Jahon iqtisodiyoti globallashuvning xususiyatlari va rivojlanish tendensiyalari


Download 67.96 Kb.
bet3/8
Sana15.06.2023
Hajmi67.96 Kb.
#1483856
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish jarayonida xalqaro iqtisodiy xavfsizlikni

3-bosqich:
Urushdan keyingi dastlabki o’n yillar ichida fan-texnika inqilobi ta’sirida ishlab chiqarish kuchlari rivojida keskin o’zgarish yuz berdi. Uning ta’sirida jahon kapitalistik iqtisodiyotining ichki mexanizmi va tashkiliy strukturasida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bunday sharoitda raqobatga bardosh berish uchun ishlab chiqarish ko’lamini ancha oshirish, zamonaviy texnologiyalardan foydalanib uni modernizastiyalash kerak edi. Hatto dunyoning etakchi davlatlari kompaniyalar uchun ham bu yangi talablar og’irlik qilardi.
O’z navbatida yirik seriyali, ommaviy ishlab chiqarish ko’pincha milliy chegaralar doirasidan chiqib ketadigan yanada katta bozorlarni talab qilardi. Bunday sharoitda ishlab chiqarishni xalqaro kooperastiyalash va ixtisoslashtirish muammosi yanada dolzarb bo’lib qolgan edi. Predmetli “xalqaro” ixtisoslashtirishdan detalli (mayda) ixtisoslashtirishga “o’tish” mayda va kooperastiyali ixtisoslashtirish, kooperastiyalashtirish bilan bog’liq ichki, tarmoqlararo ishlab chiqarish texnologik majmualarining paydo bo’lishi, rivojlanishi aniq ko’zga tashlana boshladi.
Mehnatni taqsimlashning, mamlakatlar o’rtasida ixtisoslashuvining chuqurlashuvi tamoyillari yangi, yanada ko’lamli muhim jarayonning – ishlab chiqarishni xalqaro umumlashtirishning ifodasi bo’ldi, buning ahamiyati iqtisodiy hodislar doirasidan chiqib, jahon siyosatida ham yangi davrning boshlanganligini anglatardi. Shu bilan birga xalqaro savdo sohasida ham sezilarli qayta o’zgarishlar yuz berdi, ulardan eng yirigi va barqarori – bu odatdagi tijorat savdosi rolining ichki firmalar almashuvi doirasida yoki uzoq muddatli kooperativ hamda pudrat munosabatlari asosida barqaror texnologik aloqalarga xizmat ko’rsatuvchi tovar ayriboshlashlarga nisbatan ancha pasayib ketishi bo’ldi. Bularning hammasi birga qo’shilib xo’jalik hayotining internastionallashuvini, ya’ni kapital, ishlab chiqarish, texnologiya, ilmiy tadqiqotlar jarayonini almashinuvini anglatadi. Xulosa shuki, xo’jalik hayotining internastinallashuvi–jahon iqtisodi rivojining muayyan bosqichi bo’lib, o’zaro bog’liq ikki jarayonni o’z ichiga oladi:

  • xalqaro mehnat taqsimotini rivojlantirish;

  • millatlararo xalqaro ishlab chiqarishni tashkil etish.

Ishlab chiqarishni umumlashtirish va xo’jalik hayoti internastionallashuvining yuksak darajasi xalqaro korparastiyalarning paydo bo’lishi va rivojlanishi uchun iqtisodiy asosdir.
Ular o’z shakllariga ko’ra ikki guruhga bo’linadi:

  • transmilliy korparastiyalar (TMK);

  • xalqaro (millatlararo) korparstiyalar (MK).

Transmilliy korparastiyalar kapitali va nazorati bo’yicha milliy, lekin o’z faoliyatiga ko’ra xalqarodir. Transmilliy korparastiyalardan farqli ravishda xalqaro (millatlararo) korparastiyalar egalari bitta davlatning emas, ikki va undan ortiq davlatlar kapitallarining egalari hisoblanadi. Ularning eng muhim hususiyati – akstiyadorlik kapitalini xalqaro ko’lamda bo’lib-bo’lib joylashtirish kompaniya yoki konstern tarkibining ko’p millatliligidir. Transmilliy kompaniyalar XIX asrda ham mavjud edi. Lekin ularning faoliyat faqat XX asrning 20-yillari o’rtalariga kelib kapitalning internastionallashuvi jarayoni chuqurlashishi munosabati bilan keng quloch yoydi. Keyinchalik, 80-yillarda transmilliy korparastiyalar faoliyatida xalqaro operastiyalarning ko’lami orta borishi bilan jiddiy o’zgarishlar yuz berdi, ular bu korparastiyalar faoliyati asosiy tamoyillarining jiddiy o’zgarishlariga olib keldi. Birinchi navbatda, turli millat kapitallarni birlashtirsh asosida qo’shma tadbirkorlikning nihoyatda tez rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan ularning bir millatliligini engib o’tish bo’ldi.
Hozirgi sharoitda kapital yangi turining mohiyatini tushinish internastionallashuv jarayoni bilan, ya’ni mehnat, kapital, nomoddiy bo’lmagan aktivlarni o’tkazish borasidagi tashqi bozor munosabatlarining nomukammalligiga javoban o’z tashkiliy tuzilmalari doirasida ichki bozorlarini barpo etish bilan bog’liqdir. Firmalar bozor bitimlari o’rnini shahobchalar o’rtasidagi shartnoma munosabatlari bilan almashtirib, bu bilan tashqi omillar ta’sirini bartaraf etadi va samaradorligi jihatidan an’anaviy tashqi bozordan ustun turuvchi ichki bozorni shakllantiradi.

Download 67.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling