Jahon dinlari. Reja: Jahon dinlari tushunchasi va xususiyatlari. Buddizm ta’limotining vujudga kelishi, ta’limoti, tarqalishi va manbaalari. Xristianlik dinining vujudga kelishi, ta’limoti, oqimlari va manbaalari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/20
Sana09.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1178787
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
ЖАҲОН ДИНЛАРИ

Kalvinizm. Diniy islohotning boshqa bir yirik arbobi Jan Kalvin (1509-1564) 
edi. Uning 1536 yilda nashr etilgan «Xristian dinidagi ko’rsatmalar» degan bosh 


13 
asari, protestantizm ta’limot sifatida shakllanganidan keyin yangi bir diniy yo’nalish 
- kalvinizmning asosi bo’lib qoldi. 
Dastlabki islohot arboblaridan farqli o’laroq, Kalvin uchun diqqat markazi Injil 
emas Tavrot bo’lib qoladi. Kalvin absolyut taqdir haqidagi ta’limotni ishlab chiqdi. 
Bu ta’limotga ko’ra, barcha odamlar xudoning biz uchun noma’lum bo’lgan 
irodasiga asosan mag’firat qilinganlar va mahkum etilganlar toifasiga bo’linadi. 
Inson va imon, na «xayrli ishlar» bilan taqdirga yozilganni o’gartira olmaydi: 
mag’firat qilinganlar najotga mahkum, mag’firatdan mahrum bo’lganlar esa abadiy 
azobga mahkumdirlar. Taqdir haqidagi ta’lim shunday asosga qurilganki, Iso ham 
bizning gunohlarimiz uchun azobu uqubatlarga giriftor qilingan edi. 
Protestant cherkovining kalvinistik yo’nalishdagi davomchilari (kalvinistlar 
yoki reformatorlar) Shotlandiya, Gollandiya, Shimoliy Germaniya, Fransiya
Angliyada keng obro’ga va ta’sirga ega edilar. 
Presviterianlar. Presviterianlik kalvinistik cherkovdan kelib chiqqan bo’lib, 
(yunoncha eng eski) mo’tadil puritanlardir. 1592 yili Shotlandiya parlamenti bu 
ta’limotni asosiy mafkura deb hisoblash haqida qaror qabul qilgan. Bu jamoa 
boshida uning a’zolari tomonidan saylangan presviter turadi. Jamoalar mahalliy va 
davlat ittifoqlariga birlashadi. Diniy marosim ibodat, presviterning mav’izasi, 
oyatlarni kuylashdan iborat. Liturgiya bekor qilgan, na «din ramzi» va na «otche 
nash» o’qilmaydi. Faqat dam olish kunlari bayram kuni deb hisoblanadi. 
Anglikan cherkovi. Anglikan cherkovi - Angliyaning davlat cherkovi 1534 
yilda mahalliy katolik cherkovi Rim qiroli Genrix VIIIni cherkov boshlig’i deb e’lon 
qildi, ya’ni cherkov qirol hokimiyatiga bo’ysundirildi. XVI asr o’rtalariga kelib 
ibodatni ingliz tilida olib borish joriy etildi, postlar bekor qilindi, but va sanamlar 
olib tashlandi, ruhoniylar uylanmasligi majburiy bo’lmay qoldi. «Mo’tadil yo’l» 
ta’limoti, ya’ni Rim katolisizmi va protestanizm orasidagi o’rtacha yo’l shakllandi. 
Anglikan diniy ta’limoti «Umumiy ibodatlar kitobi»da aks ettirilgandir. 
Baptizm. Protestant ta’limotining eng ko’p sonli davomchilari baptistlardir. 
Baptizm (yunoncha «suvga cho’ktirish») XVII asr boshlarida vujudga kelgan bo’lib, 
hozirgi kunda dunyoning 130 mamlakatida o’z tarafdorlariga ega. Bu ta’limot 
tarafdorlari faqat o’spirinlarnigina cho’qintirishga olib boradilar. «Hyech kim, 
jumladan, ota-onalar ham kishi uchun biror dinni tanlay olmaydi. Kishi dinni ongli 
ravishda o’zi ixtiyor qilmog’i zarur», degan qoida baptistlar va zabur xristianlarining 
asosiy qoidasidir, ularda ibodat o’ta soddalashtirilgan bo’lib, diniy qo’shiq, ibodat 
va mav’izadan iborat. Zabur xristianlari to’rtta rusumni saqlab qolishgan: 
cho’qintirish, (o’spirinlar uchun) tanovul, nikoh, qo’l bilan silab qo’yish. Bu 
xristianlar uchun but ehtirom ramzi emas. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling