Jahon iqtisodiyoti va
Davlatlarning huquqiy vorisligi muammolarini ko‘rib chiqishning amaliy
Download 1.42 Mb.
|
xalqaro huquqda davlatlar huquqiy vorisligining hozirgi zamon muammolari
3. Davlatlarning huquqiy vorisligi muammolarini ko‘rib chiqishning amaliyjihatlari Huquqiy vorislik muammolarining xususiyatlari individualdir, bu sobiq SSSR, SFRYU, Chexoslovakiya hamda murakkab siyosiy-huquqiy vaziyat, eng avvalo yangi mustaqil davlatlarning qulashi va paydo bo‘lishi, yadro qurolini tarqatmaslik muammolarining, chegara mamlakatlari bilan ko‘p tomonlama, ikki tomonlama shartnomalari mavjudligi, BMT ga aʼzo bo‘lish fuqarolik, davlat mulki, davlat arxivlari, davlat qarzlari va aktivlariga munosabat bilan bog‘liq boshqa davlatlarga taalluqli. MDH mamlakatlari misolida mulkiy munosabatlarni tartibga solishda huquqlarni o‘zaro tan olish masalasi quyidagi sabab bilan olimlar va mutaxassislar, davlatlar uchun maʼlum amaliy va nazariy qiziqish uyg‘otmoqda: horijda sobiq SSSR mulkiga oid masalalarni hal qilishda SSSRning voris davlatlari voris davlatlarning qarzlari va aktivlarining o‘zaro bog‘liqligi prinsipini mustahkamladilar; tomonlarning qayd etilgan ulushlari hamda mulk bo‘limida tomonlarning o‘zaro munosabatlarig oid qoidalarni belgilashdi. Davlatlar hududidan tashqarida joylashgan ko‘char va ko‘chmas mulkka nisbatan davlatlarning huquqiy vorisligi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi. Xalqaro huquqiy amaliyot odillik tamoyilidan kelib chiqqan holda, ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama darajasida shartnoma tartibida bu masalaga yechim topmoqda. Sobiq SSR davlat arxivlariga nisbatan huquqiy vorislik muammolarini hal etishda quyidagilar bo‘lishi lozim: umumiy davlat arxivlari Rossiyada “umumiy meros” tamoyilidan kelib chiqib, SSSR o‘tmishdosh-davlat sifatida saqlanishi mumkin; MDHga aʼzo bo‘lgan u yoki bu davlatga aloqador bo‘lgan davlat arxivlari tiklanishi yoki huquqiy voris davlatiga topshirilishi kerak; huquqiy voris davlat hududida paydo bo‘lgan va har xil sabablarga ko‘ra, turli davrlarda davlat tashqarisida bo‘lgan jamg‘armalarni qaytarish; MDH makonida bu boradagi milliy qonunchilik unifikatsiya qilingan, arxiv xodimlari uchun kadrlar umumiy tayyorgarlikdan o‘tishgan; uzoq muddatli hamkorlik uchun xalqaro va milliy huquq meʼyorlari asosida arxiv faoliyati to‘g‘risida ko‘p tomonlama shartnoma imzolashgan; davlatlar tarixiy, madaniy, ilmiy, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan va davlatning umumiy mulki hisoblangan xususiy arxivlar va boshqa mulklarni nazorat ostiga olishgan. Yanada samarali hamkorlik qilish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur: arxiv va arxiv faoliyati to‘g‘risida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama shartnomalar tuzish, madaniy va tarixiy mulklarni xalqaro va ichki huquqiy meʼyorlar asosida ular kelib chiqqan davlatlarga qaytarish; arxiv ishi bo‘yicha dunyo tajribasidan hamda tarixchi-arxivchilar, yuristlar va boshqa ekspertlarning bilimlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lar edi; arxiv xodimlarining mehnati, ularni texnik jihatdan taʼminlash, zamonaviy arxiv korpuslarini saqlash va qurish, arxiv sohasida yuksak malakali kadrlarni tayyorlashga alohida eʼtibor qaratish lozim; OAV va TV da hamda O‘zbekistonning maʼnaviy va madaniy merosi haqidagi bilimlari va maʼlumotlarni tarqatish bo‘yicha olimlar va mutaxassislar bilan faol ishlarni olib borish kerak; O‘zbekiston mintaqa davlatlari bilan birga Markaziy Osiyo xalqlariga madaniy boyliklarni qaytarish va saqlash to‘g‘risida tashabbusi bilan YuNESKOga chiqishi va shu munosabat bilan “Markaziy Osiyo xalqlariga madaniy boylikni qaytarish o‘n yilligi”ni eʼlon qilish to‘g‘risidagi g‘oyani himoya qilishi lozim. 1978 yilgi Konvensiyaning VI Qismi va 1983 yilgi Konvensiyaning V Qismida mustahkamlangan masalalarni tartibga solish jarayoni davlatlarning huquqiy vorisligi muammolaridan biri hisoblanadi. Nizolarni tartibga solish 2 yil davom etishi va o‘tmishdosh davlat bilan shartnoma munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlar, boshqa xavfli oqibatlarni hisobga olmaganda ham “shartnoma vakuumida” bo‘lgan paytda kerakli natijaga erishmaslik ham mumkin. Fikrimizcha, 8 oydan ortiq davom etishi kerak bo‘lgan muvaffaqiyatsiz muzokaralar, maslahatlar, yarashtiruv taomillaridan so‘ng bahsni BMTning Xalqaro Sudiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etish maqsadga muvofiq bo‘lardi. Uning hukmi manfaatdor tomonlar uchun majburiy bo‘ladi. BMT Xalqaro Sudining majburiy yurisdiksiya qilishini tan olish masalasi Xalqaro mehnat tashkiloti Ustavi, YUNESKO Ustavi, Xalqaro atom energiyasi agentligi Ustavida bo‘lgani kabi Konvensiyaga aʼzo davlatlarning arizalari bilan hal etilishi mumkin. 1978 va 1983 yilgi Konvensiyalardagi huquqiy vorislik bo‘yicha umumiy meʼyorlar xayrihohlikni, xalqaro huquq asosida hamkorlikka intilishni talab qiladi, chunki bu huquqiy munosabatlarning ushbu sohasi uchun eng samarali hisoblanadi. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling