozirgi paytda Farbiy hamda Sharqiy cherkovlarning rahbarlari ko’p asrli
ixtiloflarning ayanchli oqibatlarini bartaraf qilishga intilmoqdalar. Masalan, 1964
yili Rim Papasi Pavel VI va Konstantinopol patriarxi
Afinagor ikkala cherkov
vakillarining XI asrda aytgan o’zaro qasamyodlarini tarqoqligini bartaraf qilish
uchun birinchi qadam qo’yildi.
O’rta Osiyo xalqlari tarixida Xristian dini.
XI asrning oxirida xristianlikning Sharqqa tomon
harakati va tarqalishi
ommaviy tus oldi. Bu dinni mahalliy aholi orasida tarqatuvchilar Sharqning ayrim
viloyatlariga ilgariroq kirib borganlar. 280 yildayoq Talos (Marke) cherkovlari
qurilib bo’lgan, Samarqandda (310 yildan), Marvda (334 yildan), Hirotda (430
yildan),
Xorazmda, Marida va O’rta Osiyoning boshqa shaharlarida episkopik,
kafedra,
missiyalar, keyinchalik Samarqandda, Maroda (430 yillar), Hirotda (658
yillar) episkoplikdan
iborat diniy hududiy jamoalar, birlashmalar bo’lgan.
Xurosonliklar va sug’diyonaliklar zardushtiylar, monaviylar, buddaviylar, bilan bir
qatorda xristianlar ham bo’lgan.
O’rta Osiyo territoriyasida islomning tarqalishi davrlarida islom bilan
xristianlik o’rtasidagi ziddiyatlar, kelishmovchiliklar keskinlasha boshladi. Biroq, X
asrgacha Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari
bo’lgan. Hatto Beruniy yashagan davrda ham (973-1056)
Marvda provoslav
metropoliyasi bo’lgan.
Ana shu davrda xristianlik Kavkazda ham tarqala boshladi. Armaniston (301
yil) va Gruziyada (318 yili) davlat diniga aylanadi. Ozarbayjon va Janubiy Dog’iston
territoriyasida IV-VII asrlarda hukmron din hisoblangan.
Do'stlaringiz bilan baham: