Jahon dinlari. Reja: Jahon dinlari tushunchasi va xususiyatlari. Buddizm ta’limotining vujudga kelishi, ta’limoti, tarqalishi va manbaalari. Xristianlik dinining vujudga kelishi, ta’limoti, oqimlari va manbaalari


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/20
Sana09.02.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1178787
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
ЖАҲОН ДИНЛАРИ

Bibliya. Bibliya, yahudiylik va xristianlik dinlari ta’limotiga ko’ra, u Xudo 
tomonidan nozil qilingan, asosiy diniy aqida va axloq qonunlarini o’zida jamlagan 
muqaddas kitoblar majmuasidir. 
Uning tarkibiga kirgan yahudiy diniga talluqli kitoblar «Qadimiy ahd» deb, 
xristian talimotiga tegishli kitoblar «Yangi ahd» deb nomlanadi. Yahudiy va Xristian 
bibliyalari bir-biriga mos kelmaydi. Yahudiylarning muqaddas kitobi Qadimiy Isroil 
va Qadimiy Yahudiylarning diniy talimot va urf-odatlari asosida eramizdan avalgi 
XIII asrda yozilgan bo’lsa, Xristianlarning kitobi esa eramizning boshlarida vujudga 
keldi. Yahudiylar xristianlarning kitobini muqaddas kitob sifatida tan olmaydilar 
xristianlar esa yahudiylarning kitobini muqaddas kitob sifatida tan oladilar. 
Bibliya so’zining grekchadan tarjimasi biblia - kitob, o’ram ma’nolarini 
anglatadi. Hozirgi Bibliya katolik nashrlarida 72 ta kitobdan, protestant nashrlarida 
esa 66 kitobdan iborat. Yahudiylarning yana bir diniy manbasi Talmudning xabar 
berishicha Qadimiy ahdda 24 ta kitob bo’lishi kerak. Qadimiy yahudiy tarixchisi Iosif 
Flaviyning aytishicha 22 ta kitob bo’lishi kerak. Protestantlar va yahudiylar, Trident 
Soboridan keyin (1545-1563) katoliklar ham qadimiy ahd tarkibiga 45 ta kitob 


15 
kirgizadilar. Bu son bilan yuqorida keltirilgan son o’rtasidagi tafovutni keyinchalik 
ba’zi kitoblar bir necha mustaqil kitoblarga bo’linib ketganligi bilan izohlash mumkin. 
Masalan, «Musoning besh kitobi» avval bir butun bo’lib, keyinchalik beshta mustaqil 
kitobga ajratib yuborilgan, «kichik payg’ambarlar kitobi» 12 kitobga ajratib 
yuborilgan. 
Yahudiylar Qadimiy Ahdni 3 qismga bo’ladilar: 
- birinchisiga «Musoning besh kitobi» - «Tora» («Tavrot»); 
- ikkinchisiga «Payg’ambarlarning avvalgi va keyingi kitoblari (Netiim); 
- uchinchisiga qolgan kitoblar (Ketubim). 
Xristianlar Qadimiy Ahdni «Rivoyatlar kitoblari», «Ta’limotlarga kitoblari»ga, 
«Payg’ambar kitoblari»ga bo’lishadi. Ular Yangi Ahdning 27 kitobini ham shunday 
tasnif qiladilar. «Rivoyatlar kitoblari»ga «Injil» va «Havoriylar faoliyati» kitoblari 
kiradi. «Ta’limotlar»ga «Havoriylar maktublari» kiradi, «Payg’ambarlar 
kitoblari»ga «Vahy» kitobi kiradi. 
Bibliyaning kitoblari boblarga, boblar esa suralarga bo’linadi. Uning hozirgi 
qabul qilingan bo’linishi Nenterberiya yepiskopi Stefan Langton (vafoti 1228 y.) 
tomonidan kiritilgan. U 1214 yili lotin tilidagi matnni boblarga bo’lib chiqdi va bu 
narsa keyinchalik yahudiy va yunon tillaridagi matnlarga ham joriy qilindi. Suralar 
avval Santes Panino (v. 1541 y.) keyinchalik 1555 yilarda Robert Etyenlar 
tomonidan raqamlandi. 
Tavrot. Musoga tegishli bo’lgan, besh kitob «Tavrot» deb ataladi va u quyidagi 
kitoblarga bo’linadi: 1) «Borliq» yoki «Ibtido»; 2) «Chiqish»; 3) «Levit»; 4) «Sonlar»; 
5) «Ikkinchi qonun». 
Injil. Injil - xushxabar ma’nosini anglatadi. Yangi ahd tarkibiga kirgan Injil 4 
ga bo’linadi. 1) Matvey injili; 2) Marko injili; 3) Luka injili; 4) Ioann injili. 

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling