Jahon dinlari. Reja: Jahon dinlari tushunchasi va xususiyatlari. Buddizm ta’limotining vujudga kelishi, ta’limoti, tarqalishi va manbaalari. Xristianlik dinining vujudga kelishi, ta’limoti, oqimlari va manbaalari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/20
Sana09.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1178787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
ЖАҲОН ДИНЛАРИ

4. Buddaviylikning tarqalishi. 
Buddaviylikning yoyilishida Sangxa - buddaviylik jamoalarining roli katta 
bo’lgan. Ular yilning ob-havosi yaxshi bo’lgan 9 oyida shaharma-shahar, 
qishloqma-qishloq yurib, ular aholisini buddaviylikga da’vat qilib ularga Budda 
ta’limotini o’rgatib yurishgan. Faqatgina Musson yomg’irlari tinmay quygan 3 
oydagina o’z ibodatxonalarida muqim bo’lib ibodat bilan shug’ullanganlar. 
Eramizdan avvalgi 273-232 yillarda hukmronlik qilgan Imperator Ashoka davri 
buddaviylikning keng hududga yoyilishiga katta imkoniyatlar yaratdi. Ashoka o’zining ilk 
hukmronlik paytidanoq buddaviylikka e’tiqod qila boshladi. U buddaviylikka, 
monaxlariga, ularning Hindiston bilan chegaradosh davlatlarga qilgan missionerlik 
harakatlariga xayrixohlik qildi. Ular o’z da’vatlari asosida biron-bir yerlik aholi yoki 
ruhoniylar tomonidan qarshilikka uchrasalar, ular hyech qanday qarshi harakat qilmay, o’z 
yo’llarida davom etganlar. Agar mahalliy aholi tomonidan o’zlariga nisbatan xayrixohlik 
sezsalar, o’sha yerga ko’proq ahamiyat berib, ularni ko’proq da’vat qilishgan. 
Buddaviylik jamoalari har qanday boshqa din, madaniyat yoki urf-odatlar 
qamrovida yoki aralashuvda bir necha yuz yillab o’zlarini saqlab qolish, hamda fursat 
kelganda ularga o’z ta’sirlarini o’tkazish qobiliyatiga egadirlar. Ularni bu xususiyatlari 
Hindistonda musulmon hukmdorlar davrida, Shri-Lankada portugallar, gollandlar va 
inglizlar mustamlakasi davrida, Xitoy va Yaponiya konfusiychilari davrida, Janubi-
Sharqiy Osiyoga buddaviylikning yoyilishida yaqqol namoyon bo’lgan. 
Shunday qilib, buddaviylik eramizdan avvalgi 1 ming yillik oxirlarida Shri-
Lankaga va O’rta Osiyo hamda Old Osiyoni o’z ichiga olgan Kushon imperiyasiga 
kirib keldi. Bizning diyorimizda olib borilgan arxeologiya qazish ishlari asnosida 
O’ratepa, Dalvarzintepa, Quva, Zartepa, Qorovultepa, Ayritom mavzelaridan 
topilgan. Shakyamuni sanamlari, hayvon haykalchalari, ramziy g’ildiraklar va stupa 
qoldiqlarining guvohlik berishicha Kushon imperiyasida buddaviylikka katta 
ahamiyat berilgan. 
Buddaviylik eramizning I asrida Xitoyga, IV asrda Koreyaga,VI asrda 
Yaponiyaga,VII asrda Tibetga, XIII asrdan XVI asrgacha Mongoliyaga, XVII asrdan 
XVIII asrlargacha Buryatiya va Tuvaga, XIX-XX asrlarda Amerika va Yevropa 
qit’alariga kirib borgan. 



Xitoy manbalarining xabar berishicha buddaviylik Xitoy hududiga kirib 
borishida diyorimizdan borgan budda olimlarining xissasi katta bo’lgan. Taxminan 30 
ga yaqin da’vatchi olimlar Xitoyning turli shaharlarida budda ta’limotini yoyganlar. 
Xanuzgacha Samarqand, Buxoro, Shoshdan borgan budda olimlarining maqbaralari 
muqaddas joy sanaladi.
Buddaviylik o’z ta’limotida hyech qachon boshqa xudolarga sig’inishni 
ta’qiqlamagan. Balki ularga ibodat qilish insonga vaqtincha tasalli berish mumkin. 
Biroq, nirvana holatiga olib bormaydi deb aytgan. Shu sababli buddaviylik ta’limoti 
turli joylarda yoyilishi bilan ular ibodat qilib kelgan xudolari yoki ulug’langan 
shaxslari timsollari ibodatxonalarni egallagan. 
Masalan, Hindistonning buddaviylikka mansub xudolari «dunyoni yaratuvchi 
Braxma», «chaqmoq va momaqaldiroq xudosi Indra», «hunarmandchilik ishlari 
xudosi Xatimanu», Tibetda: «Tibet eposi qahramoni Baser» timsoli, Mongoliyada 
Chingizxon kabi milliy panteon buddaviylik ilohlari sifatiga aylandi. Biroq bu 
panteonlar Nirvana holatiga olib bormaydi. Faqatgina Budda nirvanaga olib boradi 
va insonni qiynoqdan qutqaradi. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling