Jahon iqtisodiyoti va


Download 1.42 Mb.
bet8/29
Sana20.06.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1629175
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
Bog'liq
xalqaro huquqda davlatlar huquqiy vorisligining hozirgi zamon muammolari

Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Zamonaviy xalqaro huquqda davlatlar huquqiy vorisligini taʼminlash masalalarini huquqiy tartibga solishni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalaridan quyidagilarda foydalanilgan:
“to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilinishi”, “oliy yuridik kuchga ega bo‘lish”, “inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish”, “davlatlarning hududiy yaxlitligi, do‘stona va tinchliksevarlik tashqi siyosatini yuritish”, “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosini fuqaroligidan tashqariga chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berilishi (ekstraditsiya) mumkin emasligi” atamalari, o‘zgartirish va qo‘shimchalari kiritish zaruriyati to‘g‘risidagi taklifi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi birinchi spikeri, Konstitutsiyaviy komissiya raisining 2023 yil 3 fevraldagi 02/03-140-son maʼlumotnomalarida ko‘rsatilgan). Ushbu taklif va tavsiyalar O‘zbekiston fuqarolarining ijtimoiy va madaniy huquqlarini xalqaro standartlar asosida himoya qilinishini takomillashtirishga xizmat qiladi;
“ahdlashuvchi tomon”, “vakolatlar”, “davlat organi”, “denonsatsiya”, “depozitariy”, “muzokaralarda ishtirok etayotgan tomon”, “ratifikatsiya yorlig‘i”, “xalqaro tashkilotlar”, “xalqaro shartnoma ishtirokchisi”, “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini imzolash”, “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tuzish”, “qo‘shimcha shart” atamalarini qonun hujjatlariga kiritish zaruriyati to‘g‘risidagi taklifi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro va parlamentlararo aloqalar bo‘yicha qo‘mitasining 2019 yil 17 oktabrdagi 10/1-756-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutining 2020 yil 16 apreldagi 08/1-573-son maʼlumotnomalari). Mazkur taklif “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi Qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalarni tuzish va ularga qo‘shilish mexanizmlari (bitimlar, ustavlar, protokollar va konvensiyalar)ni aniqlashtirishga xizmat qilgan;
“Xalqaro shartnoma loyihasini yoki O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqishni boshlash tashabbusi” va mahsus
moddalarni kiritish zarurligi to‘g‘risidagi taklifi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi Qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro va parlamentlararo aloqalar bo‘yicha qo‘mitasining 2019 yil 17 oktabrdagi №10/1-756- sonli maʼlumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti 2020 yil 16 apreldagi № 08/1-573-sonli maʼlumotnomasi). Mazkur taklif ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalarda ishtirok etish va xalqaro shartnoma standartlariga javob beradigan huquqiy mexanizmlarni aniqlashtirishga imkon bergan;
xalqaro shartnomalarni hisobga olish, nazorat qilish, tizimlashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari davlat ryestrini tuzish tartibi (davlat ryestrini shakllantirish, ryestrga maʼlumotlarni kiritish ryestrni yuritish, ryestrdagi axborotning yaxlitligini taʼminlash) va ularni saqlash mexanizmlari (reglamentlar, normativ xujjatlar, standartlar, klassifikatorlar) to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining 2019 yil 17 oktabrdagi №10/1- 756-sonli maʼlumotnomasi). Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasida xalqaro shartnomalarning davlat ryestrini tuzish tartiblari ularni yuritish, saqlash va maʼlumotlarning yaxlitligini taʼminlashga xizmat qilgan;
xalqaro huquqda davlatlarning, xalqaro tashkilotlar va boshqa xalqaro huquq subʼektlari oldidagi huquq va majburiyatlari (davlatning qo‘shilishi, davlat hududining bir qismini berilishi, davlat mulkini asrash, jismoniy shaxslarni fuqaroligini saqlab qolish, davlat arxivlari vorisiyligini taʼminlash) to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasining 2019 yil 17 oktabrdagi №10/1- 756-sonli maʼlumotnomasi). Mazkur taklif davlatlarning xalqaro tashkilotlar va boshqa xalqaro huquq subʼektlari oldidagi vorislik majburiyatlarini lozim darajada bajarishga xizmat qilgan;
davlat miqyosida ko‘p tomonlama va ikki tomonlama xalqaro shartnomalar, memorandumlar, rezolyusiyalar, paktlar, konvensiyalarning loyihalarini xalqaro huquq normalariga asoslangan xolda tayyorlash borasida ekspert guruxlarini tashkil etish zaruriyati to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro va parlamentlararo aloqalar bo‘yicha qo‘mitasining 2019 yil 17 oktabrdagi №10/1-756-sonli maʼlumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti 2020 yil 16 apreldagi №08/1-573-sonli maʼlumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 07/24072-son maʼlumotnomasi). Mazkur taklif xalqaro shartnomalarni xalqaro -huquqiy normalarga muvofiq
shakllantirish va shartnomalarda davlatlarning xalqaro tashkilotlar va boshqa xalqaro
huquq subʼektlari oldidagi majburiyatlarini aniq belgilab qo‘yish imkonini bergan;
hamkorlik va o‘zaro huquqiy yordam, davlatlararo munosabatlarning asoslari, mudofaa qobiliyatiga daxldor masalalar, kuch ishlatishdan yoki kuch ishlatish bilan tahdid qilishdan o‘zaro voz kechish, tinchlik shartnomalari va kollektiv xavfsizlik, boshqa davlatlar bilan hududiy chegaralanishi, davlatlararo ittifoqlar, xalqaro tashkilotlar va boshqa birlashmalarda ishtiroki to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalarning haqiqiy emasligi, shartnomalarni haqiqiy emas deb topish, ularni amal qilishini to‘xtatib turish, ularni tugatish munosabatlarini huquqiy tartibga solish qoidalarini kiritish zaruriyati to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro va parlamentlararo aloqalar bo‘yicha qo‘mitasining 2019 yil 17 oktabrdagi №10/1-756-sonli maʼlumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti 2020 yil 16 apreldagi № 08/1-573-sonli maʼlumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2020 yil 30 iyundagi 07/24072-son maʼlumotnomasi). Ushbu taklifning joriy etilishi xalqaro shartnomalarni tuzish, xalqaro shartnomalarda taraflarning huquq va majburiyatlarini belgilab qo‘yish qoidalarini takomillashtirishga xissa qo‘shgan.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling