Jahon iqtisodiyoti va


Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishi-ning ustuvor


Download 1.42 Mb.
bet3/29
Sana20.06.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1629175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
xalqaro huquqda davlatlar huquqiy vorisligining hozirgi zamon muammolari

Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishi-ning ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur dissertatsiya respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining I. “Demokratik va huquqiy jamiyatni maʼnaviy-axloqiy va madaniy rivojlantirish, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish” ustuvor yo‘nalishi doirasida bajarilgan.
Dissertatsiyaning mavzusi bo‘yicha xorijiy ilmiy-tadqiqotlar sharhi2. Xalqaro huquq soxasida davlatlarning huquqiy vorislik va uning ayrim jihatlariga oid ilmiy izlanishlar xalqaro tashkilotlar hamda dunyoning yetakchi ilmiy markazlari va oliy taʼlim muassasalarida, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro huquq komissiyasi (BMT, Nyu-York), Xalqaro huquq xalqaro assotsiatsiyasi maxsus komissiyasi (London), Oxford University, Cambridge University (Angliya), Brussels University (Belgiya), Bratislava University (Slovakiya), Tel-Aviv University (Isroil), Belarus davlat universiteti (Belarus), Yerevan davlat universiteti (Armaniston), Ozarbayjon davlat universiteti (Ozarbayjon), Moskva davlat universiteti, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik akademiyasi, Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti, Qozon Federal universiteti, Rossiya Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti (Rossiya), Kiyev davlat universiteti (Ukraina)da olib borilmoqda.
Xorijiy ilmiy tadqiqotlar natijasida quyidagi ilmiy natijalarga erishilgan, jumladan: hozirgi zamon xalqaro-huquqiy munosabatlarida davlatlarning huquqiy vorisligiga oid obʼektlar (fuqarolik, xududlar, xalqaro tashkilotlarga aʼzolik, restitutsiya) aniqlangan va ularni huquqiy tartibga solish mexanizmlari (konvensiyalar, rezolyusiyalar, paktlar, bitimlar) taklif etilgan (Oxford University, Angliya); BMT Bosh Assambleyasi Xalqaro huquq komissiyasini “Davlatlarning huquqiy vorisligi munosabatida jismoniy shaxslarning fuqaroligi” to‘g‘risida mahsus rezolyusiya taklif etilgan (BMT, Nyu-York); Afrika, Osiyo va Lotin Amerika, MDH davlatlarining xalqaro shartnomalar, davlat mulki, davlat arxivlari, davlat aktivlari, davlat xududlari va boshqa obʼektlarga nisbatan huquqiy vorisligini taʼminlash muammolarining amaliy yechimlari taklif etilgan (Moskva davlat universiteti, Rossiya).
Bugungi kunda dunyoda davlatlarning huquqiy vorisligini huquqiy tartibga solishni takοmillashtirish bo‘yicha, jumladan sobiq Ittifoq vorislari tomonidan imzolangan ko‘p tomonlama shartnomalarda, sobiq Ittifoq mulkiga nisbatan chet ellarda meros masalalari bilan bog‘liq muammolar va kolliziyalarni hal qilish, adolatli huquqiy normalari asosida ularni ulushi, mulkini taqsimlashda taraflarning

2 https://www.un.org, https://www.e-cis.info, https://www.jurisprudence club, https://www.aviv-unbversity-tel-aviv, https://www.go-to-slovakia.com.ua, https://www.ox.ac.uk, https://www.vrije-universiteit-brussel, https://www.bsu.by, https://www.ourbaku.com, https://www.yerevan.am, https://www.dn.ru, https://www.kpfu.ru, www.https://www.igpran.ru, https://www.uwed.uz, https://www/tsul.u, https://www.univ.kiev.ua.


munosabatlariga oid qoidalarni aniqlash masalalarini huquqiy jihatdan tartibga solish; xalqaro huquq subʼekti sifatida davlatlarning davomiyligi va halqaro majburiyatlarining uzluksizligi va uzviyligini taʼminlash xamda ularning xalqaro tashkilotlar (siyosiy ittifoqlar va konfederatsiyalar, siyosiy madaniy birlashmalar, iqtisodiy va valyuta ittifoqi, bojxona ittifoqi, erkin bozor zonalari, siyosiy iqtisodiy birlashmalar, siyosiy ekologik birlashmalar) dagi aʼzoligini saqlab qolish mexanizmlarini takomillashtirishning ilmiy-nazariy va amaliy yechimini topish.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling