Jahon dinlari. Reja: Jahon dinlari tushunchasi va xususiyatlari. Buddizm ta’limotining vujudga kelishi, ta’limoti, tarqalishi va manbaalari. Xristianlik dinining vujudga kelishi, ta’limoti, oqimlari va manbaalari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/20
Sana09.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1178787
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
ЖАҲОН ДИНЛАРИ

Xristianlikdagi oqimlar. Xristian cherkovining Katolik va Pravoslav 
cherkovlariga ajralib ketishi Rim papasi va Istanbul Patriarxining xristian olamida 
yetakchilik uchun olib borgan raqobati oqibatida vujudga keldi. Ajralish jarayoni 
Rim imperiyasining g’arbiy va sharqiy tafovutlari o’sib chuqurlashib borayotgan 
asrlardayoq boshlangan edi. 867 yillar orasida Papa Nikolay va Istanbul patriarxi 
Fetiy orasida uzil-kesil ajralish ro’y berdi va bu ajralish 1054 yili rasman tan olindi. 
XVI asr boshlarida katolisizmdan bir necha Yevropa cherkovlari ajralib 
chiqishi natijasida xristianlikda protestantlik harakatlari vujudga keldi. Buning 
doirasida lyuteranlik, baptizm, anglikanlik va kalvinizm cherkovlari shakllandi. 
Bular bir cherkovning asosiy marosimlari jihatidan o’zlariga xos bo’lgan tomonlarga 
ega bo’lish bilan bir qatorda, bular ham o’z navbatida bir necha yo’nalishlar, 
mazhablar va oqimlarga bo’lindi.
1. Pravoslav oqimi. Pravoslav oqimi xristianlikning uch asosiy yo’nalishidan 
biri o’laroq, tarixan uning sharqiy shahobchasi sifatida ro’yobga chiqdi va 
shakllandi. Bu oqim asosan Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Bolqon 



mamlakatlarida tarqalgan. Pravoslav atamasi yunoncha ortodoksiya so’zidan 
olingan bo’lib, ilk davr xristian yozuvchilari asarlarida uchraydi. Pravoslaviyening 
kitobiy asoslari Vizantiyada shakllandi, chunki bu yo’nalish u yerdagi hukmron din 
edi. 
Muqaddas kitob bo’lmish Injil va muqaddas o’gitlar IV-VIII asrlardagi yetti 
butxona Soborlarining qarorlari, shuningdek Afanasiy Aleksandriyskiy, Vasiliy 
Velikiy, Grigoriy Bogoslov, Ioann Damasskiy, Ioann Zlatoust kabi yirik cherkov 
xodimlarining asarlari ushbu oqim ta’limotining asosi deb tan olingan. 
Xristianlikning Sharqiy tarmog’i bo’lmish pravoslaviyaning rivojlanishi 
jarayonida 14 Mustaqil (avtokefal) cherkovlari: Konstantinopol, Aleksandriya, 
Antioxiya, Quddus, Rus, Gruziya, Serb, Rumin, Bolgar, Kipr, Ellada, Albaniya, 
Polsha, Chexoslovakiya, Amerika cherkovlari shakllangan. 
Pravoslav oqimida sirli rasm-rusumlar muhim o’rin egallaydi. Cherkov 
ta’limotiga ko’ra, bunday paytlarda Xudo tomonidan dindorlarga alohida savoblar 
nozil bo’ladi. 
Cho’qintirish - sirli hodisasi. Bunda dindor o’z tanasini uch marta suvga 
botirishi Xudo-otani, O’g’ilni va Muqaddas ruhni chaqirish bilan ruhiy tug’ilishni 
kasb etadi. 
Badanga yeleyni surkash ham sirli bo’lib, bunda dindorga Muqaddas ruhning 
ruhiy hayotga qaytaruvchi va chiniqtiruvchi ehsonlari ulashiladi. 
Poklanishning sirliligi. Unda dindor non va vino ko’rinishida o’z badanida Iso 
qonini abadiy hayotga tayyorlaydi. 
Nadomatning sirliligi shundaki, dindor o’z gunohlarini din peshvosi oldida tan 
oladi, din peshvosi esa uning gunohlarini Iso nomidan kechiradi. 
Ruhoniylikning sirliligi u yoki bu shaxsni ruhoniy darajasiga ko’tarish uchun 
yepiskopning qo’lini o’sha shaxs badaniga tegizishi (yoki qo’yishi) orqali amalga 
oshiriladi. 
Badanni yeley bilan ishqalash sirida Xudoning ruhiy va jismoniy zaifliklarni 
tuzatuvchi lutfu marhamatidan umid qilinadi. 
Pravoslav cherkovi bayramlar va diniy marosimlarga alohida ahamiyat beradi. 
Post diniy marosimi odatda, katta cherkov bayramlaridan oldin o’tkaziladi. Postning 
mohiyati inson ruhini tozalash va yangilash, diniy hayotning muhimi voqyealariga 
tayyorgarlikdan iborat. 
Rus Pravoslaviyasining ko’p kunlik postlari to’rtta: Pasxa oldidan, Pyotr va 
Pavel kuni oldidan, Bogorodisa uyqusidan oldin va Iso tug’ilgan kundan oldin. 
Buyuk bayram ichida Pasxa birinchi o’rinda turadi. Pasxa Isoning o’lganidan 
so’ng qayta tirilganini nishonlab o’tkaziladigan bayram. U yilning 22 aprelidan may 
oyining birinchi yakshanbasigacha o’tkaziladigan bayram. U «Otsovskiy den»dan 
avval o’tkaziladi. Pasxaning tarixi yahudiylikdagi pesax bayrami bilan bog’liq bo’lib, 
u yahudiylarning Misrdan qochib chiqishi va ozodlikka erishishini nishonlanishidir. 
Xristianlik yahudiylikdan to’la ajralib chiqqach pasxa yangicha tus olgan. 
Pasxadan so’ng pravoslav dinining o’n ikki kunlik o’n ikki muhim bayrami 
boshlanadi. Ular: Iso tug’ilishi, Sreteniye, Isoni cho’qintirish, Preobrajeniye, 
Quddusga kirish, Isoning osmonga ko’tarilishi, Troisa Muqaddas butning osmonga 


10 
ko’tarilishiBlagoveùaniye (Injilning nozil bo’lishi), Rojdestvo Bogorodisû (Isoning 
xochga osilishi) va hakozo. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling