Jahon iqtisodiyoti globallashuvning xususiyatlari va rivojlanish tendensiyalari


Jahondagi ayrim davlatlar tashqi qarzining YaIMga nisbatan dinamikasi, foizda7


Download 67.96 Kb.
bet7/8
Sana15.06.2023
Hajmi67.96 Kb.
#1483856
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Global iqtisodiy rivojlanish jarayonida xalqaro iqtisodiy xavfsizlikni

Jahondagi ayrim davlatlar tashqi qarzining YaIMga nisbatan dinamikasi, foizda7

Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib turibdiki, keyingi 4 yil mobaynida xususan, AQSh va ayrim Mustaqil davlatlar hamdo’stligi davlatlari (Qirg’izistondan tashqari) tashqi qarzlarining yalpi ichki mahsulotlariga nisbatan salmog’i ortib borgan. Xususan, 2008 yilda AQSh tashqi qarzlarining yalpi ichki mahsulotga nisbatan salmog’i qariyb 90% ni tashkil qilgan. Bu ko’rsatkich Rossiyada 37% ni, Qozog’istonda 102% ni, Ukrainada 64% ni tashkil etgan. Qirg’izistonda esa keyingi 3 yil mobaynida pasayish tendenstiyasi kuzatilib 2008 yilda 81% ni tashkil qilgan. Bu borada O’zbekiston Respublikasida teskari tendenstiya kuzatilgan. Ya’ni, amalga oshirilgan oqilona iqtisodiy siyosat natijasida tashqi qarzlarning yalpi ichki mahsulotdagi salmog’i 2005 yildagi 29% dan 2008 yilda 13,3% ga qadar qisqargan.



Xulosa
Kurs ishidan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, globallashuv jarayoni – to’xtatib bo’lmaydigan kuch. Uning qamrovi juda keng, hususan globallashuv nima u qachon boshlangan, uning jamiyatdagi boshqa jarayonga munosabati shuningdek yaqin va uzoq kelajakdagi asoratlari kabi savollarni o’z ichiga oladi. U jahon xo’jaliklari internastionallashuvining eng yuqori bosqichi.
Umuman olganda jahon iqtisodiyotining globallashuvi deganda, jahon iqtisodiyotining o’zaro bog’liq turli soha va jarayonlarning kuchayib borishi, jahon xo’jaligida tovarlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi va bilimlar bozorini asta-sekinlik bilan yagona bozorga aylanishini bildiradi.
Yuqorida aytganimizdek, iqtisodchilar globallashuvning asosiy tomonlariga o’z e’tiborlarini qaratadilar va qo’yidagi jarayonlarini ajratadilar:

  • moliyaviy markazlashuvning kuchayishi. Uning yordamida kredit mablag’lari shakllantiriladi, kredit beriladi va foydalaniladi, shuningdek kapitalning ishlab chiqarish ustidan hukmronligi o’rnatiladi;

  • axborotlar ahamiyatining oshishi;

  • TMKlar sonining ortishi;

  • transmilliy iqtisodiy diplomatiyaning shakllanishi va milliy davlat hokimiyatining globallashuvi.

Yuqorida aytganimizdek globallashuv jarayoni o’zining ijobiy va salbiy ta’sirga ega. Ammo hozirgi eng muhim muammo – globallashuv hamma xalqlar uchun ijobiy ta’sir ko’rsatuvchi kuchga aylanishiga erishishdir. Zamonaviy globallashuv jarayonlari eng avvalo sanoati rivojlangan mamlakatlar mavqeini mustahkamlab, ularga qo’shimcha afzalliklar beradi.



Download 67.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling