Jahon iqtisodiyoti va


Download 1.42 Mb.
bet6/29
Sana20.06.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1629175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
xalqaro huquqda davlatlar huquqiy vorisligining hozirgi zamon muammolari

Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Asosiy qonun oliy yuridik kuchga ega bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilinishi va butun O‘zbekiston hududida qo‘llanilishi, xalqaro huquqda umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalari, inson huquqlari va erkinliklarini hurmat qilish, davlatlarning hududiy yaxlitligi, do‘stona va tinchliksevarlik tashqi siyosatini yuritish, O‘zbekiston fuqarosini fuqaroligidan tashqariga chiqarib yuborilishi yoki boshqa davlatga berilishi (ekstradisiya) mumkin emasligi mazmun-mohiyati yuzasidan mualliflik talqini keltirilgan;
“ahdlashuvchi tomon”, “vakolatlar”, “davlat organi”, “denonsatsiya”, “depozitariy”, “muzokaralarda ishtirok etayotgan tomon”, “ratifikatsiya yorlig‘i”, “xalqaro tashkilotlar”, “xalqaro shartnoma ishtirokchisi”, “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini imzolash”, “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasini tuzish”, “qo‘shimcha shart” atamalarini qonun hujjatlariga kiritish zaruriyati asoslantirilgan;
“Xalqaro shartnoma loyihasini yoki O‘zbekiston Respublikasining ko‘p tomonlama xalqaro shartnomada ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani ekspertlar darajasida ishlab chiqishni boshlash tashabbusi” va maxsus moddalarni kiritish zarurligi asoslangan;
xalqaro shartnomalarni hisobga olish, nazorat qilish, tizimlashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari davlat ryestrini tuzish tartibi
(davlat ryestrini shakllantirish, ryestrga maʼlumotlarni kiritish, ryestrni yuritish, ryestrdagi axborotning yaxlitligini taʼminlash) va ularni saqlash mexanizmlari (reglamentlar, normativ hujjatlar, standartlar, klassifikatorlar) asoslab berilgan;
xalqaro huquqda davlatlarning, xalqaro tashkilotlar va boshqa xalqaro huquq subʼektlari oldidagi huquq va majburiyatlari (davlatning qo‘shilishi, davlat hududining bir qismini berilishi, davlat mulkini asrash, jismoniy shaxslarni fuqaroligini saqlab qolish, davlat arxivlari vorisiyligini taʼminlash) asoslab berilgan;
davlat miqyosida ko‘p tomonlama va ikki tomonlama xalqaro shartnomalar, memorandumlar, rezolyusiyalar, paktlar, konvensiyalarning loyihalarini xalqaro huquq normalariga asoslangan holda tayyorlash bo‘yicha ekspert guruhlarini tashkil etish zaruriyati asoslab berilgan;
hamkorlik va o‘zaro huquqiy yordam, davlatlararo munosabatlarning asoslari, mudofaa qobiliyatiga daxldor masalalar, kuch ishlatishdan yoki kuch ishlatish bilan taxdid qilishdan o‘zaro voz kechish, tinchlik shartnomalari va kollektiv xavfsizlik, boshqa davlatlar bilan hududiy chegaralanishi, davlatlararo ittifoqlar, xalqaro tashkilotlar va boshqa birlashmalarda ishtiroki to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalarning haqiqiy emasligi, shartnomalarni haqiqiy emas deb topish, ularni amal qilishini to‘xtatib turish, ularni tugatish munosabatlarini huquqiy tartibga solish qoidalarini kiritish zaruriyati asoslab berilgan.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling