Jahon iqtisodiyoti va


Xalqaro-huquqiy asoslar va O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar


Download 1.42 Mb.
bet11/29
Sana20.06.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1629175
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29
Bog'liq
xalqaro huquqda davlatlar huquqiy vorisligining hozirgi zamon muammolari

2. Xalqaro-huquqiy asoslar va O‘zbekiston Respublikasining milliy qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflar


  1. 1978 va 1983 yilgi Konvensiyalar kompleks tahlil qilindi, 1978 yilgi Konvensiyaning 10-moddasiga qator tuzatish va aniqliklar kiritildi. Unda 2- terminologik moddada belgilangan “huquqiy vorislik to‘g‘risida xabardor qilish” tushunchasi ko‘rib chiqiladi, bu yerda ko‘p tomonlama shartnomaga muvofiq deb, 10-moddada esa, shartnomaga muvofiq deb aytilgan. “Shartnoma” so‘zidan oldin “ko‘p tomonlama” so‘zini olib tashlash va 2-moddada ham xuddi shuni takrorlash tavsiya etiladi.

  2. 1978 yilgi Konvensiyaning “Davlat qismlarining ajralib chiqishi holatlarida davlatlarning huquqiy voriyasigi” sarlavhali 34 moddasiga taklif kiritildi. Bizningcha, 1978 yilgi Konvensiyaning 15-moddasi “Xududning bir qismiga nisbatan huquqiy vorislik” deb nomlanishi o‘rinliroq, shu bois, sarlavhani unifikatsi qilish tavsiya etiladi.

  3. 1983 yilgi Konvensiyaga qo‘shimcha qoidalarni kiritish tavsiya etiladi. 1968 yilgi “Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risida”gi Shartnomada yadroviy davlatning voris davlatlaridan biri - o‘z faoliyatini to‘xtatgan yadroviy davlatning o‘tmishdosh davlatning sobiq tarkibiy qismlari hududida joylashgan yadro quroli bilan bog‘liq barcha masalalar hamda “Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risida”gi Shartnomadan kelib chiqadigan olib tashlangan yadroviy davlatning huquq va majburiyatlarini davom ettirish haqidagi masalani hal etgan holda, yadro davlati maqomini tan olish masalasi maʼlum mezonlar asosida hal etilar edi.

  4. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun ishlab chiqishda taklif va tavsiyalar O‘zbekiston fuqarolarining ijtimoiy va madaniy huquqlarini xalqaro standartlar asosida himoya qilinishini qonun loyihasi sifatini takomillashtirishga muayyan hissa qo‘shdi.

“15-modda. “...oliy yuridik kuchga ega bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi va O‘zbekiston Respublikasining butun hududida qo‘llaniladi”.
“17-modda. “...inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish, davlatlarning hududiy yaxlitligi, do‘stona va tinchliksevarlik tashqi siyosatini yuritish, ...hamda xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi”.
“22-modda. “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini O‘zbekiston fuqaroligidan tashqariga chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berilishi (ekstraditsiya) mumkin emas”.
Ushbu taklif va tavsiyalar O‘zbekiston fuqarolarining ijtimoiy va madaniy huquqlarini xalqaro standartlar asosida himoya qilinishini takomillashtirishga xizmat qiladi.

  1. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi Qonunini ishlab chiqishda tavsiya etilgan tahririy o‘zgartish va tuzatishlar xalqaro shartnomalar tuzishda ilg‘or horijiy tajriba va amaliyotni hamda amaldagi qonunchilik samaradorligini hisobga olgan holda, qonun loyihasi sifatini takomillashtirishga muayyan hissa qo‘shdi.

“4-modda. Asosiy tushunchalar”. Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar: “ahdlashuvchi tomon”, “vakolatlar”, “davlat organi”, “denonsatsiya”, “depozitariy”, “muzokaralarda ishtirok etayotgan tomon”, “ratifikatsiya yorlig‘i”, “xalqaro tashkilotlar”, “xalqaro shartnoma ishtirokchisi”, “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini imzolash”, “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tuzish”, “qo‘shimcha shart” atamalarini qonun xujjatlariga kiritish zaruriyati to‘g‘risidagi taklifi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”;
“8-modda. Xalqaro shartnoma loyihasini yoki O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqishni boshlash tashabbusi”;
“9-modda. Xalqaro shartnoma loyihasiga yoki O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalaga doir tushuntirish xati”;
“10-modda. Xalqaro shartnoma loyihasini yoki O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqish”;
“31-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining davlat ryestri va ularning saqlanishi”;
“36-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bajarilishi yuzasidan monitoring”;
“41-modda. Shartnomani tugatish, denonsatsiya qilish yoxud undan chiqish to‘g‘risidagi qoidalar mavjud bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasini denonsatsiya qilish yoki undan chiqish”;
“45-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining amal qilishini to‘xtatib turish, ularni tugatish yoki denonsatsiya qilish to‘g‘risidagi takliflar”;
“46-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror”;
“47-modda. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan denonsatsiya qilish to‘g‘risidagi qaror”;
“49-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining amal qilishini to‘xtatib turish, uni tugatish yoki denonsatsiya qilish oqibatlari”;
“50-modda. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomasining amal qilishini to‘xtatib turish, uni tugatish yoki denonsatsiya qilish to‘g‘risidagi rasmiy xabarlar” va boshqa.
Ushbu takliflarning joriy etilishi xalqaro shartnomalar tuzishda ilg‘or horijiy tajriba va amaliyotni hamda amaldagi qonunchilik samaradorligini hisobga olgan holda, qonun loyihasi sifatini takomillashtirishda muayyan hissa qo‘shdi.

  1. Madaniy merosni qaytarish uchun huquqiy asos bo‘lishi mumkin bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining “Restitutsiya to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilish taklif etiladi.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling