Jahon iqtisodiyoti globallashuvning xususiyatlari va rivojlanish tendensiyalari
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs ishi Glоbаllаshuv shаrоitidа g‘оyaviy-mаfkurаviy tаhdidlаrning sаlbiy оqibаtlаri.
xususiyatlari
«Barcha zamonlarda inson o’zini tarixiy burilish davrida yashayapman deb hisoblagan. Taraqqiyot nuqtai nazaridan aytish mumkinki, u ma’lum darajada to’g’ri taxmin qilgan. Lekin shunday paytlar bo’ladiki, bu evrilish taassuroti yanada kuchliroq va ayniqsa o’rinliroq xususiyat kasb etadi», deb yozgan edi franstuz olimi va mutafakkiri Per Teyyar de Sharden 2 (1881-1955). Ushbu fikr bilan boshlash, shu boisdan ham o’rinliki, Teyyar de Sharden fikriga murojaat etish globalizastiya hodisasining o’zi ham, uning talqini ham oxirgi o’n yillik mahsuli emasligiga ishonch hosil qilish imkonini beradi. Globallashuvning lug’aviy asosi inglizcha global - jahonga oid yoki umumjahon, degan ma’noni anglatib, dunyo ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotidaga zamonaviy jarayonlarni umumlashtiruvchi ma’noni beradi. “Globallashuv” tushunchasi ilk bora amerikalik olimlar tomonidan kiritilgan. T.Levit “Bozorlarning globallashuvi” nomli maqolasida globallashuvni ilgarilari tasavvur qilib bo’lmaydigan darajada ko’p ko’rsatkichlarga ega bo’lgan iste’mol tovarlari standartlashishi uchun global bozorlar paydo bo’lishi bilan bog’liq yangi tijorat voqeligi deb atagan. XX-XXI asrlar bo’sag’asida jahon iqtisodida yangi “globallashuv” degan tushuncha paydo bo’ldi. Globallashuv muammolari tarixchilar, iqtisodchilar, texnologlar, faylasuflar va ko’plab mamlakatlarning hukmron doiralari, hamda jamiyat vakillari tomonidan bahs-munozaraga sabab bo’lmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, globalizastiya tushunchasi, uning mohiyati, asosiy ko’rinishlari, tendenstiyalari va oqibatlari tevaragidagi munozaralar so’nggi yillarda nafaqat jonlandi, balki qizg’in tus oldi. Nafaqat ayrim jamiyatlar, balki butun dunyo bir-biriga karshi kurash olib borayotgan 2 Тейяр де Шарден П. “Феномен Человека”. Москва- , 23-24 бетлар 6 «globalistlar» va «antiglobalistlar»ga ajraldi. Globallashuv tarafdorlari va unga qarshi bo’lganlarning mavjudligi ushbu tushunchaning turlicha talqin qilinishini anglatadi. Globallashuv tarafdorlarining fikricha, globallashuv iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi, aholi faravonligini oshiradi, yangi ish o’rinlari yaratishga imkon beradi. Globallashuvga qarshi bo’lganlar esa, u savdo ekspansiyasining kuchayishi, iqtisodiy jinoyatlarning ortishi (qalbaki mahsulotlar ishlab chiqarish, noqonuniy reeksport, narkotik moddalar savdosining oshishi va h. k.), ishlab chiqarishning atrof muhitni ifloslantirishi, texnika xavfsizligiga amal qilmaslik, bolalar mehnatidan foydalanish va boshqa noxush hodisalar bilan bog’liq muammolar rivojlanayotgan mamlakatlarda kuchayishiga olib keladi, deb hisoblaydilar. Umuman olganda, nima bo’lganda ham globallashuv jarayonini to’xtatib bo’lmaydi. Tahlillar globallashuv jarayoni iqtisodiy rivojlanishining u yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik va ekologik tendenstiyalariga qanday ta’sir ko’rsatishini o’rganishlari lozim bo’ladi. Globallashuv jahon xo’jaligi rivojlanishining tarixiy jixatdan tadrijiy natijasidir. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling