Jahon iqtisodiyoti globallashuvning xususiyatlari va rivojlanish tendensiyalari
Zamonaviy jahon iqtisodiyotining globallashuvi quyidagi jarayonlarda nomoyon bo’ladi8
Download 403.05 Kb.
|
4. JAHON IQTISODIYOTI GLOBALLASHUVINING ASOSIY MEXANIZMLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bashoratlarga ko’ra globallashuv jarayoni quydagilarni o’ziga jalb qiladi
- 1.2. Globallashuv va xalqaro iqtisodiy integrastiya jarayonlarining o’zaro bog’liqligi va ularning milliy iqtisodiyotga ta’siri
Zamonaviy jahon iqtisodiyotining globallashuvi quyidagi jarayonlarda nomoyon bo’ladi8:
Eng avvallo, ishlab chiqarish baynalminallashuvining chuqirlashuvi. Ishlab chiqarish baynalminallashuvining namoyon bo’lishi, iste’mol uchun yaratiladigan mahsulotini tayyorlashda jahonning turli davlatlaridan ishlab chiqaruvchilar qatnashadilar. Jahon savdosining asosiy qismini yarim tayyor mahsulotlar egallaydi. Ishlab chiqarishning baynalminallashuvida TMK etakchi hisoblanadi. Kapitalning baynalminallashuvini chuqurlashuvi, ya’ni davlatlararo xalqaro kapital harakatining o’sishi, bunda eng avvalo to’g’ri investistiyalar ko’rinishida fond bozorlarining baynalminallashuvi kuzatiladi. Ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy, texnologik bilimlar vositalarini almashinuvi natijasida, shuningdek xalqaro ixtisoslashuv va kooperastiyalashuv, xalqaro miqyosda ishlab chiqarish resurslarining joylashuvi natijasida ishlab chiqarish kuchlarining globallashuvi sodir bo’ladi. Xalqaro hamkorlikni amalga oshirishni ta’minlovchi global miqyosdagi material, axborot, tashkiliy-iqtisodiy infrotuzilmaning shakllanishi kuzatiladi. XMTning chuqirlashuvi natijasida ayriboshlash baynalminallashuvining kuchayishi, bunda xalqaro hamkorlikning ishlab chiqarish sohasiga nisbatan xizmatlar sohasi asosiy yo’nalishlrdan biriga aylanmoqda. Xalqaro ishlab chiqarish kuchi migrastiyasining o’sishi. Bunda rivojlangan davlatlarda kambag’al davlatlardan kelgan ishchi kuchlarini malaka talab qilmaydigan yoki past malaka talab qiladigan ishga jalb etiladi. Ishlab chiqarish va iste’molning baynalminallashuvini atrof muhitga ta’sirining ortishi. Bu esa zamonaviy global muammolarni hal qilishga yo’naltirilgan xalqaro hamkorlikka bo’lgan ehtiyojni ortishini keltirib chiqaradi. Bashoratlarga ko’ra globallashuv jarayoni quydagilarni o’ziga jalb qiladi: Mintaqaviy integrastion jarayonlarni jadallashtirishi; Hozirgi paytda xo’jalik yuritishni to’liq erkinlashtirilmagan davlatlar iqtisodiyotining ochiqligi ta’minlanadi; Barcha bozorlardagi ishtirokchilarning to’siqlarsiz qatnashuvini ta’minlash; Moliyaviy savdo operastiyalarining qonun-qoida va chegaralarini univesallashtirish; Bozorlarni tartibga solish va nazorat qilishni bir me’yorga keltirish, ya’ni unifikastiya qilish; Kapital joylashtirish, investistion jarayonlar va umumjahon to’lov-hisob tizimini standartlashtirish. Makroiqtisodiy darajadagi global davlatlar va integrastion uyushmalarning iqtisodiy faollikka intilib, savdo va investistion to’siqlarni olib tashlash erkin savdo hududlarini tashkil qilish asosida paydo bo’ldi. Undan tashqari, global jarayonni davlatlararo xo’jalik yuritish uchun iqtisodiy, huquqiy, axbarot va siyosiy miqyosdagi o’zaro kelishuvlarni ham qamrab oladi. Mikraiqtisodiy darajadagi global kompaniyalar faoliyatining ichki bozrodan tashqarida kengayishi natijasida paydo bo’ladi. Ko’pgina yirik transmilliy korparastiyalar global miqyosda harakat qiladi: ular chegarasi va milliy egaligidan qat’iy nazar iste’molchilarning talabini qondirish kerak. TMK (asosan ko’pmilliy va global) uchun ichki bozorga nisbatan ko’pincha tashqi iqtisodiy faoliyat muhim ahamiyatga ega ekanligini hisobga oladigan bo’lsak, ular global jarayonning sub’ekti bo’ladi. TMK - bu globallashuvning asosi, uni harakatga keltiruvchi asosiy kuchdir. Ayrim mamlakatlarda iqtisodyotni nazorat qilishni hukumat qo’lidan boshqalarga, masalan kuchliroq davlatlar, TMK yoki hususiy tashkilotlar qo’liga o’tish ehtimoli tug’iladi9. Globallashuv jarayonining ijobiy tomonlari quyidagicha10: Globallashuv natijasida XMT va ixtisoslashuv chuqirlashib boradi. Bunda mablag’ va resurslar samarali sarflanadi. Globallashuv jarayonining asosiy ustunliklaridan biri, xarajatlarning qisqarishi, narxlarining pasayishi va barqaror iqtisodiy o’sishga olib keluvchi ishlab chiqarish miqyosidagi iqtisod qilish hisoblandi. Globallashuvning ijobiy jihatlaridan yana biri erkin savdodan keladigan yutuq barcha mamlakatlarni qanoatlantiradi. Globallashuvda raqobatning kuchayishi yangi texnologiyalarining yaratishini va mamlakatlar o’rtasida keng tarqalishini ta’minlaydi. Ushbu sharoitda xorijiy to’g’ri investistiyalar sur’atining oshishi jahon savdosining rivojlnishiga olib keladi. Globallashuvning yana bir afzalligi xorijiy davlatlirning ilg’or ilmiy-texnik, texnologik va malakali darajadagi qisqa muddatda va nisbatan kam xarajat talab qiladigan engilliklarni amaliyotga tadbiq etish natijasida iqtisodiy qulaylikka erishishdir. Globallashuv jarayonida xalqaro raqobat kuchayib, milliy bozordagi ichki raqobatchilarga tashqi bozordagi kuchli raqiblar ham qo’shiladi. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi jarayonida eng avvalo iste’molchilarga qulaylik yaratishi, bunda raqobat ularga narxlarni pasaytirish va tanlash imkoniyatini beradi. Globallashuv ilg’or texnologiyalarni tarqalishi va global miqyosdagi ishlab chiqarishning rastionallashuvi natijasida mehnat unumdorligi oshishiga olib kelishi, shuningdek jahon miqyosidagi innovastiyalarni amaliyotga uzluksiz tadbiq etishi mumkin. Globallashuv davlatlarga moliyaviy resurslarning asosiy qismini aylanishini ta’minlashga keng imkoniyat yaratadi. Globallashuv jarayoni hamjamiyatining birlashishi turli sohalardagi harakatlarni faollashtirishni talab qiluvchi insoniyat uchun umumiy bo’lgan muommolarni, eng avvalo, ekologik muammolarni hal qilish uchun jiddiy asos yaratadi. Umuman olganda, ko’pchilik mutaxassislar globallashuvning pirovard natijasi jahondagi mamlakatlarda farovonlikni oshishiga olib keadi, deb umid qiladilar. Globallashuvning asosiy jihatlarini ko’pincha kelishmovchiliklar bilan bog’lashadi. Bu kelishmovchiliklarni siyosiy xarakterdagi kelishuvlar yoki yangi xalqaro tashkilotlar tuzish asosida global hamkorlikni rivojlantirish yo’li bilan hal qilish mumkin. Globallashuv mamlakatlarga nima beradi–xavf-xatarmi yoki yangi imkoniyatlar. Bu savolga amalda yagona javob qaytarish mumkin emas. Chunki salbiy va ijobiy oqibatlar nisbati doimiy ravishda o’zgarib turadi. Mamlakatlar globallashuv jarayonlariga to’g’ri yondashib, yangi sharoitlarga moslashishlari va jahon iqtisodiyotining integrastiyalashuvi yaratayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish lozim. Xulosa qilib aytganda globallashuv jarayoni turli soha vakillari va jamiyat a’zolari oldida bahs va munozaralarga sabab bo’lmoqda hamda kelajakda globallashuvning ijobiy va salbiy tomonlari to’g’risida ko’pgina fikrlar bildiriladi. 1.2. Globallashuv va xalqaro iqtisodiy integrastiya jarayonlarining o’zaro bog’liqligi va ularning milliy iqtisodiyotga ta’siri Iqtisodyot borgan sari globallashmoqda. Hozirga kunda hukumatlarning hatti-harakati standartlarga va ko’proq siyosiy ravshanligiga erishishga katta ta’sir ko’rsatuvchi yangi global tashkilotlar vujudga kelmoqda. Globallashuv jarayonlariga ikki turdagi o’zgarishlar sababchi bo’ladi: texnologiyalarining rivojlanishi va iqtisodiy siyosatning liberallashuvi. Bu o’zgarishlar axborotlar oqimi, iqtisodiyot (daromadlar va boyliklar taqsimlanishi sohasida) ustidan olib borilayotgan davlat nazoratini kamaytiradi, ma’naviy boyliklarni ahamiyatini mustahkamlaydi. Aslida globallashuvning hukumat faoliyatiga bo’lgan ta’siri juda murakkab bo’lib, o’z ichiga siyosatdagi har-xil kuchlar balansini va ta’sirini qamrab oladi. Birinchi qarashda globallashuv ba’zi bir milliy manopoliyalarni buzadi: aloqa, TV, radio, xalqaro telefon xizmati va fakslar jo’natilishi, odatda boshqa tovar va xizmatlarga qaraganda oddiy aholi uchun ancha arzon. Bugungi kunda internet haqiqatdan ham global tarmoq bo’lib, kommunikastiyalar va axborot almashuvida katta imkoniyatlar yaratadi. Shunga o’xshash holatni davlat tomonidan iqtisodiyotning rivojlanishini tartibga solinishi nazarda tutilishni iqtisodiyotda ham ko’ramiz bu erda bir nechta muammo ko’rib chiqilmoqda11. Download 403.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling