Jahon dinlari. Reja: Jahon dinlari tushunchasi va xususiyatlari. Buddizm ta’limotining vujudga kelishi, ta’limoti, tarqalishi va manbaalari. Xristianlik dinining vujudga kelishi, ta’limoti, oqimlari va manbaalari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/20
Sana09.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1178787
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
ЖАҲОН ДИНЛАРИ

Adventistlar harakati. Adventistlar (lotincha - kelish) harakati Amerikada 
XIX asrning 30 yillari og’ir iqtisodiy buhron (krizis), umumiy ishsizlik davrida 
vujudga keldi. Uning asoschisi Vilyam Miller (1782-1849). Adventistlar bir necha 
mustaqil cherkovlarga bo’lingan bo’lib, ularning eng kattasi «Yettinchi kun 
adventistlari». Ularning asosiy g’oyasi Isoning ikkinchi bor yerga tushishi va 
insoniyatni xalos etib, shayton va uning tarafdorlarini bilan urushib, ularni mutlaq 
yakson qilishidir. Ular kishilarni Isoni kutib olish uchun yaxshi axloqli bo’lishga 


14 
chaqiradi. Adventistlar dindorlardan o’z mablag’laridan o’ndan birini cherkov 
hisobiga o’tkazishlarini va tinmasdan targ’ibot ishlarini olib borishlarini talab qiladi. 
Iso payg’ambarning ikkinchi marta yerga qaytishi haqidagi bashorat najot yo’li deb 
hisoblanadi. 
Hozirgi paytda Farbiy hamda Sharqiy cherkovlarning rahbarlari ko’p asrli 
ixtiloflarning ayanchli oqibatlarini bartaraf qilishga intilmoqdalar. Masalan, 1964 
yili Rim Papasi Pavel VI va Konstantinopol patriarxi Afinagor ikkala cherkov 
vakillarining XI asrda aytgan o’zaro qasamyodlarini tarqoqligini bartaraf qilish 
uchun birinchi qadam qo’yildi. 
 
O’rta Osiyo xalqlari tarixida Xristian dini. 
XI asrning oxirida xristianlikning Sharqqa tomon harakati va tarqalishi 
ommaviy tus oldi. Bu dinni mahalliy aholi orasida tarqatuvchilar Sharqning ayrim 
viloyatlariga ilgariroq kirib borganlar. 280 yildayoq Talos (Marke) cherkovlari 
qurilib bo’lgan, Samarqandda (310 yildan), Marvda (334 yildan), Hirotda (430 
yildan), Xorazmda, Marida va O’rta Osiyoning boshqa shaharlarida episkopik, 
kafedra, missiyalar, keyinchalik Samarqandda, Maroda (430 yillar), Hirotda (658 
yillar) episkoplikdan iborat diniy hududiy jamoalar, birlashmalar bo’lgan. 
Xurosonliklar va sug’diyonaliklar zardushtiylar, monaviylar, buddaviylar, bilan bir 
qatorda xristianlar ham bo’lgan.
O’rta Osiyo territoriyasida islomning tarqalishi davrlarida islom bilan 
xristianlik o’rtasidagi ziddiyatlar, kelishmovchiliklar keskinlasha boshladi. Biroq, X 
asrgacha Samarqand, Xorazm, Toshkent viloyatlarida xristianlarning manzilgohlari 
bo’lgan. Hatto Beruniy yashagan davrda ham (973-1056) Marvda provoslav 
metropoliyasi bo’lgan. 
Ana shu davrda xristianlik Kavkazda ham tarqala boshladi. Armaniston (301 
yil) va Gruziyada (318 yili) davlat diniga aylanadi. Ozarbayjon va Janubiy Dog’iston 
territoriyasida IV-VII asrlarda hukmron din hisoblangan. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling